Laboratoriya mashg’uloti №-10 Mavzu: Biologiyani o’qitishda foydalaniladigan ko’rgazma vositalarining turlari va ularni darslarda uyg’unlashtirish muammolari. Ishdan madsad



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/3
tarix25.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#135009
  1   2   3
10-Lab.Biol.o\'qit.foyd.ko\'rgaz.vosital. (1)


Laboratoriya mashg’uloti №-10
Mavzu: Biologiyani o’qitishda foydalaniladigan ko’rgazma vositalarining turlari va ularni darslarda uyg’unlashtirish muammolari.
Ishdan madsad. Biologiya darslarini olib borishda ko’rgazmali vositalar hamda ko’rgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyati va ularni turlarini o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar. Plakatlar, slaydlar, uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallari, gerbariylar, kolleksiyalar.
Nazariy tushuncha.
1. O’qitish vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bevosita idrok qilish mumkin bo’lgan narsalar asosida olib boriladigan ta’lim ko’rgazmali ta’lim deb ataladi.
Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam o’rnashib qolishini hohlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar ko’prog’ini: ko’zi, qulog’i, tovush organi, muskul sezgi va hatto iloji bo’lsa hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilish kerak degan edi.
Ko’rgazmali vosita bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tabiatdagi narsa va xodisalarni o’zaro taqqoslash, ularning o’zaro o’xshashliklari, tafovutlarini aniqlay olishi mumkin.
Ko’rgazmali vositalar yordamida o’quvchi o’rganilgan o’quv materialini analiz, siztez, abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish, sistemalashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
2. O’qitish vositalarining sistemasi.
O’qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og’zaki vositalarga bo’linadi. O’qitish vositalarini uch xilda ajratish bilan nazariyasiga va o’quvchilarning tafakkurini rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga kiruvchi o’quv fanlarini o’qitish 5-sinfda boshlanadi. Bu o’quvchilarning o’smirlik davriga to’g’ri keladi. O’smirlik davrida bolalarni bilishi faoliyatida ko’rgazmali harakat ustunlik qiladi.Kechki o’smirlik davrida tasviriy ko’rgazmali asosida fikr yuritish ya’ni tabiiy narsalarga emas, ularning tasvirlariga asoslanib idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi.






Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin