a) b)
4-ram. (a) Odam ichki oragnlari va (b) hayvon skeleti mulyajlar.
Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko’rsata oladi. Teleko’rsatuvlardan biologiya o’qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalar sifatida o’rganish sifatini bir necha marta oshirish imkonini beradi. O’qitish jarayonida kampyuterlarni qo’llash o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirish va nazorat qilish imkonini tug’diradi.
Ko’rgazmali vositalardan biologiya o’qitishning barcha jarayonlarida, masalan yangi o’quv materiallarini tushuntirayotganda uni mustahkamlayotganda, o’quv, ko’nikma malakalarini shakillantirayotganda, u vazifasini bajarayotganda, o’quv meriallarini nazorat qilayotganda qo’llaniladi. O’qitish vositalarini darsda emas balki sinfdan tashqari darslarda ham qo’llash mumkin.
3. Ko’rgazmali qurollarning xillari.
O’z tasnifi va ahamiyatiga ko’ra biologiya o’qitishda qo’llaniladigan ko’rgazmali vositalar asosiy va yordamchi hillarga ajratiladi. Asosiy guruh tabiiy, tasviriy, og’zaki xillarga yordamchilari o’qitishni texnik vositalari va laboratoriya asbob uskunalaridir.
Tabiiy ko’rgazma qurollari o’z navbatida tirik va o’lik, fiksirlangan, tasviriy ko’rgazma qurollar tekis va hajmli xillarga ajaratiladi. Tabiiy ko’rgazma qurollar maktab tirik burchagidagi tirik hayvonlar, baliqlar, hashorotlar, qushlar, xona o’simliklari, qotirilgan, quritilgan, fiksirlangan ko’rgazma qurollar bo’lib, ularga tulumlarini, umurtqasiz hayvon kolleksiyalarini, quritilgan suyaklarini, mikropreparatlarini, tarqatma materiallarini kiritsih mumkin. Ko’rsatma tabiiy ko’rgazma vositalari laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun zarur.
Tabiiy ravishda barcha darslarda o’simliklar, hayvonlar va boshqa tabiiy obyektlarni ko’rsatib bo’lmaydi. Ko’pgina hayvon, o’simliklar, tirik tabiatning rivojlanishlari, qonuniyatlar maxsus tayyorlangan tasvirli ko’rgazma qurollar yordamida tushuntiriladi.
Tasviriy ko’rgazmali qurollardan nihoyatda xilma-xil. Ulardan mulyajlar, statik, dinamik modellar, rangli jadvallar, rasmlar, didaktik kartochkalarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir. Qo’shimcha ko’rgazma qurollariga har xil asboblar, o’qitishning texnik vositalari kiritiladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Daftaringizga ishni bajarish tartibini yozish, mavzu haqidagi fikrlaringizni xulosalash.
Nazorat savollari
O’qitish vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati qanday?
O’qitish vositalari sistemasiga nimalar kiradi?
Ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
Texnik vositalarning o’qitish jarayonidagi ahamiyati qanday?
Dostları ilə paylaş: |