Laboratoriya ish№ Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish Ishning maqsadi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix21.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#76936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
9-14Laboratoriyaishi

Ketma-ketli registr kirishdagi ma’lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va 
uzatish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumot yozishdan avval registr dastlabki holatga (0) 
o‘rnatiladi. JK-triggerlar asosidagi to‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registri 
funktsional sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi razryadli 
triggerlar o‘zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o‘tilgan 
mikroamallardan tashqari saqlanayotgan ma’lumotni o‘nga siljitish amalini ham 
bajaradi. 
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog‘onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar 
qo‘llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma’lumotni faqat bitta razryadga 
siljitishni kafolatlaydi. Ko‘p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma’lumotni 
chapga surish talab etiladi. Ma’lumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish imkoniga ega 
bo‘lgan ketma-ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi. Universal registr 
K555IR11 tsokolevkasi 9.3-rasmda keltirilgan. 


9.1-rasm. Parallel registr shartli belgisi (a) va uning sxemasi (b). 
9.2-rasm. To‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funktsional sxemasi. 
9.3-rasm.IR11 registr tsokolevkasi. 
Bir necha triggerli chastotani, ikkiga bo`lish sxemalarini ketma-ket ulab, 
ikkilikma’lumotlaminafaqat saqlash, balki chastotani bo
`
lish va uning kirishiga 
kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning 
kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma 
hisoblagich deb, agar chastota bo
`
lishlarini hisoblasa chastota bo`luvchi deb 
ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son ko`ri- nishida berilgan kod 
va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. 
Hisoblagichlar va chastota bo`luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat 
qurilmalari, VAda aloqa va nazorat-o`lchov apparaturasida hisob-kitob amallarini 
boshqarishda keng qo`llaniladi. 


Hisoblagichning asosiy statik parametri bo`lib, Ksanoq moduli hisoblanadi. U 
hisobning boyish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan o`qilishi mumkin bo`lgan 
maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. Kta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki 
holatiga qaytadi. K— 2" ga teng bo
`
lib, n - hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini 
bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko`ra, hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2 
ning to`liq darajasiga teng bo`lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2 ning to`liq 
darajasiga teng bo`lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin bo`lgan) turlarga 
bo`linadi. 
Hisoblagichning asosiy dinamik parametribo`lib, 1
K
chiqish kodining o`rnatilish 
vaqtihisoblanadi. Bu kattalik kirish signali berilgan vaqt momentidan chiqishda 
yangi kod hosil boiish vaqt momenti oralig`iga teng. t
K
hisoblagich tezkorligini 
ifodalaydi. 
HissoblagichlarT, D va JK- triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan 
hollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bog`lanishlarda MElar qo`llash mumkin. 
Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun to`rtrazryadli hisoblagich 
sxemalari ikkilik va o`nlik variantlarda ishlab chiqariladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin