Chat tushunchasiga ta‟rif bering.
Internet orqali yana qanday on-line tizimlari mavjud?
Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish.
Internet orqali sо„zlashuvni amalga oshirish.
Internet orqali muloqotni amalga oshirish.
Skayp, Meyl Agent dasturlari va ular orqali muloqot о„rnatish.
Google Talk dasturi va ular orqali muloqot о„rnatish.
ICQ dasturi va ular orqali muloqot о„rnatish.
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati.
Tvitter ommaviy axborotlarni jо„natish tizimi, undan tо„g„ri foydalanish.
Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash.
Internet manzili (URL) bilan bir xil ma‟noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, hodisa yoki obyekt to„g„risida ma‟lumotlarni o„zida jamlagan ma‟lumotlar faylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo„lsa, veb saytlar esa o„z navbatida sahifalardan iborat bo„ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn,
tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo„lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo„lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Veb-sayt - inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so„zining o„zbekcha talaffuzi. Umumjahon o„rgimchak to„ri ma‟lum axborotni topish mumkin bo„lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko„rsatadi. O„z navbatida, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo„ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari
yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma‟lumotlardan tashkil topgan bo„lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib, uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko„rinishlarda bo„lishi mumkin.
Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so„zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash,
yangiliklar, forumlar va x.k) ko„rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko„p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma‟lum mavzuga bag„ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), halqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo„lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo„lishi mumkin.
Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki,
ular biror faoliyat, voqea va hodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog„ida mavjud bo„lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
Ta‟lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta‟lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta‟lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz