Leksemalarda ma'no ko'chishi va ularning turlari mundarija: Kirish i-bob. Ko‘p ma’nolilik hodisasining yuzaga kelish yo’llari



Yüklə 36,37 Kb.
səhifə1/6
tarix01.12.2023
ölçüsü36,37 Kb.
#170298
  1   2   3   4   5   6
LEKSEMALARDA MA\'NO KO\'CHISHI VA ULARNING TURLARI



LEKSEMALARDA MA'NO KO'CHISHI VA ULARNING TURLARI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I-bob. Ko‘p ma’nolilik hodisasining yuzaga kelish yo’llari……………………5
1.1. Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi…………………………………………5
1.2. O‘zbek tilida ma’no ko'chish usullari: metafora, metanomiya, sinekdoxa, vazifadoshlik……………………………………………………………………….8
II-bob. Ma'no ko'chish usullarining tasnifi va ahamiyat …………………….12
2.1. Ma’no ko‘chish turlarining o‘zbek tilidagi o‘rni…………………………….12
2.2. So’z ma’nolari. ma’no ko’chish usullari……………………………………..16
Xulosa…………………………………………………………………………….23
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………25

Kirish
O'zbek tilidagi ko'p ma'noli so'zlarni vujudga keltiruvchi hodisalarning ko'pi shu tilning o'ziga xosdir. Ammo bu hodisalarning shundaylari ham borki, ularni deyarli barcha tillarda uchratish mumkin. Shuning uchun ham «tilshunoslikka kirish» uchun bag'ishlangan barcha darsliklarda bu haqda aytilgan fikrlar uchraydi.
Tilshunoslikda ko'p ma'noli so'zlarni vujudga keltiruvchi birdan-bir hodisa ko'chma ma'noning hosil bo'lish hodisasi deb ko'rsatiladi. Haqiqatda ham ko'chma ma'no hosil bo'lishi ko'p ma'nolikning yuzaga kelishi uchun asosiy hodisalardan biri hisoblanadi. Ba'zi tilshunoslar ma'no kengayishi hodisasini ham ko'p ma'nolikning yuzaga kelishi uchun sabab bo'luvchi hodisalardai biri deb qaraydilar. Biroq bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki ko'p ma'nolikning yuzaga kelishi birdan ortiq leksik ma'noning hosil bo'lishi natijasi bo'lgani holda, ma'no kengayishi faqat birgina ma'noning ichki o'zgarishidir. Ular alohida semantik hodisalar ekani tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Ya'ni ko'p ma'noli so'z bir so'z hisobida birdan ortiq leksik ma'no yuzaga kelishi hisobiga vujudga kelgan bo'lsa, ma'no kengayishi esa faqat ma'lum ma'no doirasidagina sodir bo'ladi. O'sha ma'no anglatgan tushuncha doirasi kengayadi, uning yoniga yangi ma'noqo'shilmaydi. "Qoshlari kamon, kipriklari o'q, lablari g'uncha, tishlari inju, oy yuzli, gulyuz, pariro'y bu kabi gozal so'zlarni faqatgina o'zbek adabiyotida ko'rishingiz mumkin. Chunki bu so'zlardan foydalanish bu kabi uslub o'zbek shoirlariyu, o'zbek yozuvchilariga hosdir.
So'zlarda ikki xil ma'no turi mavjud bo'lib. Birinchisi o'z ma'no, ikkinchisi esa ko'chma ma'no deb yuritiladi. Birinchi ma'no turiga keladigan bo'lsak, o'z ma'no so'zlarning yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir manoni anglatsa bu o'z ma'noli so'z deyiladi. Agar yakka holdagi ma'nosi bilan matn ichidagi ma'nosi ikki xil bo'lsa unda bu so'z matin ichida ko'chma ma'noda qo'llanayotgan bo'ladi. Qanday qilib so'zning o'z ma'noda va ko'chma ma'noda qo'llanilayotganini topishimiz mumkin degan savolga biz shunday deb javob beramiz: bu juda onson matn ichidagi so'larni yakka holda qo'llab ko'ramiz bunda yuqorida aytganimizdek matn ichidagi so'z yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir xil ma'no anglatsa o'z ma'noda qo'llanilayotgan yoki yakka holda boshqa ma'no anglatsa ko'chma ma'noda qo'llanilaytogan bo'ladi. Buni sizga bir qancha misollar yordamida tushuntirib berishimiz mumkin. Misol uchun: "Sovuq niyyat qilma do'stim" degan gapdagi "sovuq" so'zini yakka holda qo'llab ko'ramiz "sovuq" so'zi havoga, suvga nisbatan o'z ma'noda qo'llaniladi. "Sovuq niyyat", "sovuq nafas", "sovuq bashara" bunday birikmalar bilan gaplarda kelganda "sovuq" so'zi o'z ma'nodan chiqib ko'chma ma'noda qo'llanilayotgan bo'ladi. "Bir sixga qornim to'yib qoldi" bu gapda esa "six" so'zini yakka holda qo'llab ko'ramiz "six" so'zi yakka holda qo'llanganda six ya'ni temir narsa buyun ma'nolarini anglatadi va u yiyiladigan narsa emas bu so'z ham yakka holda qo'llanganda va matn ichida kelganda ikki xil ma'nolarni anglatyapti va matn ichida ko'chma ma'noda qo'llanilyapti. Mana so'zlarning ikki xil ma'nosini o'z va ko'chma ma'nosini va uni qanday qilib topishni o'rganib oldik.


Yüklə 36,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin