Laboratoriya ishi №13 metallarning kimyoviy xossalari asbob va reaktivlar



Yüklə 16,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.12.2023
ölçüsü16,56 Kb.
#196066
LABORATORIYA ISHI №13



LABORATORIYA ISHI №13
 
METALLARNING KIMYOVIY XOSSALARI 
Asbob va reaktivlar: 
Probirka, pinset, chinni kosacha, filtr qog’ozi, spirtli 
lampa, fenolftalein, suv, xlorid kislotasi, 30 % natriy 
ishqori, 10% sulfat kislotasi, metallar (litiy, magniy, 
alyuminiy, rux, qalay, temir, mis) konsentrlangan 
sulfat kislotasi, mis sulfat, rux sulfat, temir (III) 
xlorid, alyuminiy sulfat tuzlari eritmasi.
 
Ishda maqsad: 
Metallarning kimyoviy xossalari bilan tanishish. 
Metallarning havo kislorodi bilan o‘zaro ta’siri 
a)
 
Kerosinli bankacha ichidagi litiyning kichik bo‘lakchasini pinset bilan 
olib, filtr qog‘ozda artib, pichoq bilan kesiladi. Metalning kesilgan yuzasida 
qanday xodisa yuz beradi? Tegishli reaksiya tenglamasini tuzing. 
b)
 
Magniyning kichik bo‘lakchasini pinset bilan ushlab yondiring. 
Magniyning yonishiga e’tibor bering. Qilingan ishlar yuzasidan litiy va 
magniy aktivligi to‘g‘risida xulosa chiqaring. 
Metallarning suv bilan o‘zaro ta’siri 
a)
 
Litiyning kichik bo‘lakchasini filtr qog‘ozida artib, suv solingan va 
unga ikki tomchi fenolftalien tomizilgan chinni kosachaga tashlang. 
Kosachaning ustini oyna bilan berkiting. Reaksiya shiddatli borishini va suv 
asta-sekin qizarishini kuzating. Litiyning suv bilan bo‘lgan reaksiya 
tenglamasini yozing. 
b)
 
10 tomchi suv solingan probirkaga kichik magniy bo‘lakchasini 
tashlang. Vodorod ajralib chiqishi sezilarlimi? Reaksiya tenglamasini tuzing 
va metallarning suvga nisbatan aktivligini solishtiring.
Metallarning xlorid va suyiltirilgan sulfat kislotalar bilan o‘zaro ta’siri 
6 ta probirkaga 10 tomchidan xlorid yoki suyiltirilgan 10% li sulfat 
kislota eritmasidan soling. Har bir probirkaga magniy, alyuminiy, rux, qalay, 
mis metallarining kichik bo‘lakchasidan tashlang. Agar kerak bo‘lsa 
qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi? Tegishli reaksiya 
tenglamasini tuzing. Qilingan tajribaga asoslanib metallarning aktivligi 
to‘g‘risida xulosa chiqaring va reaksiya tenglamasini yozing. 
Metallarning konsentrlangan sulfat kislota bilan o‘zaro ta’siri 
Probirkaga 5-6 tomchi konsentrlangan sulfat kislota soling va bir bo‘lak 
mis tashlang, oxista qizdiring. Ehtiyotkorlik bilan hidlang. 
Reaksiya tenglamasini tuzing. 


Metallarning ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri
6 ta probirka olib, har biriga ko‘rsatilgan metallar: magniy, mis, temir, 
rux, qalay, alyuminiydan tashlang (har bir probirkaga bittadan metall 
bo‘lakchasidan soling). Metallarning ustiga 30% li natriy ishqoridan 10 
tomchi soling. Bir oz qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi? 
Tegishli reaksiya tenglamasini yozing. 
Metallarni bir-birini siqib chiqarishi 
3 ta probirkaga quyida ko‘rsatilgan 2н. li eritmalardan 5 tomchidan 
tomizing: mis sulfat, temir sulfat, rux sulfat. Har bir probirkaga ko‘rsatilgan 
metallarning kichik bo‘lakchasidan tashlang: 1-rux, 2-alyuminiy, 3- mis. 
Sodir bo’lgan reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va 
qaytaruvchini ko`rsating. O‘rganilgan metallarning aktivligi haqida xulosa 
chiqaring. 
 
SAVOLLAR VA MASALALAR 
1.
Metallarning fizik xossasi nima? 
2.
Pb + H
2
O = ; Fe+H
2
O = 
3.
Pb + H
2
SO
4(suyul.)
= ; Pb + HNO
3 (suyul)
=
4.
Cu + H
2
SO
4(kons.)
= ; Hg +HNO
3(kons)
=
5.
Cr+ HCl = …; Cr + NaOH= 
6.
Metallarni bir – birini siqib chiqarishi nimani anglatadi? 

Yüklə 16,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin