Lecture+practice+experiment


-rasm. Nostandart darslarning afzalliklari



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə3/7
tarix26.08.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#140638
1   2   3   4   5   6   7
M.Sh.Islamova

1-rasm. Nostandart darslarning afzalliklari.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bugungi kunda nostandart darslarning o‘nlab turlarini misol keltirish mumkin. Ularning har biri fan, mavzuning mazmuni, ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlari, pedagogning bilim darajasi, saviyasi, pedagogik mahorati va kreativlik sifatlaridan kelib chiqib turlicha ko‘rinish va mazmun kasb etishi mumkin.
“Integral” – nostandart dars turida kimyo faniga doir bir nechta o‘zaro a’loqador mavzular yaxlit bloklar ko‘rinishida: misol uchun Oliy harbiy ta’limda Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi (Artilleriya taktik qo‘mondonligi mutaxassisligi) kursantlari uchun “Portlovchi moddalar”, “Brizantli portlovchi moddalar”, “Poroxlar va pirotexnika vositalari” umumlashtirib, tashkillashtirilishi mumkin.
Ta’limning boshqa pog‘onalari singari oliy harbiy ta’limda ham nostandart darslar o‘zining ta’lim samaradorligi yuqoriligi sababli keng qo‘llanilib kelmoqda. Harbiy kadrlar uchun kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, moddalarning xossalari va reaksiyalarning sodir bo‘lish mexanizmlarini tushunishning o‘zi kamlik qiladi. Urush va tinchlik sharoitida turli favqulotda holatlarda harbiy kadrlarning kasbiy kompitentligini oshirish, harbiylik xususiyatlarini yetuk san’at darajasiga yetkazish, vaziyatdan mohirona chiqish, qo‘l ostidagi mavjud potensial (qurol yaroq, jangchi kuchi, texnikalar, va boshqa turdagi ta’minot)dan samarali foydalanib dushmanni zararsizlantirish va yakson qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kimyo fanini o‘ziga xos moslashtirilgan, aniq harbiy maqsadlarga yo‘naltirilgan holda o‘qitish talab etiladi.
Kompetensiya - bu ma’lum bir vakolatlarga, ya’ni o‘z faoliyati to‘g‘risidagi bilim va tajribaga egalik qilishdir, bu obektiv qarorlar chiqarish va aniq qarorlar qabul qilishga imkon beradi [5].
Harbiy kompetensiya - bu harbiy kasbiy tayyorgarlik (harbiy qisimning, alohida askarning) jangovar vazifalarini bajarishi va harbiy xizmat uchun javobgarligi tushuniladi. Harbiy xizmatchilarning harbiy mutaxassis sifatida vakolatlari o‘quv jarayonida rivojlanadigan va harbiy faoliyat jarayonida asosiy kompententsiyalar tizimi bilan shakillanadi [6].

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin