Laboratoriya ishi 41 Fotometrik analiz metodlari. Eritmadagi temir yoki nikel (III) ionlari miqdorini aniqlash. Metodning moxiyati



Yüklə 82,52 Kb.
səhifə3/3
tarix16.05.2023
ölçüsü82,52 Kb.
#114771
1   2   3
Lab.41

Metodning mohiyati: Ushbu metod pH 1,8-2,5 bo‘lgan Fe(III) ning binafsha rangli monosulfosalitsilat kompleksini hosil bo‘lishiga asoslangan.

Kompleks birikma to‘lqin uzunligi =510 nm bo‘lgan nurni maksimal yutish qobiliyatiga ega. Bu to‘lqin uzunligida molyar so‘ndirish koeffitsienti 1,8103 ga teng.
Kerakli asboblar, idishlar va reagentlar:
1) Fotokolorimetr FEK-56 M yoki KFK-2;
2) 6 ta 50 ml hajmli o‘lchov kolbalari;
3) 1 ta 10 ml hajmli mikropipetka;
4) 1 ta 10-25 ml hajmli o‘lchovssilindri;
5) yuvgich;
6) Fe(III) ning 0,1 mg/li li standart eritmasi;
7) 10% -li sulfosalitsil kislotasi eritmasi;
8) 2 n sulfat kislota eritmasi.
Analiz darajalangan grafik usuli bo‘yicha bajariladi.
100 ml li o‘lchov kolbasiga 20 ml 0,1 mg/ml li Fe(III) ning standart eritmasidan pipetka yoki byuretka yordamida olinadi va chizig‘igacha suyultiriladi. Bunda Fe(III)ning titri 0,02 mg/ml li standart tuzi eritmasi hosil bo‘ladi. 50 ml li o‘lchov kolbalariga pipetka yordamida 1,5; 3,0; 4,5; 6,0; 7,5; ml Fe(III) standart eritmasi (0,02 mg/ml) dan olinadi. Hamma kolbalarga 1 ml dan H2SO4 va 5 ml dan 10 %- li sulfosalitsil kislotasi qo‘shiladi, chizig‘igacha distillangan suv solinib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra tayyorlangan rangli eritmalarning optik zichliklari ko‘k barg rangli, yorug‘lik filtri (=510 nm) va qalinligi =5,0 bo‘lgan kyuveta yordamida FEK-56 yoki KFK-2 da suvga nisbatan o‘lchanadi. Olingan natijalar bo‘yicha darajalangan grafik chiziladi. Bunda masshtabni shunday tanlash kerakki, grafik 15x15 sm li millimetrli qog‘ozga joylashsin.
Fe(III) ni sulfosalitsil kislota bilan kompleks ko‘rinishda fotometrik aniqlash natijalari
4-jadval



Olingan standart eritma V, ml

CiFe mg

Eritma optik zichligi Ai

CiAi

Ci2

A ning hisoblangan qiymatlari

1

1,5

0,03













2

3,0

0,06













3

4,5

0,09













4

6,0

0,12













5

7,5

0,15













K koefitsienti hisoblash: 1-usuli
II-usuli tga= k=tgα

4-chizma. Berilgan kontrol eritmani chizig‘igacha distillangan suv solib aralashtiriladi. So‘ngra undan 50 ml li uchta kolbaga bir xil alikvot qismlar olinadi (qancha alikvot qism olish kerakligini o‘qituvchi aytadi), va har birining ustiga 1,0 ml 2 n H2SO4; 5,0 ml 10% -li sulьfosalitsil kislota qo‘shiladi. CHizig‘igacha distillangan suv solinib aralashtiriladi va suvga nisbatan optik zichliklari o‘lchanadi.
Noma’lum modda miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Ax-kontrol eritmaning optik zichligi
Sx (mg) alikvot (ml) Xmg - 100 mg

Xmg - kontrol eritmadagi Fe (III) ning umumiy miqdori
Fe ning haqiqiy miqdori ...
Absolyut va nisbiy xatolari aniqlanadi.
Yüklə 82,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin