Kommutatorni dastlabki xolatini tekshiring.
Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma’lumotlari, interfeys xususiyatlari, VLAN va flesh – xotira to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiramiz.
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin. Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va global konfiguratsiya rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi ko‘rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak.
Imtiyoz to‘plamiga foydalanuvchi rejimining buyruqlari kiradi. Shuningdek boshqa buyruqli rejimlarga o‘tishni bajaruvchi configure buyrug‘i kiradi. Imtiyoz rejimiga kirish uchun Enable buyrug‘ini kiriting.
a. Imtiyoz rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi rejimida kommutatorga Switch> enable buyrug‘ini yozing.
Switch> enable
Switch#
c. VLAN 1 uchun SVI harakteristikalarini o‘rganing.
Switch# show interface vlan1
Switch# show ip interface vlan1 qanday ma’lumotlar chiqdi?
d. Kommutatorning Cisco IOS operatsion tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rganing. Switch# show version
2. Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash
2.1. Kommutatorning asosiy parametrlari: qurilmaning nomi, lokal parollar, MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, boshqaruv manzili va Telnet orqali kirishlarni sozlang
Agar kommutatorning NVRAM xotirasida konfiguratsiyaning fayli saqlanmagan bo‘lsa, siz imtiyoz rejimda bo‘lasiz. Agar qator Switch> ga o‘zgargan bo‘lsa enable ni yozing.
Switch> enable
Switch#
Global konfiguratsiya rejimiga o‘ting.
Switch# configure terminal
Switch(config)#
Global konfiguratsiya rejimini ko‘rsatish uchun qator yana o‘zgardi.
Kommutatorga nom bering.
Switch(config)# hostname Sohibjon
Sohibjon(config)#
Parolni shifrlanishini sozlang.
Sohibjon(config)# service password-encryption
Sohibjon(config)#
Imtiyoz rejimiga kirish uchun maxfiy parol sifatida class bering.
Sohibjon(config)# enable secret 2555
Sohibjon(config)#
MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) bannerini sozlang.
Sohibjon(config)# banner motd # kirish taqiqlangan#
Rejimlarga o‘tishdagi o‘tishlarni sozlanganligini tekshiring.
Sohibjon(config)# exit
Sohibjon# exit
Foydalanuvchi rejimidan imtiyoz rejimiga o‘ting. Parol so‘ralganda class ni kiriting.
Sohibjon> enable
Password:
Sohibjon#
Izoh: kiritishda Parol ko‘rinmaydi.
Kommutatorning SVI siga IP manzil qo‘yish uchun global rejimga kiring. Bu esa kommutatorni uzoqdan boshqarish imkoniyatini beradi.
Sohibjon kommutatorni uzoqdagi PC-A kompyuter orqali boshqarishdan oldin kommutatorga IP manzil qo‘yish kerak. Kommutatorning dastlabki xolatidagi konfiguratsiyaga asosan kommutatorni boshqarish VLAN 1 orqali amalga oshiriladi.
Kommutatorning ichki virtual interfeys (SVI) VLAN 1 ga IP manzil 192.168.1.100 va tarmoq maskasi 255.255.255.0 ni sozlang.
Sohibjon(config)# interface vlan1
Sohibjon(config-if)# ip address 192.168.1.100 255.255.255.0
Sohibjon(config-if)# no shutdown
Sohibjon(config-if)# exit
Sohibjon(config)#
Dostları ilə paylaş: |