TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Kafedra: ‘‘Yuk transport tizimlari”
LABORATORIYALAR TO`PLAMI
Bajardi:STLT-__ guruh talabasi
________________
Tekshirdi:_________________
Toshkent-2023
1-laboratoriya ishi
Temir yo‘l stansiyalarida bajariladigan tijorat operatsiyalari turlarini aniqlash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga temir yo‘l stansiyalarida bajariladigan tijorat operatsiyalari turlarini aniqlashni o‘rgatish, tahlil qilish hamda bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tijorat operatsiyalari temir yo‘l stansiyalarida bajariladi. Stansiya – ruscha “stoyat” so‘zidan olingan bo‘lib, stansiyada poezdlar va vagonlarni turli texnik hamda yuk va tijorat operatsiyalarni bajarishda to‘xtab turishini bildiradi. Stansiyalar bajariladigan ish xarakteriga muvofiq – yo‘lovchi, yuk va birlashgan stansiyalarga bo‘linadi.
Stansiyaning tovar idorasida yuklarni tashishga qabul qilishni rasmiylashtirishda, tayinlangan stansiya mazkur jo‘natma bilan yuk va tijorat operatsiyalarini bajarish uchun ochiqligini tekshirish shart. Buning uchun №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limi “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] da stansiyalarni nomlari va ularda bajariladigan yuk va tijorat operatsiyalari turlari e’lon qilingan (№4
Tarif qo‘llanmasi rasmiy nashr bo‘lganligi uchun, stansiyalar nomlari ruscha talaffuzda qoldirildi).
Alfavit ro‘yxatning 1-grafasida ajratish punkti nomi va unda bajariladigan tijorat (yuk va yo‘lovchi) operatsiyalarining shartli belgisi (P, B, O, 1-§, 2-§, 3-§, 4-§, 5-§, 6-§, 7-§, 8-§, 8n-§, 9-§, 10-§, 10n-§, X, G*, M*, T*), 2-grafasida temir yo‘llarning qisqartirilgan nomi, 3 va 4-grafalarda №4 Tarif qo‘llanmasining 1-kitobini [2] qaysi betida mazkur ajratish punkti haqidagi axborot mavjudligi, 5-grafasida har bir ajratish punktidan ularga eng yaqin bo‘lgan tranzit punktining nomi va 6-grafasida ajratish punktini identifikatsiyalash uchun qabul qilingan olti belgili kodi ko‘rsatilgan. Shartli belgilarning mazmuni №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘lim Umumiy holatlarda, undan olingan ko‘chirma esa 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |