Lazer turli sohalarda keng qoʻllaniladi. Qattiq jismli lazerlar lazer spektroskopiyasida, lazer texnologiyasi (qattiq jismlarni qirqish, payvandlash, teshish) da, nochizigʻiy optikada, gazli lazerlar esa chastota va uzunlikni standartlashda, lazerlar kimyosida, tibbiyotda; yarimoʻtkazgichli lazerlar ixcham, yengil boʻlib, optik aloqa sistemalarida, audio va video sistemalarida, tunda koʻrish qurilmalarida, maʼlumotni optik qayta ishlash va proyeksion lazer televideniyasida keng qoʻllanilmoqda. Kimyoviy lazerlar atmosfera tarkibini nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi. lazerlar kriminalistika, suv osti optik aloqasida, nur tolali telefon aloqa sistemalarida, lazerkompakt-diski yasashda, xirurgik operatsiyalarda, oftalmologiyada, boshqariluvchi termoyadro sintezida va h.k. k.da ishlatiladi.