Plastinali isitgichlarni ta’mirlash. Nuqsonli plastinalarni almashtirishda ularning o`ng yoki chapligiga e`tibor berish lozim (7-rasm). Yangi plastinalar tayyorlovchi-zavod tomonidan ta`minlanadigan teshiksiz plastinalardan tayyorlanadi. Ekspluatatsiya paytida asosan rezina zichlagichlar ishdan chiqadi. Bunga asosiy sabab sektsiyalardagi mahsulot va suvning yuqori temperaturasi yoki tuzli suvning agressivligi hamda mexanik shikastlanishlar bo`lishi mumkin.
Agar plastinalar maksimal siqilganda (har bir plastinaga 0,2 mm) suyuqlikning sizib chiqishi to`xtamasa, zichlagich almashtiriladi, buning uchun apparat ochiladi. Plastinadan rezina zichlagich oliá tashlanadi va plastina g`ilofi БР-1 markali benzin bilan yuvilib yangi zichlagich qo`yiladi. Zichlagichlarni elimlashda 78-БЦС tipidagi elimdan foydalaniladi. Buning uchun elim dastalab aralashtiriladi. Zichlagich va g`ilofda jilvir qog`oz yordamida g`adirg`budirliklar hosil qilinadi. БР-1 benzini bilan yog`sizlantiriladi va 10-15 daqiqa quritiladi. So`ngra g`ilof va zichlagichga kistochka yordamida elimning bir qatlami surtiladi. Bunda elim qatlamida havo pufakchalari bo`lmasligi lozim. 10 daqiqa quritilib, ikkinchi qatlam elim surtiladi va 1-3 daqiqa davomida quritiladi. Zichlagichni ehtiyot bo`lib, g`ilofga joylashtirib qo`l bilan qisiladi yoki rezina rolik dumalatiladi. Yuklamasiz 24 soat davomida ushlab turilib, plastinadagi ortiqcha elim artib olinadi, talk sepilib plastinalar yig`iladi. So`ngra 0,35 MPa bosim ostida sovuq suv bilan sinovdan o`tkaziladi. Shundan keyin apparat ochiladi, kuzatiladi, elimning ortiqchasi artib olinadi va qayta yig`ilib ishga tushiriladi.
Qobig’-trubali isitgichlarni ta’mirlash. Bu qurilmalarni ishlatishda asosiy nosozlik bu truba panjarasida joylashgan trubalar razvalsovkasida chetmetiklikning buzilishi. Buni apparatning truba oralig’ida bo’shliqqa 0,3 MPa bosim bilan havo berilganda havoning sizib chchiqishi bilan aniqlash mumkin. Havo chiqayotganini tirqishlarda sovun ko’pigi surtib havo pufakchalari paydo bo’lishidan bilib oladilar. Bu nozozlikning kelib chiqishiga sabab metallning tabiiy yeyilishi yoki notog’ri razvalsovka qilish. Agar notekislik unga katta bo’lmasa, truba qayta razvalsovka qilinadi. Agar truba yeyilishi 50 % dan ortiq bo’lsa, u yangisiga almashtiriladi. Yangi trubalar truba panjarasi tekisligidan 2-3 mm chiqarib qo’yilib, valsovka yordamida razvalsovka qilinadi. Konus shaklidagi roliklarni aylantirganda truba uchining diametri kattalashadi va germetik birikma hosil bo’ladi. Rasvalovkalashda avvaliga trubaning bir uchi, keyin ikkinchi uchi rasvalsovkalanadi.
Uzatuvchi trubalar yeyilgan, uzilgan va darz ketgan bo`lsa, o`sha uchastka yangisiga almashtiriladi yoki payvandlash bilan ta`mirlanadi. Truba uchastkasini almashtirishda shu uchastka o`lchamlariga (diametr va uzunlik) mos yangi truba sektsiyasi tayyorlanadi. Bu quyidagi jarayonlardan iborat:
Tayyorlash jarayonlari (trubani tozalash, o`lchash, kesish, birlashtiruvchi uchlarni tozalash, kerak bo`lganda teshiklar ochish, bukish, otbortovka);
Yig’ish–payvandlash jarayonlari (fasonli detallarni yig’ish va payvandlash, quvur yig’inlarini yig’ish va payvandlash);
Yakuniy jarayonlar (tayyorlangan quvur uchastkasini yig’gandan keyin sinovdan o`tkazish).
Po`latdan tayyorlangan trubalarni kislorod–atsitelen gaz payvandlash va elektr–yoy payvandlash bilan kesish mumkin. Bunda truba uzunligini keraklisidan bir oz ko`proq o`lchanadi (chekka trubalar uchun zatogovka uzunligini 2–3 mm ga, o`rtadagilari uchun 4–5 mm ko`proq o`lchanadi). Po`lat trubalarni kesishning eng yaxshi usuli diskli arra bilan abraziv doira ishlatib kesish hisoblanadi. Bunda kesish tekisligi truba o`qiga nisbatan perpendikulyarligi quyidagi qiymatlardan katta bo`lmasligi kerak: truba devori qalinligi 3 mm gacha bo`lganda – 0,5 mm; 3 dan 4,5 mm gacha – 1 mm va 5 mm dan katta bo`lganda – 1,5 mm.
Quvurlarni joriy ta`mirlashda quvur sektsiyalari orasidagi nozichliklar boltlarni tortish bilan yo`qotiladi, darz ketgan joyiga xomut qo`yiladi, paronit, asbest yoki rezina qistirmalar almashtiriladi va h.k. Kapital ta`mirlashda yeyilgan qismlar kesib olinadi, yangi qo`yiladi, payvandchoklar qayta payvandlanadi, nosoz armaturalar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi, tayanchlar holati tekshiriladi, darzlar payvandlanadi va h.k. Ta`mirlangan quvur uchastkasi o`rnatishdan keyin o`tkaziladigan sinov tartibi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi.