Transport input ssh kanal konfiguratsiya rejimida VTY kanalida SSH protokoli yoqiladi. Kommutatorlarda VTY kanalining diapazoni 0 dan 5 gacha bo‘ladi. Bunday sozlash SSH protokolidan boshqa barcha ulanishlar (Masalan; Telnet)ni bekor qiladi va kommutatorga faqat SSH protokoli bo‘yicha ulanishga ruxsat beradi. Global konfiguratsiya rejimida line vty buyrug‘i beriladi, so‘ng SSH ulanish paytida foydalanuvchilarning lokal ma’lumotlar bazasidan lokal autentifikatsiya ishlatilishi uchun kanalning konfiguratsiya rejimida login local buyrug‘i beriladi.
6 – qadam. SSH versiya 2 ni qo‘llash Tinch xolatda SSH ikkala versiya (1 va 2)ni qo‘llab quvvatlaydi. Agar ikkala versiya ishlasa, u holda show ip ssh buyrug‘ining natijasi 1.99 versiya deb xabar beradi. 1 versiyada ko‘p zaifliklar mavjud. Shu sababli faqat 2 - versiyani ishlatish tavsiya qilinadi. Uni ishlatish uchun global konfiguratsiya rejimida ip ssh version 2 buyrug‘i beriladi.
Uzoqdagi qurilmaga xavfsiz ulanishni boshqarish uchun Telnet protokolini o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Telnet da ochiq shifrlanmagan matnli almashish ishlatiladi. SSH protokoli qurilmalar o‘rtasida uzatilayotgan barcha ma’lumotlarni ishonchli shifrlash orqali uzoqdagi qurilma bilan xavfsiz ulanishni ta’minlaydi.
6. PC-A kompyuteri uchun IP manzil qo‘ying.
Manzillash jadvaliga muvofiq kompyuterga IP manzil va tarmoq maskasini o‘rnating. Ko‘rilayotgan tarmoq uchun asosiy shlyuz kerak emas.
ekranning o‘ng tomondagi pastki burchagidagi belgiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosing