Lazer so’zi inglizcha “Laser” so'zi “Light Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan olingan bo'lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug'likning kuchayishi” ma'nosini anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko'zga ko'rinadigan diapazondagi elektromagnit to'lqinlardir. Bu to'lqinlar atom va molekulalarning majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi.

Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi spektrini o'rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug'lik intensivligini kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955 yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va N.G. Basov o'ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu mikroto'lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958 yilga borib Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko'zga ko'rinadigan yorug'lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar.