O`rnatish o`lchamlaridan og’ish qiymatlari quyidagicha: Gorizontallik yoki vertikallikdan og’ish - 0,3 mm 1 m uzunlikda; Balandlik belgisi bo`yich - 5 mm; Yuqoridan ko`rinishda montaj o`qlari bo`ylab og’ish - 10 mm. Qurilma tayanch oyoqlari orqali po’lat konsnruktsiyada vertikal o`rnatiladi. Qurilmaning korpusi to`rta tayanch oyoqlari bilan metall karkasga yoki beton plita to`siniga M boltlar bilan mahkamlanadi (4.5.9-rasm).
Pastki va yuqoridagi shtutserlarga quvurlar ulanadi. Qurilma o`rnatilgandan keyin germetiklikka sinovdan o`tkazadilar va ichiga 0,3 MPa bosimiga bug’ beriladi. 10 daqiqa ushlab turiladi va bosim kamaytiriladi va hamma payvand choklar tekshiriladi.
Bug`latish qurilmalarini ta`mirlash. Vakuum bug`latkichlarda asosan sirtiy kondensator va bug`latgichlarning trubalari ishdan chiqishi mumkin. Sirtiy kondensatorning kapital ta`mirlashda truba ichi va trubalararo bo`shliq tozalanadi. Buning uchun kondensator yuqori qopqog`i ochiladi, trubalar ichi tozalanadi. So`ngra trubalarga soda eritmasi qo`yilib, 8 soat davomida tsirkulyatsiya qilinadi. So`ngra eritma to`kib tashlanadi va trubalar issiq suv bilan yuviladi. Trubalararo bo`shliq ham shu tarzda tozalanadi.
Trubalarning truba to`riga razval'tsovka qilingan joylarida nuqsonlar paydo bo`lib, germetiklar buziladi. Kichik nuqsonlarda truba uchlari qayta razvaltsovkalanadi. Yeyilishi 25 % dan oshganda trubalar almashtiriladi. Almashtirishda dastlab barcha trubalarni avval bir to`rga, so`ngra ikkinchi to`rga razval'tsovkalash lozim. Ta`mirlashdan so`ng kondensator yig`iladi, gidravlik bosim ostida germetiklikka tekshiriladi va bug`latkichning qolgan elementlari bilan ulanib, yana sinovdan o`tkaziladi.