Laboratoriya ishi №1



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə6/6
tarix01.12.2023
ölçüsü26,94 Kb.
#171005
1   2   3   4   5   6
1-LABORATORIYA

Topshiriqlar


  1. Telekoferensiyalarni tashkil etishda nimalarga e‟tibor berish kerak?

  2. Telekoferensiya nima maqsadga ishlatiladi?

  3. Telekonferensiyani tashkil etuvchi vositalarga qo‟yiladigan talablar haqida ma‟lumot bering.

  4. Telekonferensiya ilk bor qaysi davlatda vujudga kelgan?

  5. Internet konferensiyalari necha turga bо„linadi?

  6. Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak?

  7. Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi? Misol keltiring.

  8. Videoaloqa deganda nimani tushunisiz?

  9. Videokonferensiyalarni tarmoqli hol qilish variantlari. 10.Videokonferensiyaning ba‟zi bir tizimlari.



Pochta dasturlari bilan ishlash.


20 yil ilgari deyarli barcha tashkilotlar yozishmalarni va hujjatlarni qog„ozda olib borardi. Elektron pochtaga va raqamli hujjatlarga o„rgangan bugungi zamon odami uchun bu holat notanish, hatto o„rta yoshlilar ham bu ko„nikmalarni unutib boryapti. Lekin bu siyohli ruchka va qog„oz keraksiz eskilikka aylandi degani emas.
Nyu-Yorkda tashkil etilgan yangi “Bond” firmasi mana shunday vaziyatlarda qo„l keladigan yangi texnologiyani bozorga olib chiqdi. Endi zamonaviy texnologiyalar yordamida qo„lyozma matnlar tayyorlab, ularni maxsus printerlarda chop ettirish yoki pochti orqali kerakli manzilga yuborish mumkin.
Qo„lyozma maktublar yetkazish xizmati 2014-yilda sovg„alar yetkazuvchi tashkilot qoshida ochilgan edi. Ammo qo„lyozma maktublarga ehtiyojning yuqoriligini e‟tiborga olgan holda xizmat kengaytirildi. G„oya muallifi Sonni Kaverbalning so„zlariga qaraganda, xizmat mijozlarni qog„oz va qalam sotib olishdan ozod qilib, qo„lyozma hujjatlarni tezkor ravishda manzilga yetkazib beradi.
Maktub jo„natish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab planshet yoki smartfondagi maxsus dastur orqali mijozning dastxati olinadi va saqlanadi. Dastur dastxatning o„ziga xos jihatlarini eslab qoladi: harflarning qiyalik darajasi, ular orasidagi masofa va hokazo.
Shu tariqa qo„lda yozilgan bir necha abzats matn yordamida katta-katta hujjatlarni yaratish mumkin bo„ladi. Shundan so„ng mijoz klaviaturada o„z dastxatidan foydalangan holda matn yozadi va uni kompaniya xodimlariga yuboradi. Maktub maxsus printerda chop etilib, konvertga solingan holda 1 kun ichida manzilga yetkaziladi

Topshiriqlar


    1. Fayllarni boshqa e-mailga jo‟natishni amaliy ko`rsating?

    2. MS Outlook dasturi va MS Outlook Express dasturlari orasidagi farq nimada?

    3. MS Outlook qaysi dastur tarkibiga kiradi?

    4. MS Outlook Express qaysi dastur tarkibiga kiradi va uning qanday versiyalari bor?

    5. MS Outlook dasturining ish oynasiga ta'rif bering?

Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin