Laboratoriya ishi №3-4 Mavzu: Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy»


MS Excel 2007 dasturi dasturida ma’lumotlar bilan ishlash



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/6
tarix11.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#87333
1   2   3   4   5   6
3-4-лаб

MS Excel 2007 dasturi dasturida ma’lumotlar bilan ishlash
«Главная» - «Формат» - «Формат ячеек» (Yacheyka bichimi) buyruqlarini tanlash va bayroqcha (flajok) belgisini «Переносить по словам» degan ibora ustiga joylashtirish kerak. Yacheykada yangi satrni boshlash uchun Alt + Enter tugmalarini bosish kerak.


Ustun kengligini o‘zgartirish.
Bir yoki bir nechta ustun kengligini o‘zgartirish usullarini qarab chiqamiz. Buning uchun o‘zgartirish kerak bo‘lgan ustunlarni belgilab olish kerak. Ular bir xil o’zunlikdagi yacheykalar bo‘lishi lozim.
· Sichqoncha ko‘rsatkichini ustunning o’ng chegara chizig’iga olib kelib, ustun kengligini keraklicha o’zaytirish.
Bu ish sichqoncha tugmasi bosilgan holatda amalga oshiriladi.
· «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца» (Ustun kengligi) buyruqlarini ketma-ket tartib bilan tanlab muloqot oynasida parametrga kerakli qiymat beriladi va OK tugmasi bosiladi(7-rasm).

Bunda ajratib ko‘rsatilgan ustun kengligi shunday tanlanadiki, unga eng o’zun ma’lumotlar qatorini kiritish mumkin bo‘ladi.
Ustunning o’ng chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi ikki marta tez-tez bosilsa, kiritilayotgan qatorning eng o’zun ma’lumoti sig‘adigan ustun kengligi avtomatik ravishda tanlanadi.
Qatorlar balandligini o‘zgartirish
Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya’ni kiritilayotgan belgilarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha NORMAL bichim (stil) ishlatiladi. Microsoft Excel dasturida qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o‘lchamdagi shriftda yozilganiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib boradi. Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi ustunlar kengligini o‘zgartirish buyruqlari orqali ham o‘zgartirish mumkin.
Buning uchun · «Главная» - «Формат» — «Высота строки» (Qator balandligi) buyrug‘i olinadi.


Sonlarni kiritish
Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. Microsoft Excel dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. Tugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «—» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad — yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish imkonini berishdir.
Microsoft Excel 2007 dasturi dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (8.8-rasm).

1. Umumiy.


2. Sonli.
3. Pul bilan bog‘liq.
4. Moliyaviy.
5. Qisqa sana.
6. To’liq sana.
7. Vaqt
8. Foiz bilan bog‘liq.
9. Kasrli.
10. Eksponensial.
11. Matnli.
Boshqa son formatlari.

Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.


Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko‘rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin