Laboratoriya ishi №3-4 Mavzu: Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy»


Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/6
tarix11.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#87333
1   2   3   4   5   6
3-4-лаб

Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash
Yacheykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o‘chirish uchun yacheykani faollashtirib, DELETE tugmasini bosish yetarli bo‘ladi. Bir necha yacheykadagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun esa, tozalanishi kerak bo‘lgan yacheykalar ajratiladi, so‘ng DELETE tugmasi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish uchun yacheykani faollashtirib, yangi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida yacheykaning oldingi qiymati bilan yangi qiymati almashadi, lekin bichimlash atributlari bu yacheykada saqlanib qoladi.
Yacheykadan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi.
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nusxa ko’chirish uchun yacheyka yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko‘chirish.
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish va buferga kuchirilgan ma’lumotlarni unga quyish.
Olingan nusxa tegishli yacheyka yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin Excel bu yacheykadan ma’lumotlarni yo‘qotadi. Shuning uchun agar yacheykadagi oldingi axborotlar zarur bo‘lsa darhol Бош менюдаги «Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar bosish kerak.

MS Excel 2007 dasturi da formula va funktsiyalar bilan ishlash


Formula berilishi
Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to’ldirilishini aytib o’tdik. Ba’zan yacheykalardagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tugiladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.

Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt «=» (tenglik) xisoblanadi. So’ngra, arifmetik operatsiya belgilari bilan o’zaro boglangan arifmetik ifodalar teriladi. Masalan, N8 yacheykasida
=A5 + 4 * B6
formula yozilgan bo’lsa, N8 ning qiymati A5 va to’rtta B6 ning yigindisidan iboratligidan dalolat beradi.
Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish);
— (ayirish);
* (ko’paytirish);
/ (bo’lish);
l (darajaga ko’tarish).

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin