XAMPP dasturiy ta’minotini o’rnatish (biz bunda xampp-win32-1.7.3.exe dasturini o’rnatamiz va shu dasturda ishlashni o’rganamiz).
1-rasm. XAMPP dasturiy ta’minotini o’rnatish usuli ko`rsatilgan.
XAMPP ni o’rnatgichdan foydalanib o’rnatish.
1. Fayllari o’zi o’rnatiluvchi hajmi kichikroq 7-ZIP arxiv (Installer va ZIP arxivni ham yuklab olish mumkin) dasturiy ta’minoti yuklab olinadi. Dasturiy ta’minot yuklab bo’lingandan so’ng, .exe fayli ishga tushuriladi. Hosil bo’lgan oynada o’rnatish uchun disk tanlanadi (Sistema qo’yilmagan diskni tanlash maqsadga muvofiq, sababi kompyuter sistemasi ishdan chiqganda yaratgan ma’lumotlar bazamizni ham yo’qotamiz) “E:\” kabi. O’rnatgichning o`zi barcha fayllarni o’rnatadi.
2. O’rnatilgandan so’ng ko’rsatilgan manzil orqali qidiriladi (E:/xampp katalogidagi xampp-control.exe fayli yordamida ishga tushirishinggiz mumkin). Bu jarayonni quyidagi oyna orqali ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
2-rasm. XAMPP dasturiy taminoti o’rnatilgan papka
3-rasm. XAMPP DT ning boshqaruv paneli
Checkboxes (Svc) — Windows xizmatchilari sifatida modullarni o'rnatadi (agar siz biror-bir modulni (Apache, MySQ va sh.k.) xizmatchi sifatida ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, u holda mos bayroqchani belgilaymiz ).
Admin - administrator modullarini ishga tushiradi (Apache qarshisidagi Admin – XAMPP oynasini ochadi, shu joyda biz tillarni tanlashimiz kerak bo`ladi. Hamda undan keyin Tools bo’limidan phpmy-admin ni ishga tushiramiz. Bunda MySQL moduli qarshisidagi Admin phpmy-admin ni ishga tushiradi). Oynadagi Shell buyrug`i server bilan ishlash uchun buyruqlar satrini ishga tushiradi. Setup esa XAMPP sozlash uchun buyruqlar satrini ochadi.