Laboratoriya ishi mavzulari


Qurilmaning tuzilishi va o‘lchash usuli



Yüklə 380,45 Kb.
səhifə10/12
tarix19.04.2023
ölçüsü380,45 Kb.
#100864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Laboratoriya ishi mavzulari

Qurilmaning tuzilishi va o‘lchash usuli

А

Н

В

Д

h1

h2

C
Qurilmaning sxemasi (Grimzel qurilmasi) 2-rasmda ko‘rsatil­gan. Gorizontal taxtaga vertikal ustunlar o‘rnatilgan
 (H) ustunlarga yengil bifilyar osmada mis halqa biriktirilgan bo‘lib u bo‘sh qo‘yilganda (vertikal holatda) halqaning teshigi (H) ustunlarga ko‘ndalang mahkamlangan (M) plastina teshigiga to‘g‘ri keladi Ustunlarga yoysimon metal tarnov (Д) o‘rnatilgan bo‘lib, tarnov bo‘ylab (ЭM) elektromagnit harakatlanadi Elektromagnit toki (K) kalit bilan o‘chiriladi va yoqiladi Osma halqa va metal sharchani moddiy nuqta deb hisoblash mumkin
Agar sharchali halqani elektro­mag­­nitga tekkuncha siljitsak (A ho­lat­ga), elektromagnit sharchani shu holatda tutib turadi. Elektro­magnit toki o‘chirilganda sharcha AВС trayektoriya bo‘ylab harakatga keladi. AВ oraliqda sharcha aylana yoyi bo‘ylab, ВС oraliqda esa parabola bo‘ylab harakatlanadi.
Elektromagnitni yoysimon tarnov bo‘ylab surib sharcha­ning ko‘tarilish balandligi­ni o‘zgartirish mum­kin
A nuqtada sharcha quyidagi potensial energiyaga ega bo‘ladi
. (11)
В nuqtada sharchaning potensial energiyasi
. (12)
AВ yo‘lda sharchaning potensial energiyasi kamayadi
. (13)
Shu vaqtning o‘zida sharcha quyidagi kinetik energiyaga ega bo‘ladi
, (14)
- sharchaning В nuqtadagi tezligi.
Bu ishda havoning qarshilik kuchi sharchaning og‘irlik kuchidan juda kichik bo‘lganligi uchun havoning qarshilik kuchi e’tiborga olinmaydi Sharchaning harakatini ikkita harakatning ya’ni gorizontal yo‘nalishda tezlik bilan tekis harakat va vertikal yo‘nalishda tezlanish bilan tekis tezla­nuv­chan harakat yig‘indisi deb qarash mumkin. (B) nuqtada tezlikning vertikal tashkil etuvchisi nolga teng. Unda BC trayektoriya bo‘ylab sharchaning harakat vaqti sharchaning BB` vertikal bo‘ylab erkin tushish vaqtiga tengdir ya’ni
. (15)
Sharchaning gorizontal yo‘nalishdagi siljishi va harakat vaqti ni aniqlab, tezlikning gorizontal tashkil etuvchisini hisob­­lash mumkin. U o‘zgarmas bo‘lib, sharchaning tezligiga teng
. (16)
Sharcha ko‘chirma qog‘oz qoplangan oq qog‘oz ustiga tushib, iz qoldiradi. Bunda chizg‘ich bilan gorizontal ko‘chish osongina o‘lchanadi
Tezlikning topilgan qiymatini (14) formulaga qo‘yib sharchaning B nuqtadagi kinetik energiyasi hisoblanadi
. (17)
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan sharchaning B nuqtadagi kinetik energiyasining qiymati sharchani A nuqtadan B nuqtaga ko‘chirganda potensial energiyasining kamayishiga teng bo‘lishi kerak
, (18)
yoki (17) ni hisobga olgan holda

. (19)

Yüklə 380,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin