Ishni bajarish tartibi.
G’umbak tiplaribilan tanishish. 1 Qo’ng’izlar, parda qanotlilar, burgalar, buloqchilar va shunga o’xshash ko’p qo’sh qanotlilar turkumlari g’umbaklaridan olib, soat va buyum oynalariga qo’yib, mikroskop ostida yoki 10 marta kattalashtirib ko’rsatadigan lupalar bilan qaraysiz.
Ularni kelgusi yetuk zot tana o’simtalari, qanotlari, oyoqlari, mo’ylovlari aniq ajralib turganlarini to’g’rilagich igna yordamida u yoki bu yoqqa qimirlatib ko’rish mumkin. Bu g’umbaklarni voyaga yetgan davri bilan solishtirib ko’ring.Ular ko’p belgilari bilan tashqi ko’rinishi jihatdan imagoga o’xshashini ko’rasiz. Bular erkin yoki ochiqtipdagi g’umbaklardir .
2. Kapalaklar, ko’pchilik qo’sh qanotlilar va ba’zi bir qo’ng’izlarning g’umbaklarini olib, soat va buyum oynalariga qo’yib, mikroskop yoki 10 marta kattalashtirib ko’rsatadigan lupalar ostida qaraysiz. Ularning mo’ylovlari, oyoq va qanotlari garchi tashqi tomonidan ko’rinsada, ammo tanadan chiqqan modda yordamida tanaga jips yopishganligini ko’rasiz.Bular yopiq tipdagi g’umbaklardir .
3. Ikki qanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlar g’umbaklarini soat yoki buyum oynalariga qo’yib, lupalar yordamida kuzating. Ular shakli bochkasimon bo’lib, tana o’simtalari ko’rinmaydi. Chunki tana o’simtalarinnng ust tomonidan lichinkaning qotib qolgan terisi o’rgimchak ipiga o’xshash ipdan to’qilgan pilla o’rnini bosadigan teri ichida joylashgan. Teri ehtiyotlik bilan yorib ko’rilsa ichida ochiq yoki erkin g’umbak ko’rinadi. Shuning uchun bunday g’umbaklar soxta yoki bochkasimon g’umbaklar deb aytiladi.
4. Ko’p hasharot turlarining g’umbaklari turli xil mudofaa qatlamiga ega, ba’zilarida pilla, ba’zilarida esa loydan beshikchalar yoki barglar bilan o’rab mudofaa qatlami hosil qilingan. Ipakchi hasharotlarning pillasi, tunlamlarni loydan yasalgan beshikchalari bilan tanishib chiqing. Uchala tipga kiradigan hasharotlarning g’umbak tiplari rasmini chizing.
5. Ba’zi bir hasharotlarning g’umbak tiplarini jadval yordamida aniqlab chiqing.