Umumiy ma’lumot beruvchi saytlarga misol keltirish.
Nazariy qism: WEB SAYT nima? Agarda internetda ishlagan bo’lsangiz siz internet sahifasi nima ekanligini ko’rgansiz.
Misol qilib http://www.google.uz yoki http://www.mail.uz kabi sahifalar bular hammasi Internet sitelardir, ularni har bir oynachasi bir web sahifadir.
Har bir internet sahifa HTML ko’dlari orqali yaratiladi. HTML bu HyperText Markup Language. Bu degani, bir programmalash tilidir.
URL nima? URL bu Uniform Resource Locators, ya’ni bu har bir site’ning nomidir.
Har bir site nomi hech yerda qaytarilmaydi va boshqa joyda ishlatilmaydi. Bu
qaytarilmas site nomidir. Misol uchun http://www.mail.uz faqatgina bittadir, boshqa hech qayerda shu nomli site ocxilishi mumkin emasdir, va ocxilmaydi ham.
URL to’rt qismdan iboratdir. Protocol://ServerName:PortNumber/FileName
Protocol: bu http protokolidir. ServerName: mail.uz PortNumber: 80, agarda hech narsa yozilmagan bo’lsa bu avtomatik ravishda 80 portdir. FileName: Ko’pincha ko’rsatilmaydi, serverning ishlashiga bog’liqdir.
HTML sahifa – bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matin tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak HTML TEG:
Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar malum o'lcham va vasifani bajaruvchi komandalardir. Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
hujjat elementi Ko'rib turgasningizdek teglar '<>' uchburchaksimon qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. Uchbur-chaksimon qo'shtirnoq ichiga Teg nomi va uning o'lchamlari yoziladi.
Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan:
Hello World! Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg va 2 - teg . Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg va yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi.