2
Mazkur laboratoriya mashg’ulotlari oliy ta`lim muassasalarining kasb ta`limi
ta`lim yo’nalishi professor-o’qituvchilari va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib,
uning mazmuni va mohiyati innovatsion ta`lim texnologiyalari orqali umumkasbiy
fanlarni o’qitish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.
SHuningdek, o’quv-
qo’llanmada innovatsion ta`lim texnologiyalari, ta`lim
texnologiyalarining nazariy
asoslari ilmiy va amaliy aspektlarda batafsil yoritilgan bo’lib, oliy ta`lim
muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayoninni tashkil etishga qo’yilayotgan zamonaviy
talablar asosida mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi noan`anaviy
ishlanmalar
orqali keltirilgan.
Vazirlikning 2012-2014 yillarga mo’ljallangan amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-
texnika
dasturi
doirasidagi
1-148
raqamli “Kasb ta’limi
mazmunini
modernizasiyalash asosida o’qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish
texnologiyasi” mavzusidagi va A1-FQ-1-18659KA1-002 “Uzluksiz ta’limning
kasbga yo’naltirilgan mazmunini klaster texnologiyalari
asosida ishlab chiqish va
joriy etish” mavzusidagi loyihalar doirasida bajarilgan.