7.1-misol: Зиевуддинstansiyasidan Алмазар stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofasi aniqlansin.
Yechish: №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Зиевуддин va Алмазар stansiyalarini qidirib topamiz: Stansiya Зиевуддин : Uzbek.; Страница 391; Строка 40;Акжигит (эксп.) - 116, Мароканд - 115; Kod 722504. Stansiya Алмазар: Uzbek; Страница 395; Строка 12; Ташкент - Товарный - 59, Хаваст - 100; Kod 733104. Зиевуддин stansiyasi Акжигит (эксп.)–Мароканд uchastkasida joylashgan bo‘lib, Зиевуддин stansiyasidan Акжигит (эксп.) tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 116 km, Мароканд tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 115 km. Алмазар stansiyasi Ташкент - Товарный– Хаваст uchastkasida joylashgan bo‘lib, Алмазар stansiyasidan Ташкент - Товарный tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 59 km, Хаваст tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 100 km. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. №4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz: Ташкент-Товарный – Акжигит (эксп.) 610 km; Ташкент-Товарный –Мароканд 408 km; Алмазар– Акжигит (эксп.) 454 km; Алмазар– Мароканд 644 km; Stansiyalar orasidagi masofalar: Зиевуддин –Алмазар = 386 km; Хаваст – Акжигит (эксп.) = 311 km; Акжигит (эксп.) – Алмазар = 397 km. Зиевуддин stansiyasidan Алмазар stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 386 + 311 + 12 =709 km.