Labaratyoriya ishi №1 (2 soat) Xavsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish Reja



Yüklə 17,89 Kb.
tarix23.10.2023
ölçüsü17,89 Kb.
#159984
Labaratoriya ishi.docx -1


Labaratyoriya ishi №1 (2 soat)
Xavsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish
Reja:

  1. Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo`yiladigan talablar;

  2. Labaratoriya ishini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari.

Ishning maqsadi: Labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida talabalardan talab etiladigan asosiy texnika xavfsizlik qoidalarini o’quvchilarga yetkazish.
Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo`yiladigan talablar:

  • Har bir talabada bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan daftar bo`lishi shart.

  • Talaba bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi lozim.

  • O`qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.

  • Zarur tajriba natijalarini olib, hisob-kitoblarni bajarib, jadvallarni to`ldirib, zarur grafiklarni chiziladi.

  • Keyingi mashg`ulotda bajarilgan ish to`g`risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.

LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalariga asosan binolar ichida joylashtirilgan elektr laboratoriyasida elektr tokidan shikastlanmastlik uchun kuchlanish 42V gacha bo`lsa xavfsiz hisoblanadi.Inson tanasining elektr qarshiligi asosan teri qismini qarshiligidan iborat bo`lib taxminan 200-500 kOm bo`ladi. Terini namlanishi yoki shikastlanishi natijasida elektr qarshiligi 600-800 Om gacha kamayadi. Shunday qilib kishi tanasi orqali yuqorida ko`rsatilgan kuchlanishda 0,1-0,3mA tok o`tadi. Tana orqali 50 mA tok o`tganda kishi shikastlanadi. Agar 100 mA tok insonni o`ldirishi mumkin. Shuni eslatib o`tish kerakki, xatto 50 mA gacha tok o`tganda ham kishi qo`llari tortishib qoladi va agar u tokni ushlagan bo`lsa ajratib olish imkoni bo`lmaydi.
Laboratoriyada 220V kuchlanishdan foydalanishga to`gri keladi. SHuning uchun xavfsizlikni taьminlash asosiy ahamiyat talab qiladi.
Asosiy texnika xavfsizligi qoidalari:

  • Elektr zanjirini yig`ishdan avval tokni ulovchi simlar o`chirilgan xolda ekanligiga ishonch hosil qilish.

  • Klemmalari ishdan chiqqan jihoz yoki apparatlarda izolyatsiya buzilgan simlardan, reostatlardan, patronlardan, kalitlardan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

  • Kondensatorni elektr zanjiriga ulashdan avval uni razryadlash kerak, buning uchun klemmalarni qisqa o`tkazgich bilan tutashtiriladi.

  • Yig`ilgan elektr zanjirini o`qituvchi tekshirgandan so`ng uning ruxsati bilan tarmoqqa ulanadi. Tarmoqqa ulashdan oldin simlarni ochiq qismlariga hech kim tegmayotganiga ishonch xosil qilish zarur.

  • Har qanday almashinib ulash ishlari zanjirni tarmoqdan uzilgan xolda bajariladi. Elektr zanjirdagi har qanday o`zgarish qilinganda o`qituvchi tomonidan tekshirilganidan so`ng elektr tarmog`iga ulanadi.

  • Laboratoriyada bosh taqsimlash shitida almashlab ulash ishlari studentlarga ruxsat berilmaydi. Elektrodvigatel bilan ishlaganda aylanuvchi qismlarga kiyim qismlari, soch tegib qolishidan ehtiyot bo`lish kerak.

  • Ish davomida agar qandaydir buzilish natijasida tutun chiqsa yoki qismlar qizisa, darhol elektr tarmog`idan ajratib hodisa haqida o`qituvchiga habar qilish kerak.

  • Mabodo kimdir kuchlanish ostida bo`lsa, uni ushlab tokdan ajratishga urinmaslik kerak, chunki sizni ham shikastlaydi. Bunda darxol tarmoqdan elektr zanjirni ajratish kerak va o`qituvchiga xabar qilish kerak. Studentlarga ushbu qoidalarni o`tgandan so`ng laboratoriya ishiga ruxsat beriladi va alohida daftarga qayd etiladi.

Nazorat savollari

  1. Laboratoriya ishlarini amaliy bajarish tartibi qanday?

  2. Laboratoriya ishlarini bajarishda qanday texnika xavfsizlik qoidalari mavjud?

  3. Ishni bajarishda nimalarga e’tibor qaratish lozim.

  4. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qanday amalga oshiriladi

Yüklə 17,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin