2.1-misol. Барражstansiyasi kodi tahlil qilinsin va kodni himoyalovchi nazorat soni tekshirilsin. Yechish: №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limi “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Барраж stansiyasi kodini qidirib topamiz va yozib olamiz.
Ko‘rsatma: Buning uchun “YTIB lab. el.” papkasidagi “ТР №4 Книга 2” fayli ochiladi, so‘ngra Ctrl va F tugmachalari baravariga bosiladi. Monitorda “Найти и заминит” darchasi ochiladi. Darcha “Найти” holatiga keltiriladi va uning qatoriga qidirilayotgan stansiya nomi xato qilmasdan yoziladi, so‘ngra darchaning “Найти далее” tugmasi sichqoncha chap tugmachasi yordamida bosiladi.
Барраж stansiyasi kodini tahlil qilamiz:
- Барраж stansiyasi, kodi – 72180 (himoya raqami bilan 721802);
Ko‘rsatma: Tarmoq rayoni nomeri bo‘yicha, uning nomini bilish uchun “YTIB lab. el.” papkasidagi “ТР №4 Книга 2” fayli ochiladi, so‘ngra Ctrl va F tugmachalari baravariga bosiladi. Monitorda “Найти и заминит” darchasi ochiladi. Darcha “Найти” holatiga keltiriladi va uning qatoriga tarmoq rayoni nomeriga uchta nol qo‘shib xato qilmasdan (misol uchun - 72000) yoziladi, so‘ngra darchaning “Найти далее” tugmasi sichqoncha chap tugmachasi yordamida bosiladi.
2) Барраж stansiyasi kodini himoyalovchi nazorat sonini tekshirish: 7 2 1 8 × 1 2 3 4 74 3 32 - ko‘paytma natijalarini bir biriga qo‘shamiz, 7 + 4 + 3+32 =46; - yig‘indini 11 ga bo‘lamiz, 46 : 11 = 4(2); - bo‘lish natijasidan keyingi qoldiq – 2, kodni himoyalovchi nazorat soni hisoblanadi. Барраж stansiyasini halaqitdan himoyalovchi kodi – 721802.
2.2-misol.Карши stansiyasini kodini himoyalovchi nazorat soni tekshirilsin. Yechish: № 4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobini, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Карши stansiyasi kodini qidirib topamiz va yozib olamiz. Карши stansiyasi, kodi – 73310 (himoya belgisi bilan 733104); Карши stansiyasi kodini himoyalovchi nazorat sonini tekshirish: