Laboratoriya mashg’uloti №-10 Mavzu: Biologiyani o’qitishda foydalaniladigan ko’rgazma vositalarining turlari va ularni darslarda uyg’unlashtirish muammolari. Ishdan madsad



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/3
tarix25.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#135009
1   2   3
10-Lab.Biol.o\'qit.foyd.ko\'rgaz.vosital. (1)

1-rasm. Tayyor mikroprepatlar



2-rasm. Gerbariylar.

Tabiiy ko’rgazma vositalari mikropreparatlar, tirik yoki fiksatsiyalangan o’simlik, hayvonlar ularning ayrim bo’laklari, kolleksiyalar, tulumlar, gerbariylar, biosistemalar (to’qay, tog’ oldi, yaylov, cho’l) bo’lib, ular bilan o’quvchilar bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar.



3-rasm. Tulumlar
Tabiiy ko’rgazmali vositalar faqat ko’rish orqali emas, balki eshi, hid bilish organlari yordamida idrok qilinadi. Tabiiy ko’rgazmali vositalar o’rniga tasviriy ko’rgazmali vositalar ba’zan chunonchi hujayra, organism ekosistemalar tuzilishi, moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, fotosuratlardan foydalaniladi. Kompyuter, multimediyalar, tasviriy ko’rgazmali vositalarning alohida guruhi sanaladi.
Maktablarda o’tkazilgan maxsus psixolog pedagogik tadqiqotlar o’qitish samaradorligi oshishi ko’p jihatdan o’quvchi sezgi organlari dars jarayonida jalb etishga bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda. O’quv materialini idrok etishda o’quvchilarning qanchalik ko’p sezgi organlari ishtirok etsa, uni o’zlashtirish shunchalik puxta bo’ladi. Bu jarayon allaqachon didaktikaning ko’rgazmali prinsipida o’z ifodasini topgan. Ya.A.Komenskiy o’qitishda o’quvchining barcha sezgi organlarini jalb etish didaktikaning ,,Oltin qoidasi deb aytgani bejiz emas. O’rta umumiy ta’lim o’quv yurtlarida biologiya o’qitishning barcha bosqichlarida ko’rgazmalilik ta’lim berish vositasi ekanligini unutmaslik kerak, chunki u har xil pedagogik tushunchalarni o’zida ifoda qiladi. Masalan ,,ko’rgazmalilik prinsipi”, ,,ko’rgazmalilik o’qitish vositasi”, ,,ko’rgazmali qurol” tushunchalarni farqlash kerak.
Ko’rgazmalilik prinsipi deyilganda biologiyani o’qitish jarayonida o’qituvchi amal qiladigan didaktik prinsip tushuniladi. Ko’rgazmalilik bir vaqtning o’zida sezish, mantiq, konkret, abstrakt yo’li bilan bilishni o’zida birlashtirib abstrakt tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi va ko’p hollarda uning tayanchi hisoblanadi.
Ko’rgazmalilik o’qitish vositasi sifatida o’quvchilardan statistik va dinamik obrazlar hosil qilishga qaratilgan bo’ladi. Ko’rgazmali o’qitgan vositasi o’z mazmuniga ko’ra ko’rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin hajmiga ko’ra unga nisbatan teng. Masalan bug’lanishga oid tajriba yoki teleko’rsatuv, doskaga chizilgan rasm ko’rgazmali vosita bo’lib ko’rgazmalilik qurol hisoblanmaydi.
Ko’rgazmalilik qurol bu darsda o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan konkret narsadir. U tulum, kolleksiya, gerbariy, tirik o’simlik, hayvon, tablitsadagi rasm, sxemalar shuningdek mulyajlar, tarqatma materiallari, didaktik kartochkalar shaklida bo’ladi. O’rganilayotgan narsa va hodisalarning biologic mazmunini ifoda qiluvchi ko’rgazmal qurollar o’qitish asosiy vositalar, har xil asboblar chunonchi probirka, kolba tarozi vas hu singarilar qo’shimcha vositalar hisoblanadi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin