Lahimlarni shamolatish sxemalarini tuzish va ventilyatsiya ishlarini ta'minlash
LAHIMLARNI SHAMOLATISH SXEMALARINI TUZISH VA VENTILYATSIYA ISHLARINI TA'MINLASH
Reja
1. Lahimlarni shamolatish sxemalarini tuzish va ventilyatsiya ishlarini ta'minlash referat
2. SHamollatish qurilmalari turlari.
3. SHamollatish qurilmalaridan foydalanish.
LAHIMLARNI SHAMOLATISH SXEMALARINI TUZISH VA VENTILYATSIYA ISHLARINI TA'MINLASH
Konchilik korxonalari lahimlarinig uzluksiz ravishda shamolatish (toza havo bilan ta’minlash) uchun ventilyator qurilma o‘rnatiladi. U o‘rnatilgan joy va bajaradigan vazifalariga ko‘ra uch turga bo‘linadi. Bosh, yordamchi va lahim o‘tish ventiyator qurilmalari:
Bosh ventiyator qurilmasi. Konchilik korxonalarini ochishda eng kamida ikkita shaxta stvoli kovlab o‘tiladi. Ulardan biri orqali toza havo shaxtaga uzatiladi. U kon lahimlarini shamolatib ifloslanadi. Ifloslangan kon havosi ikkinchi stvol orqali yer sathiga chiqarib yuboriladi.
Bosh ventilyator qurilma shaxta stvollaridan birining bo‘g‘zida o‘rnatiladi. U shaxta stvoli bilan havo yo‘laklari orqali germetik ravishda birlashgan bo‘ladi.
Bosh ventilyator qurilma toza havoni shaxtaga haydash (nagnetanie) yoki kon havosini shaxtadan so‘rib olish (vsasыvanie) usulida ishlatilishi mumkin.
Qurilma birinchi usulda ishlatilganda, ventilyator toza havoni atmosferadan so‘rib olib stvol orqali shaxtaga haydaydi. Konning barcha lahimlarini shamolatib, ifloslangan kon havosi esa ikkinchi stvol orqali yer sathiga chiqib ketadi. Bunday shamollatish usuli asosan ma’dan konlarini shamolatishda qo‘llaniladi.
Shaxta havoni so‘rib olish usuli bilan shamolatilganda ventilyator kon havosini shaxtadan stvol va havo yulaklari orqali so‘rib oladi. Bunda qurilmaning havo yo‘lagi stvol bilan birlashgan joyda bosim atmosfera bosimdan kamayib ketadi. Buning natijasida toza havo, ikkinchi stvol orqali kon lahimlariga oqib keladi. U lahimlarini shamolatib ifloslanadi va ifloslangan kon havosi ventilyator orqali o‘tib atmosferaga chiqib ketadi.
Kon havosini so‘rib olish usuli metan gazi ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘mir va slanets konlarida qo‘llaniladi.
Bir tomonlama havo so‘ruvchi markazdan qochma ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Bu rasmda:
1 va 3- zahiradagi va ishchi ventilyatorlar;
2- ventilyatorlarning havo so‘rilish yo‘laklari to‘sqichlari (lyada);
4-ventilyatorlarning havo haydalish yo‘laklari to‘sqichlari;
5- havo so‘rilish hujra (budka) to‘sqichi;
6- diffuzor to‘sqichi;
7- stvol bilan birlashgan havo yo‘lagi to‘sqichi.
Shaxta kon havosini so‘rib olish usulida shamollatilganda (15.1a–rasm) ishchi ventilyator 3-ning havo so‘rilish -2 va haydalish-4, shaxta stvoli bilan birlashgan yo‘lak-7 va diffuzor-6 to‘sqichlari ochiq holatda bo‘ladi. Unda kon havosi stvol bilan birlashgan va ishchi ventilyatoning havo so‘rilish yo‘laklari orqali shaxtadan ventilyatorga so‘riladi. Ventilyator 3 – dan chiqadigan kon havosi esa uning havo haydalish yo‘lagi va diffuzor orqali atmosferaga chiqib ketadi.
Bir tomonlama havo so‘ruvchi markazdan qochma ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi
Zahiradagi 1–ventilyatorni ishga tushirish uchun uning havo so‘rilish – 2 va haydalish–4 yo‘laklarining to‘sqichlari ochiladi. Ishlab turgan 3–ventilyatorning havo so‘rilish–2 va haydalish–yo‘laklari to‘sqichlari esa yopiladi. Unda kon havosi stvol bilan birlashgan va havo so‘rilish yo‘laklari orqali ventilyatorga so‘riladi. Undan chiqadigan kon havosi havo haydalish yo‘lagi va diffuzordan oqib o‘tib atmosferaga chiqib ketadi.
Konlar toza havoni shaxtaga haydash usulida shamollatilganda ishchi ventilyator-3ning havo so‘rilish-2 va haydalish-4 yo‘laklari va havo so‘rilish hujra-5 to‘sqichlari ochiq holatda bo‘ladi. To‘sqichlarning bu holatida ventilyator toza havoni atmosferadan diffuzor, so‘rilish hujra va haydalish yo‘lagi orqali so‘rib olib, uni havo haydalish va stvol bilan birlashgan yo‘laklar bo‘ylab shaxtaga haydaydi.
Ikki tomonlama havo so‘ruvchi markazdan qochma ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
Shaxta, kon havosini so‘rib olish yoki toza havoni shaxtaga haydash usullari bilan shamollatilganda bosh ventilyator qurilma havo yo‘laklarida havoni harakati oldingi havo harakatiga o‘xshash bo‘ladi. U faqat ventilyator ish g‘ildiragiga havo ikki tomonlama so‘rilishi bilan farqlanadi.
Ikki tomonlama havo so‘ruvchi markazdan qochma ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi.
O‘q chiziqli ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan
. O‘q chiziqli ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi.
Bu rasmda 1-ishchi ventilyator, 2-zahiradagi ventilyator, 3-to‘sqich, 4-havo so‘rilish yo‘laklari, 5-havo haydalish yo‘laklari, 6-shaxta stvoli bilan birlashgan havo yo‘lagi, 7-havo so‘rilish yo‘lagi to‘sqichi, 8-havo haydalish yo‘lagi to‘sqichi, 9-datchiklar, 10-diffuzor, 11-lebedka.
Shaxta stvoli bilan birlashgan havo yo‘lagi-6 ning havo so‘rilish yo‘laklari-4 bilan tutashgan joyida havo so‘rilish to‘sqichi-7 o‘rnatilgan. Bu to‘sqich yordamida birinchi ventilyatorga havo oqib boradigan havo so‘rilish kanali yopiladi. Havo so‘rilish yo‘laklarinig ochilishi yoki yopilishi datchik -9 orqali nazorat qilinadi.
Havo haydalish yo‘laklari-5 bilan diffuzor-10 birlashadigan joyida havo haydalish yo‘lagi to‘sqichi-8 o‘rnatilgan. Bu to‘sqich yordamida diffuzorga havo oqib o‘tish yo‘lagining (havo haydalish yo‘laklari) biri ochilganda, ikkinchisi esa yopiladi
Birinchi ventilyator kon havosini shaxtadan so‘rib olish usulida shamollatilganda barcha to‘siqlar ko‘rsatilgan holatda bo‘ladi. Kon havosi shaxta stvoli bilan birlashgan-6 va havo so‘rilish yo‘laklari orqali birinchi ventilyatorga so‘riladi. Undan chiqadigan havo haydalish yo‘lagi-5 va diffuzor-10 orqali atmasferaga chiqib ketadi.
Kon, toza havoni atmosferadan shaxtaga haydash usulida shamollatilganda to‘siqlar xolati o‘zgartirilmaydi. Ventilyator ish g‘ildirakning aylanish yo‘nalishi esa o‘zgartiriladi. Bu holda ventilyator toza havoni atmosferadan diffuzor -10 va havo so‘riluvchi -4 va shaxta stvoli bilan birlashgan yo‘laklar bo‘ylab shaxtaga haydaydi.
To‘sqich -3 shaxta stvoli bilan birlashgan havo yo‘lagini atmosfera bilan bog‘laydigan to‘sqich hisoblanadi. U shaxtaga havo kirish yo‘lini to‘sib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Shaxta qaysi usulda shamollatilishidan qa’tiy nazar to‘sqich-3 ko‘tarilgan holatda bo‘ladi . U faqat ikkala ventilyator to‘xtatilgan yoki shaxtadagi yong‘inga qarshi olib boriladigan ishlarni bajarishda tushiriladi. Bu bilan shaxtaga havo kirish yo‘li to‘siladi.
Yordamchi ventilyator qurilma shaxta stvolini, stvol atrofi qo‘rasi atrofidagi xona va lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida hamda konning ayrim uchastkalarini shamollashtishda qo‘llaniladi.
Yordamchi ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasiga o‘xshash. U faqat o‘rnatiladigan ventilyatorlarning geometrik o‘lchamlari bilan farq qiladi.
Lahim o‘tish ventilyator qurilmasi. U kon lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida kovlash joyini (kovjoy) shamolatish uchun qo‘llaniladi. Lahim o‘tish ventilyator qurilmaning yer ostida joylashish sxemasi ko‘rsatilgan.
Boshi berk lahimlarni kovlab o‘tishda kovjoy lahim o‘tish ventilyator qurilma yordamida shamollatiladi. Qurilma havoni so‘rib olish, haydash yoki kombinatsiyalashgan usullarda ishlashi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga ko‘ra ko‘mir va gazlar ajralib chiqadigan konlarda lahimlarni havoni so‘rib olish va kombinatsiyalashgan usullari bilan shamollatish taqiqlangan. Shuning uchun lahimlar havo haydash usuli bilan shamollatiladi.
Lahim o‘tish ventilyator qurilmaning kon lahimlarda joylashishi. Rasmda 1-ventilyator, 2- havo quvuri, 3- toza havo oqib o‘tadigan lahim, 4- kovlab o‘tiladigan lahim.
Bu usulda lahim o‘tish ventilyatori -1 bosh ventilyator qurilma bilan shamollatiladigan lahimda -3 o‘rnatiladi. U havoni so‘rib olib havo quvuri -2 orqali kavjoyga haydaydi. Kavjoyga uzatilgan havo uni shamolatib, so‘ng lahim bo‘ylab harakatlanadi.
Konchilik korxonalarida uch xil turdagi ventilyatorlardan foydalaniladi: o‘q chiziqli, markazdan qochma va aralash. O‘q chiziqli ventilyator avoni o‘z o‘qi bo‘yicha haydasa, markazdan qochma ventilyator esa havo yo‘nalishini 90° ga o‘zgartiradi, aralash turdagi ventilyator esa 45°.1
. O‘q chiziqli ventilyator
Ventilyatsiya deganda binolarni toza havo bilan ta’minlash, havo almashtirish va talab qilinadigan havo muhitini yaratish tizimlari tushuniladi. Ventilyatsiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari, issiqlik chiqarib yuboriladi va tashqaridan toza havo beriladi. Ventilyatsiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va parametrlari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra – oqib kelish (pritochnыe) va so‘rib chiqarish (vыtyajnыe) turlarga bo‘linadi.
Oqib kelish tizimlar deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilyatsiya tizimlariga aytiladi. So‘rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so‘rib chiqarib yuboriladigan havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra – tabiiy (tashkil etilgan va tashkil etilmagan) va mexanik (sun’iy) ventilyatsiyaga bo‘linadi.
Binolarning tabiiy ventilyatsiyasi a – tashkil etilgan tabiiy ventilyatsiya – aeratsiya; b – havo berilishi tashkillashtirilmagan, havoni chiqarib yuborilishi – kanalli so‘rma ventilyatsiya; 1 – vertikal kanalli; 2 – havo chetlashtirish quvuri; 3 – deflektor; 4 – so‘rma shaxta; 5 – panjarali tirqish Ventilyatsiya tizimlarining sxemalari a – umumiy havo almashinuvi ventilyatsiyasi; b – mahalliy ventilyatsiya; v – aralash ventilyatsiya; 1 – so‘rma zont; 2 – havo dushi; 3 – zararliklarni chiqarib tashlash uchun ventilator; 4 – toza havoni uzatish uchun ventilator; 5 – kalorifer; 6 – to‘sqichli panjara.
Dostları ilə paylaş: |