1 o`z holatini har sanoq impulsi kelishi bilan; Q 2 har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q 3 esa har to`rtinchi impuls kelishi bilan
o`zgartiradi. Uch razryadli hisoblagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng.
Sakkizinchi impuls kelganda hisoblagich 0 ga o`tadi va hisobni yangidan boshlaydi.
Agar hisoblagichchiqishilaridaQ 3 = 1, Q 2 =0, Q 1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uch
razryadli son mavjud bo`lsa, bu hisoblagichga beshinchiimpuls kelganini anglatadi.
Statik boshqaruvli triggerlardaSchiqishning T 0 aktiv mantiqiy darajasi bo`lib
mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun buQ
1
Q
2
Q
3
0 ni o`rnatishsignal
berilishi davomida trigger S kirishdagi xalaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul
qilishi mumkin. Yolg`on ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun Skirishda signal
mavjud bo`lgan vaqt mobaynidaSma’lumot kirishida signal mantiqiy 0 ga teng
miqdorda o`zgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning
murakkablashib ketishiga olib keladi.
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib o`tilgan kamchilik- dan holi. Ketma-
ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uch razryadli jamlovchi hisoblagich
sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan.
9.2-rasm.Ketma-ket uzatishli dinamik D-riggerlarda bajarilganuch razryadli,
jamlovchi hisoblagich sxemasi.
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o`zgarishi avvalgi razryadning 1 dan 0
ga o`zgarishi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan amalga oshiriladi. Bu esa
trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi.