ping 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring.
tracert 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring (1.16-rasm).
Command Prompt oynasini yoping.
Serverda joylashgan axborotlarga kirish mavjudligini tekshiring.
Desktop bo’limida Web Browser tugmasini bosing, natijada Internet brauzer ishini tasvirlovchi oyna ochiladi.
URL maydoniga http://192.168.1.2 server IP-manzilini kiriting va Go tugmasini bosing. Javob tariqasida server uning modelida belgilangan tarzda xabar yuborishi shart (1.17-rasm).
Web Browser oynasini yoping.
1.15-rasm. Ping va tracert buyruqlarining bajarilish natijalari.
PC0 oynasini yoping.
CPT ishini dastur asosiy oynasini yopish orqali tugating.
1.16-rasm. Server0 Internet sahifasining PC brauzerida aks etilishi.
1.2 Konsentrator asosida tarmoq Konsentrator (xab) – bu bir nechta Ethernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Ma’lumot uzatish tezligi10 va 100 Mbit/s bo’lgan konsentratorlar ishlab chiqilgan.
Konsentrator OSI modelining fiziksathida ishlaydi va u bir portiga kelgan signalni qolgan barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Konsentratorlar har doim yarim dupleks rejimida ishlaydi.
Bir vaqtda ikki va undan ortiq portiga signal qabul qilinganida kolliziya yuzaga keladi va uzatilayotgan ma’lumotlar kadrlari yo’qotiladi. Ortiqcha sondagi kollizayalardan himoyalash uchun konsentrator nosoz qurilma ulangan portini umumiy ma’lumot uzatish muhitidan ajratib qo’yadi.
Konsentratordan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa bir muammo – xabarlarni tutib olish xavfi: barcha paketlar hamma kompyuterlargacha yetib boradi, shuning uchun axborotlarga ruxsat etilmagan kirish imkoniyati mavjud.
Va nihoyat, yana bir muammo paketlarni barcha portlarga nusxalanishi tarmoqdagi yuklanishni yetarli darajda oshiradi, bunda tarmoq segmentidagi barcha trafik har bir kompyuterga daxl qiladi.