O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER
INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo’nalishi
Dasturlash tillari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Python dasturlash tilida funksiyalar bilan ishlash
Mundarija Kirish………………………………………………………………..….…….3 I BOB .Korxona kadrlari va ularning tarkibi. Korxonada mehnat qiluvchi xodimlar………………………………………………………………………5 1.1.Korxonada xodimlarning ish haqini tartibga solish
1.2.Ishchilar tarkibining stabilligi.Ishchilar mehnatini moddiy va manaviy baholashni takomillashtirish
II BOB .Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlari………………………14 2.1.Ish haqi stavkasi.Ish haqiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
2.2 Vaqtbay va ishbay ish haqi.Nominal va real ish haqi haqida tushuncha
2.3 Ish haqini tartibga solish va mehnatga haq to’lashning alohida muhim shartlari
III Bozor munosabatlari sharotilarida korxonaning kadrlar siyosati……..24 3.1 Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
3.2 Kadrlarni tanlash va yo’naltirish.Ularni ish bilan taminlash
Xulosa va takliflar……………………………………………………………31 Foydalamilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….…………….33 Ilovalar……………………………………………………………………….34 Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidagi qiyinchiliklar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo etadi. Bu o’z navbatida mamlakatimizning yuqori salohiyatga ega bo’lgan ishchi kuchidan samarali foydalanishni vazifa qilib qo’yadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning negizida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
So’nggi 5 yil ichida aholi daromadlarining salmog’i sezilarli darajada oshgani ma’lum. Xususan, Prezidentimizning 2019-yilda ijtimoiy sohani yanada
rivojlantirish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish to’g’risidagi murojatlari buning yaqqol ifodasidir:
“…Birinchidan, aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim.
Hukumat bir oy muddatda 2019 yil uchun bandlikka koʻmaklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak. Bu borada ishsizlarni kasbga oʻqitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak.
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq toʻlash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, soliq va boshqa toʻlovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bogʻliq boʻlishiga barham berish kerak.”1 Jahon bozorida turli iqtisodiy qiyinchiloiklar hukm surayotgan bir paytda xalqimiz turmush tarzining yaxshilanishi va farovonlik darajasining oshirilishi uchun ildam qadam tashlayapmiz. Aholi daromadlari nafaqat yirik tadbirkorlik subyektlari tarkibida ishlayotganlar hisobiga, balki kichik biznes tadbirkorlari qo’lidagi jamoaning hissasiga oshib bormoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:
“…Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi.
Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko‘paytirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi.
“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi.”2 Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega.