Leksemalarda ma'no ko'chishi va ularning turlari mundarija: Kirish i-bob. Ko‘p ma’nolilik hodisasining yuzaga kelish yo’llari


So’z ma’nolari. ma’no ko’chish usullari



Yüklə 36,37 Kb.
səhifə5/6
tarix01.12.2023
ölçüsü36,37 Kb.
#170298
1   2   3   4   5   6
LEKSEMALARDA MA\'NO KO\'CHISHI VA ULARNING TURLARI

2.2. So’z ma’nolari. ma’no ko’chish usullari
Leksikologiya va leksika atamalari. 1.Leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib, yunoncha lexikos—lug’at, so’z so’zga doir va logos—ta’limot so’zlarinig birikuvidan iborat bo’lib, leksika (so’z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak,soz va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi 2.Bu bo’limda tilning lug’at boyligi, so’z va uning lug’aviy ma’nolari , so’z va uning ko’chma ma’nolari ma’no ko’chish usullari so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlari o’rganiladi. 3.Leksika atamasi 2 ma’noda ishlatiladi. a)tilning lug’at tarkibi , so’zlar yig’indisi b) lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi; leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi.
So’z va uning ma’nolari 1.Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z sanaladi. 2. So’z ikki xil ma’no bildiradi. Bu ikki xil so’zni biz opa so’zi orqali ko’rib chiqaylik. - Opa so’zi aka,uka singil so’zlai bilan qarindoshlik ma’nosi bilan bir guruhga birlashadi . Ayni paytda bir guruhga mansub bo’lgan yuqoridagi so’zlar bir-biriga zidlanganda, ma’lum ma’nolari bilan o’zaro farqlanadi. Xususan ,opa so’zi : -- o’gay opagazidlanganda ,qarindoshlik (o’gay emaslik ) ma’nosini bildirishi bilan ; --opa so’ziga zidlanganganda men bilan bir bo’g’inga mansublik ma’nosini bildirishi bilan ; -- aka,uka so’zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma’nosiga mansubligi bilan --singil so’ziga zidlanganda opaning mendan kattalik singilning kichiklik ma’nosiga egaligi bilan farq qiladi. . Opa so’zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so’zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni paytda ularni bir-biridan farqlaydigan ma’nolarining jami uning atash ma’nosi yoki leksik ma’nosi deyiladi. Opa so’zi yuqoridagi ma’nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik,birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’nolar uningGrammatik ma’nosi sanaladi. . Ko’rinadiki,nutq jarayonida har bir so’z leksik va Grammatik ma’’nolar uyg’unligidan tashkil topadi . 3. So’z shakl va mazmun yaxlitligiga ega bo’lib,ma’no va Grammatik jihatdan shakllangan til birligidir. 4.So’zning 2 tomoni bor: a)so’zning shakli ,ya’ni tashqi tomoni (moddiy tomoni) tovush (harflar)dan iborat bo’lib,bu xususiyatlar fonetikada o’rganiladi b)so’zning ichki tomoni (ma’no,mohiyat tomoni)esa unda ifodalanadigan ma’nolar bilan tavsiflanadi ya’ni so’z bo’lishi uchun tovush va harflar yig’indisi ma’lum ma’no ifodalashi kerak.5.So’z ikki xil ma’no bildiradi . a)leksik ma’no ; b)Grammatik ma’no 6.Leksik ma’no (atash ma’nosi lug’aviy ma’no) leksikologiyada o’rganiladi. leksikologiyaga doir atama hisoblanadi a) So’zlarning borliqdagi qanday narsa –hodisalar belgi-xususiyatlar,harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari hisoblanadi. Atash manosiga faqat 5ta so’z turkumi ega .Olmoshlar bundan mustasno.
Ular belgi bildiruvchi so’zlarga ishora qiladi. 7.(Grammatik ma’no) deganda esa so’zning qaysi turkumga mansubligi qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi ,shuningdek, tarkibidagi qo’shimchalar orqali yuzaga keladigan ma’nolar tushuniladi.Grammatik ma’no barcha so’z turkumlari uchun xos bo’lib,uni morfologiyada o’rganamiz. M:Kitoblar keltirildi. . kitoblarso’zining lug’aviy ma’nosi –predmet, o’quv quroli Grammatik ma’nosi –ot,bosh kelishikda ,ko’plik sonda,ega vazifasida keltirildi harakat tushunchasini ifoda etyapti bu uning lug’aviy ma’nosi. Grammatik ma’nosi:fe’l, o’tgan zamonda,IIIshaxs majhul nisbatda ,xabar maylida,bo’lishli shaklda,kesim vazifasida. 8.Demak, so’zlar lug’aviy va Grammatik ma’noga ega bo’lib bularning biri leksikologiyada, ikkinchisi morfologiyada o’rganiladi. . So’z va leksema1.So’z va leksema atamalarini ham farqlash kerak,ya’ni -so’z leksik va Grammatik ma’nolarni ifodalaydigan butunlik -- leksema atamasi esa so’zning grammatik ma’nolarisiz, faqat leksik ma’no ifodalovchi qismi uchun ishlatiladi --bunday vaqtda so’z morfologiya birligi sifatida ,leksema esa leksikologiya birligi sifatida farqlanadi 2.Demak tahlil jarayonida gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va Grammatik qo’shimchalarga ajraladi . So’zning Grammatik shakllarsiz qismi leksema sanaladi Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksema beriladi. . Bir ma’noli so’zlar1.So’zlar anglatadigan ma’nolariga ko’ra 2ga bo’linadi a)bir ma’noli so’zlar (monosemantik so’zlar; gr.mono—bir ,semiya—ma’no) b)ko’p ma’noli so’zlar (polesemantik so’zlar gr.poli—ko’p,semiya—ma’no) 2.Aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’zlar bir ma’noli so’zlarsanaladi. 3.Bir ma’noli so’zlar gap tashqarisida ham gap ichida ham faqat bitta ma’no ifoda etadi. M: men; sen; Toshkent;Mirzacho’l,cho’pon 4.Bir ma’noli so’zlar tilimazda kam sonni tashkil qiladi,va ilmiy ,kasb-hunarga doir atamalarni,shuningdek,yangi paydo bo’lgan so’zlarni o’z ichiga oladi.Yani so’zlar (neologizmlar)ham davr o’tishi bilan qo’shimcha ma’nolarni anglatadi. . Ko’p ma’noli so’zlar 1 Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar deyiladi 2.Polisemiya yunoncha poli— ko’p, semia ma’no so’zlaridan olingan bolib, ko’p ma’noli demakdir Polisemiya monosemiyaga zidlanadi 3.Ko’p ma’noli so’zlar gapdan tashqarida bir ma’noni gap ichida yana boshqa bir ma’noni bildiradi. 4.Ko’p ma’noli so’zlar konteksda ,ya’ni ma’lum bir gapning ichida faqat bitta ma’nosi bilan keladi. 5.Tilimizdagi so’zlarning juda kata qismi ko’p ma’nolidir.
Chunki kishilar kundalik hayotda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning har biri uchun alohida alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa,so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib ,ularni xotirada saqlash mumkin bo’lmay qoladi ,Shuning uchun tilda mavjud bo’lgan so’zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli yuzaga keladi. M: tosh so’zi dastlab qattiq sovuq jism ma’nosida qo’llangan M:Yo’l chetida yumalab yotgan toshni tepdim (M.Yusuf Osmonning oxiri dostonidan) Keyinchalik ,”qattiqlik”ma’nosini faollashtiribtosh bag’ir,bag’ri tosh birikmalarida bag’irning sifatlovchisi vazifasida ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Yoki : ko’z so’zi dastlab faqat tirik organizmning qabariq shaklga ega bo’lgan bo’lgan ko’rish a’zosi ma’nosida qo’llangan bo’lsa keyinchalik qabariqlik ma’nosini faollashtirish maqsadida “daraxtning ko’zi”ma’nosida ; Yorug’lik bilan ta’minlash ma’nosini faollashtirish orqali “derazaning ko’zi”ma’nolarida qo’llanila boshladi 6.Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no qanchalik ko’p bo’lsa ham lekin u bir so’z hisoblanaveradi. Shuning uchun kop ma’noli so’zlargda ma’nolardan biri to’g’ri ma’no (yoki o’z ma’no) qolganlari esa ko’chma ma’no hisoblanadi7.Ko’chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan bog’langanda nomoyon bo’ladi,nutq tarkibidan ajratilganda esa to’gri ma’nosi asosiy ma’no bo’lib qoladi. M: tosh so’zi nutq qurshovidan ajratib olinsa,”qattiq jism” ma’nosini anglatadi . 8.Demak, o’z va ko’chma ma’no birikib,ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi. 9.Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo’lishiga yordam beradi.
Bosh va ko’chma ma’no 1.Bosh ma’no (o’z ma’no) deganda so’zning asl ma’nosi tushuniladi so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi tushuniladi. 2.Ana shu lug’aviy ma’no asosida boshqa ma’nolar ham ifodalansa,u yasama (ko’chma) hisoblanadi 3 Ko’chma ma’no deganda bosh ma’no zaminida hosil qilingan yangi ma’no,so’zning nutqqa boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondash ma’nosi tushuniladi. M: tulki so’zi aslida yovvoyi hayvonning bir turi ma’nosini anglatadi. Mirzakarimboy—tulki odam gapida tulki so’zi ayyor quv kabi ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Yoki kumush-nutq tarkibidan tashqarida oq rangdagi qimmatbaho metal ma’nosini ifoda etadi bu uning bosh ma’nosi .Kumush so’zi qish va qor kabi so’zlar bilan bog’langanda ko’chma ma’no kasb etadi. 4.Odatda so’zning o’z va ko’chma ma’nolari bir so’z turkumi doirasida bo’ladi. M:ko’z: odamning ko’zi (o’z ma’no) Ignaning ko’zi, uzukning ko’zi ,buloqning ko’zi, yog’ochning ko’zi, tizzaning ko’zi, xurjunning ko’zi (ko’chma ma’nolari) Ba’zan so’z o’zining ko’chma ma’nolari bilan boshqa so’z turkumlariga teng kelishi mumkin. M:oltin;kumush;temir—bular asli ot oltin yaproq, kumush qish,temir intizom kabi misollarda ko’chma ma’nosi bilan sifatga ko’chgan 5.Polisemantik so’zlargda so’z ma’nolari orasida ma’no zanjiri bog’liqlik bo’ladi Agar bunday ma’no zanjiri uzilsa,ko’p ma’noli so’z omonim so’zga aylanadi. M: ko’k (rang)—ko’k (osmon) Yoki: 1)dam 2)gap 3)salla 4)tepki 5)chechak 6)qavs 7)changal 8)nozik 9)tutash 10)to’y 11)ko’ch 12)atala kabi omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilishidan hosil bo’lgan. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilib omonim so’zlar yuzaga kelar ekan bu so’z yasalishning leksik-semantik usuli sanaladi. 6. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi,uslubiy mazmun olishi ko’proq badiiy uslub; ba’zan ommaviy uslub va o’rni bilan og’zaki so’zlashuv tilida uchraydi.
Ma’no ko’chishi usullari 1.Tilimizdagi mavjud so’zlar ma’nolarining o’sishi Ma’no ko’chishi, ma’noning kengayishi yo torayishi tarzida ro’y beradi. 2.Borliqdagi narsa hodisa belgi-xususiyat harakat holat nomlari ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa hodisa belgi xususiyat, harakat holatning nomi sifatida xizmat qiladi. M:burun sozi “tirik organizmning yuz qismidan bo’rtib chiqqan nafas olish organi ” ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi.Predmetlar o’rtasidagi shakily o’xshashlik birining nomi ikkinchisining o’rniga asos bo’lgan. 3.So’zlarda ma’no ko’chishi nima asosida ko’chishiga ko’rametonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya kabi turlarga bo’linadi.
a) Metafora 1. Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko’chish usuli metaforadir. 2.Metafora (yunoncha-ko’chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga o’xshashlik asosidako’chishidir M: tandirning og’zi birikmasida og’iz so’zining ma’nosi odam yoki hayvon og’ziga tashqi o’xshashligi asosida vujudga kelgan. 3.Demak metaforada predmet belgi harakatlar o’xshashlik asosida boshqa predmet va harakatga ko’chadi. M: qozonning qulog’i, varrakning dumi, rubobning qorni, kemaning tumshug’I, egarning qoshi, o’choqning og’zi, tog’ning etagi, qora niyat, sovuq xabar, shirin xotira, achchiq haqiqat, bemaza gap sayoz asar, yengil ta’zim yorug’ yuz, oltin yproq, kumush qish, zumrad bahor, po’lat iroda, temir intizom, majlisda savalanmoq, qarzini uzmoq, Qashqadaryo bilan ulanmoq… 4.Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik turli asosda bo’lishi mumkin. a) Ikki predmet o’rtasidagi shakliyo’xshashlik; M: Odam qulog’i—qozon qulog’I b)Ikki predmet qayerda joylashishi bo’yicha o’xshashlik M: Itning dumi ---- samolyotning dumi 5. Formula: MAVHUM OT + ANIQ OT shaklidagi ko’chma ma’noli birikmalar ham,odatda, metaforani yuzaga keltiradi. M:hayot ostonasi,visol uyi sabr kosasi, ishq bog’i, hayo ko’chasi, hasad o’ti, takabburlik libosi, g’amza o’qi Bular adabiyotshunoslikda istiora deb nomlanadi. 6.Ba’zan kishi ismlari metafora usulida ko’chishi mumkin. M: Yo’lbars, Bo’riboy, Qoplonbek, Lochin, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Arslon, Charos, Ozoda… 7.Metaforalarga juda yaqin bir vosita “O’xshatishlar” bo’lib,ular yordamida shaxs,predmet bir biriga o’xshatiladi,qiyos qilinadi. –day; -dek; go’yo, yanglig’, singari, xuddi kabi o’xshatish vositalaridan ham foydalaniladi. M:Ulug’bek — misoli oftob Nutq jarayonida metaforadan o’rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So’zlovchining badiiy-estetik qobilyatini namoyon etadi.
b) Metonimiya 1.Metonimiya yunoncha qayta nomlash demakdir. 2.narsa va hodisalar o’rtasida makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chishi metonimiya deyiladi. M: Fuzuliyni oldim qo’limga (aslida Fuzuliy asarlarini; Shoir va uning asarlari o’rtasidagi bog’liqlik) Samovarda osh yedik (aslida choyxonada; choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o’rtasidagi aloqadorlik) Zal kulib yubordi (aslida zaldagi odamlar) “Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi? (bekatdagi yo’lovchi murojati) “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (kitobxon savolidan) Ichak-chavog’im qolmadi endi kalla sotaman (qassobning gapi) Navbatim sumka ko’targan “jinsi”dan keyin (xaridorning gapi) “Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman”(o’quvchining nutqidan) 3.Demak, so’z ma’nolarining o’xshashlik emas, makon va zamondagi o’zaro bog’liqlik aloqadorlik asosida ko’chishi metonimiya sanaladi4.ba’zan kishi ismlari ma’lum bir hodisa bilan bog’liq bo’lishi mumkin. M:Ramazon Juma, Odina , Safar, Hayit 5.Metonimiya asosida ko’chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo’nda ifodali ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sanaladi.
c) Sinekdoxa 1.Sinekdoxa yunoncha birgalikda angash yoki nazarda tutmoq qo’shib fahmlamoq so’zidan olingan bo’lib bo’lak orqali butunni yoki bo’lak orqali butunni anglatish mumkin. 2.sinekdoxa metonimyaning bir ko’rinishi bo’lib, bunda ma’no butun va qism munosabatlari asosida ko’chadi. 3.Shunga ko’ra sinekdoxa 2 xil bo’ladi. A)qism orqali butun ma’nosi ifodalash mumkin. b)Butun orqali qism ma’nosini ifodalash mumkin M: Tirnoqqa zor bo’ldi (qism orqali butun ya’ni farzandga zor bo’ldi demasdan shu (farzandning tirnoq) orqali farzand ma’nosi anglashiladi) Bitta shu tuyoq bilan 5 bolani qanday boqaman? (Qism orqali butun chunki tuyoq deganda sigirdir echkidir boshqa boshqadir tushuniladi) G’ildirakni yurgizib ko’cha bo’yi signal chalib ketdi. Cho’loqqa achinish bilan qaradi Yig’ilishga mo’ylovni chaqirib keldi. Ma’no ko’chishining bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda ifodali jozibali bo’lishda kata ahamiyatga ega.
d) Vazifadoshlik 1.Vazifadoshlik narsa va hodisalar o’rtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishidir. M:Ko’chalarni chiroqlar yop-yorug’ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi. Yuqoridagi ikki gapda qo’llangan chiroq so’zi bir xil vazifa bajaruvchi 2ta bir-biriga o’xshamaydigan narsalarni ifodalayapti. Birinchi gapda elektr orqali yorituvchi noksimon (lampochka)asbobni; ikkinchi gapda esa kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi asos va shisha qismlaridan tarkib topgan asbobni bildiradi. Bu asboblarning makon va zamonda aloqadorligi yo’q Bu asboblar shakliga ko’ra bir-biriga o’xshamaydi.Lekin vazifasi bir ular vazifadosh ya’ni yozish vazifasini bajaradi. 2.Vazifadoshlik o’xshashlikka asoslanishi bilan metaforaga yaqin turadi. Farqi shundaki metaforada predmet belgi harakat o’xshashligi asos qilib olinadi Vazifadoshlikda esa ular bajaradigan predmet bajaradigan vazifalar o’xshashligi asos qilib olinadi. 3. Ba’zan maq’no ko’chishida metafora va vazifadoshlik usullari birga qo’llanishi mumkin. Bu tilshunoslikda funksional metafora deb nomlanadi M:Odamning tishi-- arraning tishi (Bunda ham shakily ham vazifalar o’xshashligi) 4 Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so’zlarni bilish ularning ilgari qanday shakldaligini narsalarni ifodalaganini bilish tilimiz imkoniyatlarini naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.

Xulosa
Yuqoridagi fikr va ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, hosila sememasi tildagi tejam qonuniyatini saqlaydi, yangi tushunchalarni paydo bo'lishiga asos vazifasini o'taydi. Nutq jarayonida ma'no ko’chirish usullaridan o’rinli va oqilona foydalanish nutqimizni ta’sirchan va jozibali qiladi. So’zlovchining badiiy estetik qobiliyatini namoyon qiladi. Shuningdek, metonimiya asosida ko’chma ma'no hosil qilish fikrimizni lo'nda, ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo'li sanaladi. Tilimizda ularning ahamiyati katta va zalvorlidir.
Ana shu unsurlar ta'minlanganda nomning metaforik ko'chishi yuzaga keladi. Demak, metafora ob'ektiv (yoki sub'ektiv) borliqdagi o'xshashlikning lisoniy aksi bo'lmish mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o'rnida qo'llanishidir.
Shu tarzda nutqiy metonimiyaning sodir bo‘lishi, o‘zbek tilida uncha ko‘p tarqalmagan. U og‘zaki nutqda uchrab tursa ham yozma nutqda deyarli kuzatilmaydi. Shuning uchun ham biz to‘plagan materiallar ichida unga oid misollar ham bo‘lib chiqdi. . Joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishi ancha keng tarqalgan. So‘zlar leksik ma’no jihatdan taraqqiy etib, joy bildiruvchi hosila ma’noni yuzaga keltiradi. Kishining bir a’zosi nomi bilan joy ifodalanadi. Bunda kishining biror a’zosi o‘zi o‘rnashgan joy bilan tutash joyni nomdosh qilib oladi. O‘sha tutash joyni bildirgan hosila ma’no yuzaga kelishi joy munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiya hisoblanadi. Masalan: Hoji Kumushning boshiga kelib o‘tirdi (A.Qodiriy). U har qachon yonboshimda (U.Nosir) gaplarida bosh so‘zi bosh bilan tutash, yonbosh so‘zi yonbosh bilan tutash so‘zi qosh bilan tutash joyni ifoda etsa» hosila ma’no joy aloqadorligiga ko‘ra yuzaga kelgan.
Hosil qiluvchi va hosila ma’no o‘rin ifodalamagani holda ma’no hosil bo‘lishi o‘rin munosabatiga ko‘ra bo‘ladi. Masalan, Oq qog‘ozim senga Erkin ochdi pinhon ishini (E.Vohidov). Bu gaplardan birinchisida bosh so‘zi "miya" ma’nosida, qog‘oz so‘zi "asar" ma’nosida qo‘llangan. Chunki bosh va qog‘ozda o‘rnashgan hosila ya’ni shu o‘rnashish o‘rniga ko‘ra yuzaga kelgan.
Ayrim narsalar va ularning hajmi o‘rnashgan buyumi nomi bilan atalishi ham metonimiyani yuzaga keltiradi. Bunda ham o‘rin munosabati metonimiya sodir bo‘lishi uchun sabab hisoblanadi: Xotinining hay-hayiga qaramay ikki piyolani ustma-ust shimirdi (A.Qahhor), Bir stakan ichdi (N.Shukurov), Bir six yedi (N.Shukurov). Bu gaplarning birinchisida piyola so‘zi shu hajmdagi ichkilik ikkinchi gapdagi stakan so‘zi shu hajmdagi ichkilik uchinchi gapdagi six so‘zi shu chamadagi kabob hosila ma’nolarini yuzaga keltirgan. Bularniig yuzaga kelnshida ham o‘rin munosabati ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buyum nomi bilan joy atalishi orqali ham metonimiya sodir bo‘lishi mumkii: Mamajon yalqov samovarda yotib tush ko‘radi (G‘. G‘ulom). Bu gapdagi samovor so‘zining leksik ma’nosi buyumni bildiradi. Uning hosila ma’nosi esa shu buyum o‘rnashishiga asoslangan maishat joyini bildiradi. Bu o‘rinda hosila ma’no o‘rin munosabatiga ko‘ra yuzaga kelganligi uchun u metonimiya hodisasi deb qaraladi.
Matbuot vositasi nomi bilan undagi nashr atalishi ham metonimiyadir: Gazetani o‘qiydir shatir (U.Nosir). Bu gapdagi gazeta so‘zi undagi nashr qilingan narsani ifoda etgan. Material gazetada joylashganligi uchun u gazeta nomi bilan atalgan.
O‘simlik nomi bilan u o‘rnashgan joy atalishi mumkin. Masalan: Rayhon chopib o‘tirgan ayam birdan voyvoylab, quymichini ushlaganicha o‘zini rayhonning ichiga tashlab yubordi (A.Qahhor). Bu gapdagi birinchi rayhon so‘zi o‘simlikni emas, u ko‘karib turgan ariqni anglatuvchi hosila ma’noga ega. Bu holatning aksini kuzatish ham mumkin. O‘simlik joy nomi bilan atalib, metonimiya hosil qilishi kuzatiladi: Yer ekuvchi dehqonlarning holini ham xo‘p o‘ylang (Cho‘lpon). Bu gapda yer so‘zi ekin ma’nosini bildirgan.

Yüklə 36,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin