Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga mahalliy yo‘nalishlarda tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi.
Agar yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan bo‘lsa tarif masofa jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan ular uchun umumiy uzel stansiyalarigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Buning uchun 2-kitob – temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati [3] dan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalari qidirib topiladi. Har bir stansiyaning qarshisida temir yo‘lining nomi, 1-kitob [2] dagi jo‘nash-kelish jadvalining betlari va qatorlari, tranzit punktlarni (uzel stansiyalarni) nomi va ulargacha bo‘lgan masofa hamda ushbu stansiyaning kodi ko‘rsatilgan. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofa jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasida ko‘rsatilgan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi (6.1-rasm).
ℓef= ℓeB+ ℓBf , km
6.1-rasm. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash chizmasi
bu yerda AB, BD – qo‘shni uchastkalari;
A, V, D – shu uchastkalarning uzel stansiyalari;
B – shu uchastkalar uchun umumiy uzel stansiyasi;
e – jo‘natuvchi stansiya;
f – tayinlangan stansiya;
ℓeB – jo‘natuvchi stansiyadan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofa;
ℓBf – umumiy uzel stansiyasidan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;
ℓef – jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;
6.1-misol:Зирабулак stansiyasidan Богарное stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Зирабулак va Богарное stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Зирабулак: Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Бухара I - 143, Ходжадавлет (эксп.) - 88; Kod 730404. Stansiya Богарное: Uzbek.; Страница 390; Строка 43; Бухара I - 79, Мароканд - 141; Kod 730430. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Нурбулок va Джизак stansiyalari ikki qo‘shni Зирабулак – Бухара I va Бухара I – Богарное temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Бухара I ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Бухара I – Зирабулак= 143 km; Бухара I – Богарное = 79 km. Зирабулак stansiyasidan Богарное stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 143 + 79 =242 km. 6.2-misol:Кугай stansiyasidan Каратепе stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Кугай va Каратепе stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Кугай: Uzbek.; Страница 391; Строка 36;Андижан I-47 , Учкурган (зксп.) - 20; Kod 723704. Stansiya Каратепе: Uzbek.; Страница 390; Строка 43 Учкурган (зксп.) - 111, Андижан I - 25; Kod 727809. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Учкурган va Каратепеstansiyalari ikki qo‘shni Кугай – Андижан I va Андижан I –Каратепе temir yo‘l uchastkalarida joylashgan.Андижан I ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Андижан I –Кугай= 47km; Андижан I– Каратепе = 25 km. Кугай stansiyasidan Каратепе stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. =47 + 25 = 72 km. 6.3-misol:Шипелово stansiyasidan Ощепково stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Шипелово va Ощепково stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Шипелово: Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Шарташ - 61, Богданович - 34; Kod 723704. Stansiya Ощепково: Uzbek.; Страница 390; Строка 43; Богданович - 84, Тюмень - 143; Kod 727809. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Шипелово va Ощепково stansiyalari ikki qo‘shni Шипелово – Богданович va Богданович – Ощепково temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Богданович ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Богданович –Шипелово= 61 km; Богданович –Ощепково= 84 km. Шипелово stansiyasidan Ощепково stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 61 + 84 = 145 km. 6.1-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar