Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha lazеrlarini ko’rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to’rt enеrgеtik satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati juda katta. Lazеrlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazеrlaridan bоshlangan. Qattiq jism lazеrlarida elektroaktiv kirishma atomlari mavjud bo’lsa, ularning ionlari energetik satxlarda yorug’lik (optik) nurlari yordamida invers to’ldirish hosil qilinadi. Bunday lazerlar samarali ishlashi uchun ular:

- Katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lishi;
- Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishi kerak.
Bu talablarga javob beruvchi aktiv elementlar soni cheklangan bo’lgani uchun qattiq jismli lazerlar turlari ham cheklangan. Amalda ko’proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli granatdan yasalgan lazerlar ishlatiladi. Neodimli shisha asosidagi lazerlarda 4 satx ishlaydi. Shisha matritsa asosidagi lazerlarning afzalligi, katta o’lchamli diametri 5-10 sm, uzunligi 2 m li aktiv elementlar tayyorlash mumkin. Bu esa katta energiyali nurlanish impulslari olish imkonini beradi. Bu lazerlar nurlanish energiyasi diapazoni kengligi va arzonligi bilan boshqa lazerlardan (rubinli) ustun turadi.