Laboratoriya ishi mavzulari


Asosiy nazariy ma’lumotlar



Yüklə 380,45 Kb.
səhifə9/12
tarix19.04.2023
ölçüsü380,45 Kb.
#100864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Laboratoriya ishi mavzulari

Asosiy nazariy ma’lumotlar
Materiyaning barcha shakldagi harakatlarining universial o‘lchovi energiyadir. U mexanik tizimning holat funksiyasi bo‘lib, tizimning oxirgi konfiguratsiyalari va tezliklarning oxirgi qiymatlari bilan aniqlanadi W=(xyz vхvуvz). Energiyaning o‘zgarishi jismlarning o‘zaro ta’siri jarayonida ya’ni ish bajarish jarayonida sodir bo‘ladi Demak energiya shunday fizikaviy kattalikki, uning o‘zgarishi ishga tengdir va u jismning ish bajarish qobiliyatini ifodalaydi.
kuchning kichik siljishdagi ta’siri (1-rasm) elemen­tar ish deb ataluvchi, ning ga skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘l­­gan kattalik bilan xarakaterla­nadi
. (1)
Butun yo‘l bo‘yicha kuch tomonidan bajarilgan ish yo‘lning alohida kichik bo‘laklarida bajarilgan elementar ishlar yig‘indisiga teng bo‘ladi
. (2)
Agar jismni 1 nuqtadan 2 nuqtaga ko‘chirishda kuch tomonidan bajarilgan A12 ish ko‘chirish qaysi trayektoriya bo‘yicha amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘lmay, faqat jismning boshlang‘ich va oxirgi vaziyatlari (tizimning boshlang‘ich va oxirgi konfiguratsiyalari) bilan aniqlansa, jismga ta’sir etayotgan kuch konservativ kuch deyiladi
A1-2 = A1-a-2 = A1-b-2 (3)
Jism harakati yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartirish kon­servativ kuch bajargan ishning ishorasi o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun jism yopiq trayektoriya bo‘yicha harakatlanganda konservativ kuch bajargan ish nolga teng bo‘ladi
. (4)
(3) va (4) dan ko‘rinadiki, konservativ kuchlar bajargan ish tizimning konfiguratsiyaga bog‘liq bo‘ladi Tizimning konfiguratsiyasi bilan bog‘liq ish zaxirasi tizimning potensial energiyasini ifodalaydi. Potensial energiya faqat uning koordinatalari funksiyasi hisoblanadi. Konservativ kuchlar bajargan ish tizimning potensial energiyasini kamaytiradi
A1-2 = Wp1 –Wp2=-Wp  (5)
Konservativ kuchlarga misol qilib butun olam tortishish kuchi elastik kuchlar, elektrostatik o‘zaro ta’sir kuchlarini ko‘rsatish mumkin
(3) va (4) shartlarni qoniqtirmaydigan kuchlar nokonser­vativ kuchlar deyiladi Nokonservativ kuchlarning xususiy holi sifatida dissipativ kuchlarni ko‘rsatish mumkin. Bu kuchlar ta’sirida mexanik energiya boshqa turdagi (masalan, issiqlik) harakatiga aylanadi.
Agar jismga bir vaqtning o‘zida bir necha kuch­lar ta’sir etsa siljishda barcha kuchlar bajargan ishlar­ning algebraik yig‘indisi, shunday siljishda kuchning teng ta’sir etuvchisi bajaradigan ishga teng bo‘ladi. ekanligini hisobga olgan holda Nyutonning 2-qonunini qo‘llab teng ta’sir etuvchi kuch bajargan ishni topamiz
. (6)
(6)dan ko‘rinadiki teng ta’sir etuvchi kuch ishi quyidagi kattalikni oshib borishiga olib keladi
 (7)
bu kattalik jism o‘zining mexanik harakati hisobiga bajarishi mumkin bo‘lgan ishni ifodalaydi va u jismning kinetik energiyasi deyiladi
Potensial va kinetik energiyalar yig‘indisi jismlar tizimining to‘liq mexanik energiyasi deyiladi
Mexanik tizimni tashkil etuvchi jismlar bir-biri bilan yoki tizimga tegishli bo‘lmagan boshqa jismlar bilan ta’sirlashishi mumkinShunga binoan tizimdagi jismlarga ta’sir etuvchi kuchlarni ichki (tizimdagi jismlarning o‘zaro ta’sirlashuvi) va tashqi (tizimga tegishli bo‘lmagan jismlar ta’sirlashuvi) kuchlarga ajratiladi Ichki kuchlar har doim konservativ bo‘ladi tashqi kuchlar esa konservativ ham dissipativ ham bo‘lishi mumkin
Teng ta’sir etuvchi kuchlar bajargan ish tizimning kinetik energiyasini o‘zgartiradi ichki va tashqi konservativ kuchlar ishi tizimning umumiy potensial energiyasini o‘zgartiradi dissipativ kuchlar ishi esa tizimning to‘liq mexanik ener­giyasini o‘zgartiradi Bu o‘zgarishlar bir-biri bilan quyidagicha bog‘langan
(8)
yoki,
(9)
Agar tizimda faqat konservativ kuchlar ta’sir qilsa va
(10)
bo‘ladi
Agar jismlar tizimiga faqat konservativ kuchlar ta’sir etayot­gan bo‘lsa, bu tizimning to‘liq mexanik energiyasi o‘zgar­mas bo‘lib qoladi (mexanik energiyaning saqlanish qonuni) 
Agar tizimga nokonservativ kuchlar ta’sir etayotgan bo‘lsa, tizimning mexanik energiyasi kamayadi: energiyaning dissipatsiyasi (sochilishi) ro‘y beradi lekin ekvivalent miqdorda boshqa turdagi energiyalar hosil bo‘ladi Energiya hech qachon yo‘qolmaydi va qayta hosil bo‘lmaydi u faqat bir turdan ikkinchi turga aylanadi (energiya saqlanishining umumiy qonuni)

Yüklə 380,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin