Laboratoriya ishi №1



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#35740
  1   2   3   4
1-Labaratoriya ishi

LABORATORIYA ISHI № 1


Mavzu:Windowsning yo’l boshlovchisi: fayllami ochish; diskni shakllantirish; papkalarni yaratish; papkalar va fayllarni qayta nomlash, nusxa ko'chirish; papka va fayllarni qidirib topish.

NAZARIY QISM:

Masalalar panelining kontekst tavsiyanomasi yordamida barcha ochilgan darchalarning ish stolida joylashuvini boshqarish mumkin.Masalan, yuqoridan pastga, chapdan o’ngga yoki kaskad usulida.Masalalar panelida alifboni almashtirish panelini xamda ayrim dasturlarni tez ishga tushirish panelini joylab qo’yish mumkin. Shuningdek, panelning o’ng tomonida soat va sanani sozlash xamda faol xolda turgan qurilmalar va dasturlar belgilarini chiqarib qo’yish mumkin. Masalan, antivirus dasturi, USB porti orqali ulangan qurilmalar yoki tarmoq ishlayotgani xaqidagi belgilarni.

Windows darchalari turlari.Windowsda ko’rinishiga qarab darchalar bir necha turga bo’linadi. Bular dastur darchalari, ikkilamchi darchalar va muloqot darchalari.

Dastur darchalari o’lchamlarini o’zgartirish mumkinligi va tavsiyanoma satrining borligi bilan boshqa darchalardan farq qiladi.

Ikkilamchi darchalar (ularni yana hujjat darchasi yoki ish sohasi xam deb atashadi) dastur darchalari ichida ochiladi va unda matn, tasvir, elektron jadvallar, fayllar ro’yxati kabilar yaratiladi yoki tasvirlanadi.

Muloqot darchalari kompyuter va foydalanuvchi orasida muammoli vaziyatlar sodir bo’lganida muloqot uchun ochiladi. Masalan: biror faylni saqlab qo’ymasdan dastur ishini tugatish buyrug’ini berilganda yoki fayl va papkalarni o’chirish buyrug’ini berganda, shu buyruqni tasdiqlash uchun ochildi. Ko’pincha biror tavsiyanoma buyrug’i uchta nuqta bilan tugaydi, agar shu buyruqni ishga tushirilsa, bunday xolda xam muloqot oynasi ochiladi.Odatda bunday darchalarning o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga tushirib xam bo’lmaydi.

Dastur darchasi.Windowsda har bir dastur yoki papka o’z darchasiga ega.Darcha bu foydalanuvchi ishlayotgan biror dasturga tegishli bo’lgan ekranning tasviriy ajratilgan to’rtburchak shaklidagi bir qismidir.Darchaning kattaligi ham ixtiyoriy, ham belgilangan (bu muloqot darchasi uchun) o’lchamlarda bo’lishi mumkin.Darcha butun ekranni yoki uning bir qismini egallaydi.Bahzan birgina ekranda bir necha dasturlar darchasi ochilganini ko’ramiz.Darchalar bir-birini berkitib turishi mumkin, ammo qaysi bir darchaga murojaat qilinsa, o’sha oldingi planga siljib oladi.

Xar bir dastur yoki papka darchasi ekranda 3 xil ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin: bular, ekranni to’la egallagan xolat, bir qismida joylashgan xolat va masalalar paneliga tushirib (tugib) qo’yilgan h

olatlardir.

Darchaning yuqori qismi - sarlavha qismi deyiladi. Sarlavha qismining chap burchagida darcha tavsiyanomasining belgisi joylashgan. har bir dastur o’zining maxsus belgisiga ega. Bu belgida sichqoncha bitta bosilsa, darcha tavsiyanomasi ochiladi. Darcha tavsiyanomasi darcha ko’rinishini va xolatini o’zgartiruvchi buyruqlarni o’z ichiga olgan. Darcha tavsiyanomasini, shuningdek, darchaning sarlavha qismida sichqonchaning o’ng klavishasini bir marta bosish bilan ham ochish mumkin. Sarlavha satri ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, dastur darchasi butun ekranga yoyiladi. Keyingi ikki marta bosish esa darchaning avvalgi o’lchamini tiklaydi. Agar darcha ekranni bir qismida joylashgan bo’lsa, u xolda uni sarlavhasidan sichqoncha bilan «ushlab» ekran bo’ylab siljitish mumkin.Bunda darchaning o’lchamlari o’zgarishsiz qoladi.

Darchaning sarlavha qismida dastur yoki hujjatning nomi yoziladi. Sarlavha qismining o’ng tomonida chapdan o’ngga uchta tugma bor:

- darchani piktogramma ko’rinishida yig’ish va masalalar paneliga joylashtirish (svernut);

- darchani katta qilib ochish (razvernut) yoki

- yana o’z holiga qaytarish (vosstanovit);

- darchani yopish(zakrit);

Dastur tavsiyanomasi.Xar bir dastur darchasining sarlavha satridan keyin, odatda shu dastur imkoniyatlarini tasvirlovchi tavsiyanomalar joylashadi. Bunday tavsiyanomalarning bir nechta bandlari (masalan: Fayl, Pravka, Vid, Spravka va boshqalar) bo’lib, ularda asosan shu dasturning buyruqlari saqlanadi. Masalan: Fayl bo’limida Sozdat, Otkrqt, Soxranit, Pechat va boshqalar.

Asboblar (uskunalar yoki vositalar) paneli.Xar bir dastur darchasining asboblar paneli odatda, shu dastur tavsiyanomasining Vid - Paneli instrumentov buyrug’i yordamida boshqariladi.Asboblar paneli darchaning biror chegarasi bo’ylab yoki alohida darcha ko’rinishida aks ettirilgan bo’ladi. Alohida darcha ko’rinishidagi asboblar paneli hosil qilish uchun sichqoncha bilan shu panelni chap chegarasida joylashgan vertikal chiziqchasidan ushlab darchaning ish sohasiga keltiramiz va sichqonchani qo’yib yuboramiz.

Agar asboblar paneli dastur darchasi kengligidan qisqa bo’lsa, panelni gorizontal bo’yicha surish mumkin. Buning uchun chap chegaradagi ikkitalik chiziqchani bosing va uni o’ng yoki chapga harakatlantiring.

Holat satri.U dastur holatini aks ettiradi.Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan operatsiyalar haqida oldindan bahzi mahlumotlarni chiqarib beradi.O’sha ondagi axborotni (masalan, kursorning hujjatdagi holatini), shuningdek maxsus tugmachalarni (bosilgan-bosilmagan) holatini ko’rsatib beradi.

Darchalarning chegarasi. Sichqoncha bilan darcha chegarasini ilib olgan holda uning o’lchamini gorizontal va vertikal bo’yicha o’zgartirish mumkin. Ammo darcha chegaralari juda ingichka bo’lgani uchun darcha o’lchamini uning pastki o’ng burchagini ilib olib o’zgartirish qulayroqdir.Ushbu burchak sichqoncha kursori bilan ilib olish oson bo’lishi uchun maxsus kattalashtirilgan o’lchamda tayyorlangan.

Fayllar guruhini ajratish.Fayllar ro’yxatini ifodalaydigan ixtiyoriy papka darchasidagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrirlash) tavsiyanomasining Vqdelitg’ vse (hammasini ajratish) buyrug’ini tanlash kerak.Buning uchun CtrlA tugmalar birikmasini ham ishlatish mumkin.

Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin shift klavishasini bosgan holda oxirgi fayl tanlanadi.

Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda kerakli fayllarning nomlari ustida sichqoncha klavishasini bosish kerak.

Ajratilgan fayllarni ajratilmagan ajratilmaganlarni esa ajratilgan ko’rinishga keltirish uchun Pravka tavsiyanomasining Obratitg’ vqdelenie buyrug’i tanlanishi kerak.

Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish. Ko’chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko’p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va yangi joyga faylning nusxasi ko’chiriladi. Ko’chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o’chiriladi va ko’rsatilgan joyga uning nusxasi ko’chiriladi.

Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

Nusxasi olinadigan fayl(lar)ni ajratish;

Nusxa olish uchun darchadagi asboblar panelidan Kopirovat, ko’chirish uchun esa Vqrezat buyrug’ini tanlash;

Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;

«Asboblar paneli»dan Vstavit buyrug’ini tanlash.

Fayl nusxasini olishning yoki ko’chirishning boshqa usullari ham bor.

Fayl tanlanadi va Fayl tavsiyanomasining Otpravit - Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan ost tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.

Fayl nomida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi va ochilgan kontekst tavsiyanomadan Otpravit-Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.

Faylni sichqoncha yordamida ham ko’chirish mumkin. Bu usul Drag and drop- surish va qo’yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko’rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so’ngra sichqoncha klavishasi qo’yib yuboriladi.

Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida klaviaturaning Ctrl klavishasi ham birga bosiladi va kerakli joyga suriladi, so’ngra sichqoncha klavishasi qo’yib yuboriladi.

Bundan tashqari ushbu amallarni klaviatura va dastur tavsiyanomalari yordamida xam amalga oshirish mumkin.

Fayl nomini o’zgartirish. Ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalarida quyidagilarni bajarish kerak:

Darchada nomi o’zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.

Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha klavishasi yana bir marta bosiladi.

Yangi nom klaviaturadan kiritiladi.

Enter bosiladi.

Boshqa yo’li: darchada nomi o’zgartiriladigan fayl yoki papka tanlangach Fayl tavsiyanomasining Preimenovat buyrug’i tanlanadi va yangi nom teriladi va Enter bosiladi.

Ish stolidagi belgining nomini o’zgartirish uchun, oldin shu belgi tanlanadi, keyin uning nomi ustida sichqoncha bosiladi va yangi nom kiritiladi.

Shu ishlarni kontekst tavsiyanomasi orqali xam bajarish mumkin, buning uchun tanlangan fayl yoki papka kontekst tavsiyanomasida Preimenovat buyrug’i tanlanadi va yangi nom teriladi.

Fayllarni o’chirish.Windowsda yo’qotilgan fayl ish stolidagi Korzina nomli papkaga ko’chiriladi.Korzina bo’shatilmaguncha yo’qotilgan fayllar unda saqlanib turadi. Shu sababli bexosdan yo’qotilgan fayl yana qayta tiklanishi mumkin.

Fayl yoki fayllar guruhini yo’qotish uchun yo’qotiladigan fayllar ajratiladi va quyidagi amallardan ixtiyoriy biri bajariladi:

- Klaviaturadan Delete klavishasini bosiladi;

- Fayl tavsiyanomasining Udalit (o’chirish) buyrug’i tanlanadi;

- Asboblar panelidagi qaychi tasvirili (Buferga ko’chirish) asbobi bosiladi;

- Kontekst tavsiyanomasining Udalit buyrug’i tanlanadi.

Shundan so’ng ekranda yo’qotishni tasdiqlash uchun so’rov darchasi ochiladi.qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Da (ha) klavishasini bosib javob beriladi.

Yana bir usuli, agar ish stolidagi Korzina belgisi ko’rinib turgan bo’lsa, u holda yo’qotiladigan fayllardan birini sichqoncha yordamida sudrab shu Korzinaga tashlasak, ajratilgan barcha fayllar yo’qotiladi.

O’chirilgan fayllarni qayta tiklash. Buning uchun ish stolidagi Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi. Ekranda Korzina darchasi ochiladi. Shundan so’ng, darchadagi yo’qotilgan fayllar ro’yxatidan keraklisini topib, uni ajratish kerak va Fayl tavsiyanomasidan Vosstanovit (qayta tiklash) buyrug’i tanlanadi. Buning o’rniga fayl nomida sichqonchaning o’ng klavishasini ham bosish mumkin.Ochilgan kontekst tavsiyanomadan Vosstanovit buyrug’i tanlanadi.

Korzinani bo’shatish uchun ish stolida Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi. Ekranda Korzina darchasi ochiladi. Shu darchadagi Fayl tavsiyanomasining Ochistit korzinu(Savatni tozalash) buyrug’i tanlanadi. Korzinani tozalashning boshqa usuli xam bor, buning uchun Korzina belgisi ustida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi.Ochilgan kontekst tavsiyanomadan Ochistit korzinu buyrug’i tanlanadi.

Disk, fayl va papkalar haqida ma’lumotni ko’rish. Ish stolida biror fayl yoki papka haqidagi mahlumotni ko’rish uchun uning kontekst menyusidagi svoystva bo’limiga kirish kerak.Disklar xaqidagi mahlumot Moy kompyuter papkasida olinadi.

Ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalarida undagi fayllar haqida mahlumotni ko’rish uchun Asboblar panelidagi Tablitsa (Jadval) asbobidan yoki Vid tavsiyanomasidagi Tablitsa buyrug’idan foydalanish kerak. Fayl haqidagi to’liq mahlumotda uning nomi, o’lchami, turi, yaratilgan yoki oxirgi o’zgartirishlar kiritilgan sanasi, vaqti va boshqalar ko’rsatiladi. Ro’yxatdagi fayllar odatda alifbo bo’yicha tartiblanib yoziladi.Bunda avval papkalar so’ngra fayllar ro’yxati tasvirlanadi.Tartiblashning boshqa ko’rinishlarini o’rnatish uchun shu darchadagi Vid tavsiyanomasining Uporyadochit znachki (Belgilarni tartiblash) buyrug’idan foydalanish kerak.

Fayllarni izlash.Windowsda faylni izlash uchun uning nomidagi bir nechta simvolni kiritish kifoya.Nomida shu simvollar bor bo’lgan barcha fayllar ro’yxati ekranga chiqariladi.Bundan tashqari, agar shu fayl nomini unutgan bo’lsangiz-u, lekin uni qachon yozilganini bilsangiz, faylni yozilgan kuniga ko’ra qidirishingiz mumkin.

Faylni izlash uchun:

Ish stolida Pusk klavishasini bosib, ochilgan tavsiyanomadan Poisk (Izlash) buyrug’ini tanlang.

Ochilgan Rezultat poiska (izlash natijalari) nomli darchaning chap tarafidagi Siz nimani topishni xoxlaysiz? bo’limida axtarayotgan ob’ektingizni tanlang. Masalan: Fayl papki (Fayllar va papkalar) satrini tanlang.

Ekranda qidirishni bitta yoki barcha alomatlar bo’yicha amalga oshirish bo’limi paydo bo’ladi. U yerga

faylning to’la nomini yoki uning bir qismini;

fayldagi biror so’z yoki jumlani;

qidiriladigan disk(lar) nomini;

oxirgi o’zgartirilgan sanasi yoki diapazonini;

taxminiy o’lchamini

va boshqa kriteriylardan bir yoki bir nechtasini kiriting.

Oxirida Nayti klavishasida sichqonchani bitta bosing.Izlash natijasi darchaning o’ng tarafida ko’rinadi.

Topilgan fayllar ro’yxatidan kerakli faylni ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak. Poisk buyrug’ini ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchasidagi uskunalar panelida joylashgan Poisk tugmasi yordamida ham ochish mumkin.

Katalog(papka) hosil qilish. Windowsda kataloglar papkalar deb ataladi. Yangi papka hosil qilish uchun ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalaridan foydalanib quyidagi ishlarni bajaramiz:

Yangi papka hosil qilmoqchi bo’lgan qurilmaga yoki papkaga o’ting.

Fayl tavsiyanomasining Sozdat (Yaratish) buyrug’ini tanlang.



Ochilgan ost tavsiyanomadan Papku qatorini tanlang.Ekranda Novaya papka nomi bilan yangi papka belgisi paydo bo’ladi.

Papkaga nom bering.

Yangi papka yaratishni kontekst tavsiyanomasi yordamida xam amalga oshirish mumkin.Bu usul ayniqsa ish stolida papka yaratishda qo’l keladi.

hujjatni ochish va saqlash. Windowsda hujjatni ochishning bir necha xil usuli bor. Siz quyidagilarning birontasidan foydalanishingiz mumkin:

Ish stoli yoki ixtiyoriy biror papka darchasida hujjat nomi yoki oldidagi belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosing.

Pusk klavishasini bosib, ochilgan tavsiyanomadan Moy dokumenti – Mening hujjatlar qatorini tanlang.Uning ost tavsiyanomasida oxirgi ishlatilgan 15ta hujjat nomlarining ro’yxati beriladi.Kerakli hujjat nomida sichqoncha bosiladi.

Windows muhitida ishlovchi ixtiyoriy dastur darchasida Fayl tavsiyanomasining Otkrit - Ochish buyrug’ini ishga tushiring va ochilgan darchada kerakli fayl nomini tanlang xamda Otkrit tugmasini bosing.

Ba’zi dasturlarning Fayl tavsiyanomasining oxirgi satrlarida so’nggi ko’rilgan bir nechta hujjat ro’yxati beriladi.Shulardan keraklisini tanlashingiz mumkin.

Windowsda hujjatni saqlashning xam bir necha xil usuli bor. Masalan: hujjatni o’z nomi bilan o’zi saqlanib turgan joyiga qayta saqlash uchun Fayl tavsiyanomasining Soxranit buyrug’ini yoki uskunalar panelidagi disketa tasvirini tanlash kifoya.

hujjatni boshqa joyga yoki boshqa nom bilan saqlash uchun Fayl tavsiyanomasining Soxranit kak buyrug’ini tanlash kerak. Ochilgan muloqot darchasida hujjat saqlanishi kerak bo’lgan qurilma va papka nomi ochiluvchi ro’yxatdan tanlanadi. hamma parametrlar o’rnatilgandan so’ng darchadagi Soxranit - Saqlash klavishasi bosiladi.




Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin