Laboratoriya sharoitida bo’kish Bo’kish miqdorini aniqlash


Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining osmotik bosimi



Yüklə 49 Kb.
səhifə2/2
tarix05.06.2023
ölçüsü49 Kb.
#125194
1   2
1474723849 65124

Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining osmotik bosimi
Muvozanat qaror topgandagi gidrostatik bosim osmotik bosimga ekvivalent bo’ladi. Vant-Goffning klassik qonuniga muvofiq suyultirilgan ideal eritmaning osmotik bosimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
PV=nRT n=CV/M PV=CV/M*RT P=C/M*RT M=CRT/P
Bunda: P – osmotik bosim; C – konsentrasiya; M – erigan moddaning molekulyar massasi;
R – universal gaz doimiysi; T – absolyut temperatura.
YuMB larning juda suyuq eritmalarida kinetik birlik rolini yaxlit molekulaning o’zi, konsentrlangan eritmasida esa uning ayrim bir bo’lagi – segmenti bajarishi bizga ma’lum. Shuning uchun konsentrasiyaning ortishi bilan eritmadagi birlik miqdori ortib boradi, ammo ortish darajasi konsentrasiyaga nisbatan tezroq bo’ladi, chunki polimer egiluvchan molekulada shartli segment soni ko’p. Osmotik bosim eritmadagi zarracha (segment) soniga bog’liq bo’lgani uchun konsentrasiya ortishi bilan eritmaning osmotik bosimi konsentrasiyaga nisbatan tezroq ortadi. Shularga asoslanib, Flori va Xaggins polimerlarning suyultirilgan eritmasi konsentrasiyasi bilan uning osmotik bosimi o’rtasidagi quyidagi nazariy bog’liqlikni aniqladilar: P = RT/M*C +BC2 + Cc3 + . . . bu tenglamadagi c ning kub va undan yuqori darajadagi qiymatlarini e’tiborga olmasak, quyudagi tenglamaga ega bo’lamiz: P= RT/M*c + Bc2 bu tenglamadagi konstanta B erituvchining tabiatiga bog’liq bo’lib, erigan moddaning molekulyar massasiga bog’liq emas. Agar c ning qiymati kichik bo’lsa, tenglamaning o’ng tomonidagi ikkinchi a’zo qiymati nolga yaqinlashadi va ifoda Bant-Goff tenglamasi shaklini oladi.
Ta’sir kuchli bo’lganligi uchun makromolekula chiziqsimon konformasiya shaklida bo’ladi. ϴ-holatda u o’rama shakliga o’tadi va yomon erituvchida makromolekulaning konformasiyasi g’ujanak shaklga (o’ramadan ham zichroq shakl) o’tadi. Shtaudinger tenglamasi ([η]=KMα) dagi α ning qiymati ham makromolekulaning konformasion shakliga bog’liq bo’lgani uchun uning qiymatlari yaxshi erituvchida 0.5 dan katta, ϴ-holatda 0.5 ga teng va yomon erituvchida 0.5 dan kichik bo’ladi.


Adabiyotlar:


1. Семчиков Ю.Д. Высокомолекулярные соединения. М.: АСАДЕМА, 2005, 367 с.
2. Мусаев У.Н., Бабаев Т.М., Курбанов Ш.А., Хакимжонов Б.Ш., Мухамедиев М.Г. Полимерлар кимёсидан практикум. Тошк.: Университет, 2001.
3. Тагер А.А. Физико-химия полимеров. Учебное пособие. М.: Химия, 1978.
4. Стрепихеев А.А. Деревицкая В.А. Основы химии высокомолекулярных соединений. Учебное пособие, М.: 1976.
5. Оудиан Дж. Основы химии полимеров. М.: Химия, 1978
6. Шур А.М. Высокомолекулярные соединения. Учебник, М.: Высшая школа, 1981.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin