Lafasov. 32-Arab Davlatlari "Yaqin Sharq" masalasi deyilganda nima tushuniladi?



Yüklə 20,51 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2022
ölçüsü20,51 Kb.
#59210
  1   2

Lafasov. 32-Arab Davlatlari
1. “Yaqin Sharq” masalasi deyilganda nima tushuniladi?
A) Buyuk davlatlarning Turkiya imperiyasiga qaram o‘lkalarga ega bo‘lib olish uchun olib borgan o‘zaro kurashiga
B) isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlatlari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida yashash masalalari
C) Isroil-arab munosabatlari hamda barcha arab davlatlarini yagona islom davlati ostida birlashtirish
D) Yahudiylarni G’azo sektoridan ko‘chirib olib chiqib ketish va Falastin milliy avtonomiyasini tuzish
2. Ma’lumki, Versal shartnomasida “mandati tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo‘yilgan edi. Shu shartnomaga ko‘ra, Falastinni boshqarish va u yerda Yahudiylar davlatini tashkil etish mandati qaysi davlatga berilgan edi?
A) Italiya B) Buyuk Britaniya C) AQSH
D) Fransiya
3.Nechanchi yili BMT Falastinda ikki davlat-Isroil yahudiy va Falastin-arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi?
A) 1947-yil 29-noyabr B) 1948-yil 6-noyabr
C) 1946-yil sentabr D) 1949-yil 29-oktabr
4. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Falastin hududida yahudiylar davlatini tashkil etish kelishib olingan edi. Bu davrda Falastinda qancha yahudiy yashardi?
A) 0,5 mln B) 850 mingdan ortiq
C) 100 mingga yaqin D) 5 mlnga yaqin
5. Dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir joyga-Falastinga to‘plashda qaysi tashkilotning roli kata bo‘ldi?
A) BMT B) FOT C) Milliy ozodlik fronti
D) Sion
6. Sionizm g’oyasining mohiyatini aniqlang.
A) Isroil-arab muammosini tinchitish, Isroil bosib olgan arab davlatlarining hududini qaytarib berish
B) Iroq hududida ommaviy qirg’in qurollari ishlab chiqarishga imkon bruvchi manbalarni tugatish
C) Arab davlatlarining rahbarlari Isroil bilan muzokara o‘tkazmaslik, uni tan olmaslik va u bilan separate tinchlik shartnomasini imzolamaslik
D) Falastin hududida yahudiylar davlatini tuzish va barcha yahudiylarni bir joyga to‘plash
7. 1942-yilga kelib Falastin hududidagi yahudiylar soni qanchaga yetdi?
A) 0,5 mln B) 2 mln C) 1 mln D) 5 mln
8. Falastin hududidagi yahudiylar qaysi davlatlar tomonidan zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan?
A)SSSR va Yaponiya B) Fransiya va Italiya
C)AQSH va SSSR D) AQSH va Buyuk Britaniya
9. Mustaqil Isroil davlati qachon tuzildi?
A) 1947-yil 4-iyul B) 1945-yil 16-fevral
C) 1949-yil 31-avgust D) 1948-yil 14-may
10. Birinchi isroil – arab urushi qachon yuz berdi?
A) 1947-yil B) 1948-yil C) 1949-yil D) 1953-yil
11. Isroil davlati tuzilgandan so‘ng davlatning poytaxti etib qaysi shahar e’lon qilindi?
A) Tel-Aviv B) Quddus C)Tripoli D) Damshaq
12. Birinchi Isroil-Arab urushi nima sababdan yuz berdi?
A) Falastin ikki davlat Isroil yahudiy va Falastin arab davlati tuzish to‘g’risidagi qarori oqibatida
B) Isroil davlati tuzilganligi va Falastin arab davlatining tuzilmay qolganligininng oqibatida
C) Falastin ozodlik tashkiloti tuzilganligi oqibatida
D) Isroilning Misrga hujumi oqibatida
13. Arab-isroil urushi oqibatida Yahudiylar Falastin arablarini o‘z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar qaysi davlatga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi?
A) Suriya B) Livan C) Misr D) Iordaniya
14. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya Isroilga qancha miqdorda tovon to‘ladi?
A) 1 mlrd $ B) 2 mlrd $ C) 4,5 mlrd$
D) 3 mlrd $
15. Yaqin Sharq strategik xomashyo-neftga boy o‘lka.U yerda jahon neft zaxirasining necha foizi mavjud?
A) 35 % B) 65 % C) 50 % D) 44%
16. Birinchi Isroil-Arab urushi ishtirok etgan arab davlati armiyasi yengildi. Bunga sabab nima edi?
1) Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo‘lmagan davlatlar edi; 2) Bu davlatlar o‘rtasida mushtarak ittifoqning yo‘qligi; 3) Bir davlatni bosib olayotganida ikkinchi arab davlatining befarq qarab turganligi; 4) SSSRning Isroilga yordami oqibatida
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3, 4
17. 1956-yil Misrga qarshi qaysi davlatlar agressiya uyushtirdilar?
A) Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil
B) Falastin, SSSR va Isroil
C) AQSH,Fransiya va Isroil
D) Buyuk Britaniya, Fransiyava Falastin
18. 1956-yil Misrga qarshi bir necha davlatlar agressiya uyushtiradi, lekin ko‘p o‘tmay agressiya barbod bo‘ladi. Bunga sabab nima edi?
A) Misrning tinchlik istab bu davlatlarga to‘lagan tovoni
B) AQSHning aralashuvi oqibatida
C)Agressor davlatlar o‘rtasida mustahkam ittifoqning yo‘qligi
D) SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo‘lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti
19. Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) qachon tuzildi?
A) 1958-yil B) 1961-yil C) 1964-yil D) 1967-yil
20. FOT ning maqsadi nimadan iborat edi?
A) mustaqil Falastin davlatini tuzish
B) Falastinda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
C) Falastinda yakka shaxs hukmronligiga chek qo‘yish
D) AQSH bilan yaqinlashish siyosatini olib borish
21. Tarixda 6 kunlik urush qaysi davlatlar o‘rtasida bo‘lgan?
A) Isroil va Misr B) Misr va Suriya
C) Isroil va Falastin D) Livan va Falastin
22. Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) qaysi davlat hududida tuzilgan edi?
A) Livan B) Suriya C) Isroil D) Falastin
23. Sudanda o‘tkazilgan arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi chog’ida ishtirok etgan davlatlar qanday mazmundagi qaror qabul qildilar?
1) FOTning assembeliyasini tuzish; 2) yagona iqtisodiy zonaga birlashish; 3) taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik frontini tuzish; 4) Isroil bilan muzokara o‘tkazmaslik; 5) Isroilni tan olmaslik; 6) Isroil bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik.
A) 1, 2, 3 B) 2, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 4, 5, 6
27. Kemp-Devid bitimi qachon imzolandi?
A) 1978-yil 26-mart B) 1979-yil 26-mart
C) 1982-yil 3-aprel D) 1973-yil 6-oktabr
28. Kemp-Devid bitimi qayerda imzolangan?
A) AQSHda B) Isroilda C) Misrda
D) Fransiyada
29. Kemp-Devid bitimi shartlari to‘g’ri ko‘rsatilga qatorni toping.
1) Isroil o‘z qo‘shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi; 2) AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini oldi; 3) AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yishda Misrga yordam ko‘rsatdi; 4) AQSH Isroilga iqtisodiy yordam berish majburiyatini oldi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) faqat 1
30. Qachondan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi?
A) 2005-yil B) 1994-yil C) 1990-yil D) 1999-yil
31. 1948-yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniya va Iroq imzolangan shartnomaga ko‘ra, …..
A) urush xavfi paydo bo‘lgan chog‘da Buyuk Britaniya Iroqni himoya qilishini bildirdi
B) urush xavfi paydo bo‘lgan chog‘da Buyuk Britaniya Iroqni ishg‘ol etish huquqini oldi
C) Buyuk Britaniya Iroqni 10 yil muddatda mustaqillikka tayyorlashi kerak edi
D) Buyuk Britaniya Iroqdan o‘z qoshinlarini olib chiqb ketish majburiyatini oldi
32. Bag‘dod pakti imzolandi?
A) 1954-yil 24-oktabr B) 1955-yil 12-oktabr
C) 1956-yil 24-oktabr D) 1958-yil 12-dekabr
33. Nechanchi yilda Iroq harbiy qismlari orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi?
A) 1954-yil B) 1955-yil C) 1956-yil D) 1957-yil
34. Iroqda qachon agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qilindi?
A) 1958-yil mart B) 1955-yil iyul
C) 1957-yil oktabr D) 1958-sentabr
35. Iroq qiroli Feysal II o‘ldirilgandan so‘ng mamlakatda qanday islohotlar o‘tkazildi?
1) Iroq Respublika deb e’lon qilindi; 2) Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi; 3) Feysal III mamlakat prezidenti etib tayinlandi; 4) Iroq dunyoviy davlat deb e’lon qilindi; 5) Iroq Bag‘dod paktidan chiqdi; 6) Chet el harbiy bazalari tugatildi; 7) Sentabr oyida agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qilindi; 8) Iroq erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi.
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 2, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7
D) 3, 4, 5, 7
36. Iroqda yangi hukumat tuzgan Abdul Karim Qosim tashqi siyosatda qanday yo‘l tutdi?
A) chet el mamlakatlari uchun Iroqni erkin iqisodiy zona deb e’lon qildi
B) AQSH bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi
C) SSSR bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi
D) Quvaytga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqdi
37. Iroqda Arafa hokimiyatni o‘z qo‘liga olgandan so‘ng qanday islohotlarni amalga oshirdi?
1) mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e’lon qildi;2) Yagona siyosiy partiya-Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi; 3) Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi; 4) Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi; 5) Kurd separatchilari bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida bitimga erishildi; 6) muxolifat kuchlarga qarshi qatag‘on kuchaytirildi; 7) Tashqi siyosatda qo‘shni arab davlatlari bilan munosabatlar normallashtirildi; 8) yangi pul birligi joriy qildi; 9) qo‘shni arab davlatlariga qo‘shilmaslik siyosatini yuritdi.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8
D) 1, 4, 6, 7, 9
38. Iroqda Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi.Buning asosiy sababi nima edi?
A) mamlakatda chet el kapitaliga qaram korxonalarning ko‘pligi
B) qo‘shni arab davlatlariga qo‘shilmaslik harakatini tutganligi
C) yangi pul birligining muomalaga kiritilganligi
D) harbiy xarajatning ko‘paytirilganligi
39. Abdul Karim Qosimning arab dunyosida yakkalanib qolishiga nima sabab bo‘ldi?
A) Falastinga harbiy yordam berganligi
B) SSSR bilan yaqinlashish siyosatini yuritgani
C) Quvaytga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqqanligi
D) AQSH korxonalariga ko‘plab erkinlik berganligi sabab
40. Iroqda «Iyun inqilobi» natijasida prezidentlik lavozimini kim egalladi?
A) Ahmad Hasan al-Bakr B) Bashar al-Asad
C) Ayyad Alaviy D) S. Husayn
41. Nechanchi yil “Iroq petroleum” neft kompaniyasi milliylashtirildi?
A)1971-yil B) 1972-yil C) 1956-yil D) 1974-yil
42. Iroqda kimning hukmronligi davrida harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi, million kishilik armiya barpo etildi?
A) Ahmad Hasan al-Bakr B) Bashar al-Asad
C) Ayyad Alaviy D) S. Husayn
43. Qanday omillar Jan. Afrikada mustamlaka sirtmog‘ida yashayotgan xalqlar milliy-ozodlik kurashining kuchayishiga sabab bo‘ldi?
1) Ikkinchi jahon urushida Germaniya, Italiya va Yaponiyaning mag‘lubiyatga uchraganligi; 2) asosiy mustamlakachi davlatlar-Buyuk Britaniya va Fransiyaning zaiflashganligi; 3) sovuq urushning boshlanishi 4) mustamlaka xalqlar milliy ongining o‘sishi; 5) AQSH va SSSRning o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida dunyoda mustamlakachi imperiyalar saqlanib qolishiga qarshi chiqqanligi; 6) Fan texnika inqilobi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6
44. Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi nechanchi yil o‘tkazildi?
A) 1956-yil B) 1973-yil C) 1967-yil D) 1969-yil
45. 1979-yilning 26-martida imzolangan Kemp-Devid bitimi qaysi davlatlar o‘rtasida imzolangan edi?
A) Isroil va Misr B) Falastin va Isroil
C) Misr va Falastin D) Isroil va AQSH
46. 1948-yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniya Iroqni ishg‘ol etish huquqini olgan shartnoma qaysi shaharda imzolangan edi?
A) Bag’dod B) Portsmut C) London
D) Tel-Aviv
47. Iroqda Arafa qachon yangi davlat to‘ntarishi o‘tkazdi va butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi?
A) 1961-yil 8-fevral B) 1967-yil 9-avgust
C) 1963-yil 18-noyabr D) 1965-yil 23-fevral
48. Iroqda “Iyun inqilobi” nechanchi yil bo‘lib o‘tdi?
A) 1963-yil 18-noyabr B) 1967-yil 9-avgust
C) 1965-yil 23-fevral D) 1968-yil 17-iyul
49. Iroqda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nechanchi yil nihoyasiga yetkazildi?
A) 1972-yilda B) 1969-yilda C) 1977-yilda
D) 1964-yilda
50. 8 yil davom etgan Iroq – Eron urushiga nima sabab bo‘lgan edi?
A) Falastinga yordam berishda kelisholmaganligi bois
B) S. Husaynning Eronga hududiy da’vo bilan chiqishi
C) Eron asosan Yevropa davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini tutganligi, bu esa Iroqqa yoqmaganligi sababli
D) Eron hukumati iroqlik maxbuslarni Iroqqa qaytib bermaganligi uchun
51. Suriya nechanchi yil mustaqil davlat deb e’lon qilindi?
A) 1951-yil 17-aprel B) 1945-yil 9-avgust
C) 1941-yil 27-sentabr D) 1949-yil 16-fevral
52. Suriyada Milliy bayram kuni qaysi sanada nishonlanadi?
A) 9-avgust B) 27-sentabr C) 16-fevral
D) 17-aprel
53. Afrika tarixiga “Afrika yili” nomi bilan kirgan yilni aniqlang.
A) 1940-yil B) 1950-yil C) 1970-yil D) 1960-yil
54. Shukri Quatli qachon Suriya prezident etib saylandi?
A)1966-yil B)1952- yil C)1949-yil D) 1956-yil
55. Qachon Suriya va Misr yagona davlatga birlashdi?
A) 1952-yil B) 1956-yil C) 1966-yil D) 1969-yil
56. 1953-yilning iyun oyida ….
A) Misr Respublikasi e’lon qilindi
B) Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumati tuzildi
C) Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya imzolandi
D) Janubi-G‘arbiy Afrika Namibiya nomi bilan mustaqil davlat deb e’lon qilindi
57. Portugaliyaning Afrikadagi mustamlakalari qaysi davlatlar edi?
A) Mozambik, Angola, Gvineya-Bissau
B) Kongo, Marokash, Angola
C) Mozambik, Marokash, Sudan
D) Namibiya, Gvineya-Bissau
58. Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya qachon imzolandi?
A) 1956-yil 2-mart B) 1962-yil 1-iyul
C) 1958-yil 19-sentabr D) 1977-yil 3-mart
59. Kim JARning birinchi qora tanli Prezidenti etib kim saylangan?
A) Burgiba B) M. Kaddafiy C) Shishakli
D) N. Mandela
60. 1989-yilda Janubi-G‘arbiy Afrika qanday nom bilan mustaqil davlat deb e’lon qilindi?
A) Kongo B) Namibiya C) Kod di’Vuar
D) Janubiy Afrika Respublikasi

Yüklə 20,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin