Qurilma - Atvud mashinasi (1-rasm) vertikal holatda o‘rnatilgan A sterjendan iborat bo‘lib bu sterjenda santimetrlarga bo‘lingan shkala mavjud Sterjenning yuqori qismiga kam ishqalanish bilan aylana oladigan yengil В blok mahkamlangan Blok orqali uchlariga bir xil massali С va СI yuk osilgan ingichka ip o‘tkazib qo‘yilgan СI yukni M elektromagnit ushlab tura oladi С yuk bemalol o‘tishi uchun halqasimon Р platforma va pastki D platforma A sterjenga o‘rnatiladi Ishni bajarishda bir-biridan farq qiluvchi m1 va m2 massali yukchalar va sekundomer kerak bo‘ladi Agar С yuk ustiga og‘ir yukchani СI yuk ustiga yengil yukchani qo‘yib elektromagnit bilan ushlab turib keyin qo‘yib yuborilsa ta’sir etuvchi kuchlar o‘zgarmas bo‘lgani uchun sistema tekis tezlanuvchan harakat qiladi Tekis harakatni kuzatish uchun yukchalarni faqat С yuk ustiga qo‘yish kerak Shunda yukchalarni halqasimon Р platforma ushlab qolib, D platformaga urilguncha sistema tekis harakat qiladi Agar yengil yukcha СI yuk ustiga qo‘yilsa С yuk ustidagi yukchani halqasimon Р platforma ushlab qoladi va harakat tekis sekinlanuvchan bo‘ladi
M
A
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan moddiy nuqtaning tezlanishi barcha ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig‘indisiga to‘g‘ri proporsional, massaga esa teskari proporsionaldir Yukchalar ilgarilanma harakat qilgani uchun ularni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin Agar B blok vaznsiz holatda deb faraz qilinsa ipning tarangligi o‘ng va chap tomonda bir xil bo‘ladi
I shni bajarish tartibi 1-vazifa. Jism tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilgandagi yo‘l qonunini tekshirish 1. C yukning ustiga m1 massali yukcha qo‘yilib M elektromagnit zanjiri tok manbaiga ulanadi va СI yukni pastga tushirib M magnitga tortiladi D platforma C yukning pastki qismidan biron masofada joylashtiriladi Halqasimon platformani yukdan balandroqda o‘rnatiladi
2. Elektromagnit toki o‘chirilib, shu ondayoq sekundomer ishga tushiriladi C yuk D platformaga urilganda sekundomer to‘xtatiladi Tajriba 5 marta bajariladi. o‘lchash natijalari 1-jadvalga yozilib o‘rtacha vaqt hisoblanadi
3. D platforma 10-20 sm ga suriladi va platformadan C yukning pastki qismigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Yuqoridagi tajriba o‘sha yukchalar bilan 5 marta bajariladi va o‘rtacha vaqt hisoblanadi
Tajriba uch xil S1 , S2 , S3 masofalar uchun bajariladi
4Tajriba bir xil yukchalar bilan o‘tkazilganda tizimning tezlanishi ham (deyarli) bir xil bo‘ladi
5.Tekis tezlanuvchan harakatda yo‘l qonunini tekshirish aniqligini baholash uchun har xil o‘tilgan yo‘llarda tezlanishni topishdagi nisbiy xatolikni hisoblash kerak
,
bu yerda