LEKSEMALARDA MA\'NO KO\'CHISHI VA ULARNING TURLARI
II-bob. Ma'no ko'chish usullarining tasnifi va ahamiyat 2.1. Ma’no ko‘chish turlarining o‘zbek tilidagi o‘rni Hosila sememasining vujudga kelishi haqida fikr yuritishdan oldin semema nima? Degan savolga javob topib olishimiz kerak. Demak, leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema grekcha so'z bo'lib, “ ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko'rinishi ekan. Semema haqida oz bo’lsa-da fikrga ega bo’ldik. Endi hosila semasi qanday vujudga keladi? Degan savolga javob izlaymiz. Har qanday leksema paydo bo’lish paytida bir sememali bo'lgan. Tilda o'xshash va o’zaro bog'liq tushunchani ifodalash uchun yangi leksema “yaratmasdan”, mavjud leksemalardan foydalanishni taqozo qiladi. Bu esa tilda so’zlari ko'payib ketishidan saqlaydi. Shunday qilib, leksema birinchi sememasi asosida boshqa narsa va hodisalarni ifodalar ekan va shu asosda yangi sememalar vujudga keladi va ular hosila semasi deb ataladi. Tilimizdagi mavjud so'zlar ma’nolarining o'sishi, ma'no ko’chishi, ma’noning kengayishi yo torayishi tarzida ro'y beradi. Borliqdagi narsa- hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holat nomlari maʼlum bir asosga ko'ra boshqa narsa hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning nomi sifatida xizmat qiladi. Misol uchun, burun so'zi “tirik organizmlarning yuz qismidan bo’rtib chiqqan nafas olish organi” ma'nosini ifodalash bilan birga “Yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi” ma'nosini ham ifodalaydi. Yuqoridagi ma’lumotlardan anchagina bilimga ega bo’ldik.
Endi uning turlari haqida gapiradigan bo'lsak, so’zlarda ma'no ko’chishi nima asosida ko’chishiga ko'ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi bir necha turlarga bo'linadi. Quyida ularning har biriga alohida-alohida to'xtalamiz. Metafora-sodda tilda tashqi o’xshashlikka asoslanadigan ma’no ko'chishidir. Unga misol tariqasida ko'z leksemasini keltirib o’tamiz. Ko'z leksemasidan derazaning ko'zi, daraxtning ko'zi, uzukning ko'zi, buloqning ko'zi kabilarda ma’no ko'chish hodisasi kuzatilgan. Ularni bog’lab turgan asosiy va yagona narsa tashqi(shakliy) o’xshashligidir. Yana shakliy o’xshashlikka odamning qulog'iqozonning qulogʻi, mazmunan o’xshashlikka sovuq havo- sovuq xabar, sovuq odamni, joylashish o’xshashligiga esa itning dumi- samolyotning dumini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari metaforada -dek, -day, kabi, singari, yanglig' kabi o’xshatish vositalari, shuningdek, inson tana aʼzolari a’zolari ham asos qilib olinadi. Metonimiyaning asosida aloqadorlik va so'z tushirilishi(tejamkorlik) yotadi. Masalan: Fuzuliyni oldim qo’limga(aslida Fuzuliy asarlarini), samovarda osh yedik(aslida choyxonada), zal kulib yubordi(aslida zaldagi insonlar) nazarda tutiladi. Sinekdoxa yunoncha “birgalikda anglash” yoki “nazarda tutmoq” deganidir. Unda qismdan butun yoki butundan qism ma'nosi ko'chiriladi. Unga misol qilib, qush daraxtga qo'ndi gapini olsak, bunda daraxtning shoxi anglashilyapti. Nikolay zamonidan beri ostonam tuyoq ko’rmagan(moli yo'q, kambagʻal ) ma'nosi, g'idlirakni yurgizib ko'cha bo'yi signal chalib ketdi(mashina ma'nosi) ya'ni qism orqali butun ifodalanmoqda. Vazifadoshlik nima? Vazifadoshlik vazifaviy bir xillik asosida ma’nolarning ko'chirilishidir. Bunga misol qilib quyidagi gaplarni keltirib o’tamiz: Ko’chalarni chiroqlar yop-yorug' qilib turibdi.
Chiroq piligini pasaytirdi. Yuqoridagi ikki gapda qo'llangan “chiroq” so'zi bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o'xshamaydigan narsalarni ifodalayapti. Birinchi gapda elektr orqali yorituvchi(lampochka) asbobini, ikkinchi gapda esa kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi asos va shishadan iborat asbobni bildirib kelayapti. Yuqoridagi fikr va ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, hosila sememasi tildagi tejam qonuniyatini saqlaydi, yangi tushunchalarni paydo bo'lishiga asos vazifasini o'taydi. Nutq jarayonida ma'no ko’chirish usullaridan o’rinli va oqilona foydalanish nutqimizni ta’sirchan va jozibali qiladi. So’zlovchining badiiy estetik qobiliyatini namoyon qiladi. Shuningdek, metonimiya asosida ko’chma ma'no hosil qilish fikrimizni lo'nda, ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo'li sanaladi. Tilimizda ularning ahamiyati katta va zalvorlidir.
O‘zbek tilida ma'no ko‘chishlari asosan so‘zlashuv va badiiy uslublarda foydalaniladi.Metafora –yunoncha ko‘chirish degan ma'noni bildiradi. Bir predmet nomidan boshqa predmet nomiga o‘xshashlik asosida ko‘chishiga aytiladi. Masalan, “tandirning og‘zi” birikmasida “og‘iz” so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og'ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:
ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i va qozon qulog‘i.
ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, itning dumi va samolyot dumi.
Metaforaga misollar:
Quyosh belanchagi
Qurilish cho‘ziladi
Hayot darsiMetonimiya –bu so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirish ya'ni yunonchada ,,qayta nomlash" degan ma’noni bildiradi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi makon va zamonda o‘zaro aloqadorlik, bog‘liq asosida ma'no ko‘chishiga aytiladi.Masalan, dasturxon bilan unga yoziladigan noz-ne’matlar chambarchas bog‘liq. Ya’ni dasturxon bor joyda noz-ne'matlar bo‘ladi.Yoki biror asar va uning muallifi doimo bog'liq. Shu sababli “noz-ne'matlarga qarang” o‘rnida “dasturxonga qarang”, “Navoiyning asarini o‘qidim”, o‘rniga “Navoiyni o‘qidim” shakllari paydo bo‘lgan va shu shaklda ham hammaga tushunarli bo‘ladi. Metonimiya quyidagi ko‘rinishda uchraydi:
Joy nomi va o‘rni joy otlari shu joyda yashovchi yoki turgan kishilar ma'nosiga ko‘chadi: Navoiy vafotiga butun Hirot yig‘ladi.
Ijodkorning ismi yoki taxallusi u yozgan asar nomiga ko‘chadi: Fuzuliyni oldim qo‘limga. Guruh yoki jamoa nomi shu jamoa a'zolari ma'nosiga ko‘chadi: “So‘g‘diyona”, “Paxtakor”ni qabul qildi. Idish nomi shu idish ichidagi narsaga ko‘chiriladi: Bir tovoq yedi. Ikki piyola ichdi. Joy nomi o‘rin joy otiga ko‘chadi: Mirzo Ulug‘bek(tumani)da yashayman. Hamza (bekati)da yashayman.
Vaqtga ko‘ra: Oltmishga kirdim.▪Narsa-qurol nomi u bilan bog‘liq faoliyat turiga ko‘chiriladi: Mashrab qalamiga mansub. Sigirimiz pichoqqa kelib qoldi.Sinekdoxa –bu butundan qismning ifodalash turi hisoblanadi. Yunoncha "birgalikda anglash" degan ma'noni bildiradi. Bo‘lak orqali butunni butun orqali bo‘lakni ifodalash sinekdoxa deyiladi. Sinekdoxa orqali ma'no ko‘chirishga maqsad tushunchani bo‘rttirb ko‘rsatishdir. Shunday o‘rinlar borki, butunni (masalan, qo‘l) qism (ya’ni barmoq) o‘rnida keltirilsa ma'no bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Besh qo‘lini (ya’ni barmog'ini, chunki odamlar besh qo‘l bo‘lmaydi) og‘ziga tiqadi. Shunday o‘rinlar borki qism (masalan, tirnoq) butun (ya’nibola) o‘rnida keladi va ma'noni bo‘rttiradi. Tirnoqqa (bolaga) zor. Demak, sinekdoxa orqali ba'zan tushunchani kattalashtirib ba'zankichraytirib ma'noni bo‘rttiramiz. Sinekdoxa orqali ma’no ko‘chishini ajratib olishning aniq usuli so‘zni almashtirib ko‘rishdir. Masalan, G‘ildiragim yurib turubdi" gapi o‘rnida "Mashinam yurib turibdi" gapi ishlatganda ma’no chiqsa, demak, sinekdoxa usulida ma’no ko‘chgan.
Badiiy adabiyot noyob tasvirlarni yaratishga va muallifning taqdimot uslubini boyitishga imkon beradigan yo‘llarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Va bunda metonimiyadan keng foydalaniladi. Metonimiya uslubi tilning boyligi, ekspressivligi va tasvirni berish uchun ishlatiladi. Metonimiya ritorika, poetika va leksikologiyada keng tarqalgan.Narsa va hodisalar o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishi vazifadoshlik deyiladi. Vazifadoshlik asosida vujudga kelganso‘zlarni bilish, ulrning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imkoniyatlarini naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordm beradi. Vazifadoshlik o‘xshashlikka asoslanishi bilan metaforaga o‘xshaydi. Farqi shundaki metaforada predmet, belgi harakat o‘xshashligi asos qilinib olinadi. Ba'zan ma'no ko‘chishida metafora va vazifadoshlik usullari birga qo‘llanilishi mumkin. Vazifadoshlik asosid vujudga kelgan so‘zlarni bilish ularning ilgari qanday shakldaligini, bilishimiz imkoniyatlari naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.
Devorning ham qulog‘i bor.
Askarlarimiz sarhadlarimizni ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib qo‘riqlaydi.▪Bu xabarlarni do‘stimizga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.
Ukalaringga ko‘z-quloq bo‘l.Badiiy adabiyot noyob tasvirlarni yaratishga va muallifning taqdimot usulini boyitishga imkon beradigan yo‘llarning mavjudligi bilan ajralib turadi va bunda metonimiyadan keng foydalaniladi. Metonimiya uslubi tilning boyligi ekspressivligi va tasvirni berish uchun ishlatiladi.