Leksik ma’no taraqqiyotiga olib keluvchi lisoniy va nolisoniy omillar


Leksik ma’no taraqqiyoti haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 80,7 Kb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü80,7 Kb.
#81969
1   2   3
Leksik ma’no taraqqiyotiga olib keluvchi lisoniy va nolisoniy 2

Leksik ma’no taraqqiyoti haqida umumiy ma’lumot So’zning leksik ma’nosi qotib qolgan, o’zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo’lsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida o’zgarishi mumkin. Bunday o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillar ikki xildir: 1) ekstralingvistik (nolisoniy) omillar ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ong, tafakkur rivoji va boshqalar. Masalan: oyoq so’zi dastlab inson a’zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, stol, stul kabi mebillarning “oyog’i”ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog’i, stolning oyog’i, stulning oyog’i kabi. Bunga inson yashab turgan muhitda turli-tuman mebel-jihozlarning paydo bo’lganligi, shu bilan bog’liq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur o’rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo’lgan;

2) Lingvistik (lisoniy) omillar – til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Masalan: tilning lug’at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo’lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo “ochiq eshik”ni “aniq eshik” deb bo’lmaydi, bunga aniq va ochiq leksimalarining ma’no xususiyatlaridagi o’ziga xoslik, ularning valentik imkoniyatlari yo’l qo’ymaydi. Demak, leksemaning leksik ma’no taraqqiyoti deganda shular nazarda tutiladi. Bunday taraqqiyotning yo’llari ham har xildir: ma’noning ko’chishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm o’zgarishilari shular jumlasidandir.


Leksik ma’no taraqqiyotiga olib keluvchi lisoniy va nolisoniy omillar
Ma’no ko’chishlari: metafora, metonimiya, senikdoxa
Ma’noning kengayishi va torayishi
Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari

Leksik ma’no taraqqiyotining natijalari Тurlicha ko‘chirishlar natijasida leksik ma'noda ikki xil hodisa yuz beradi: 1) ma'noning hajmi o‘zgaradi, 2) ma'noning miqdori o‘zgaradi. Leksik ma'no hajmining o‘zgarishi ikki xil natijaga – leksik ma'no haj-mining kengayishiga yoki torayishiga olib keladi: 1. Leksik ma'no hajmining kengayishi avvallari tor doiradagi voqelikni anglatgan leksemaning keyinchalik keng doiradagi voqelikni anglatish uchun xizmat qilishidir. Masalan, non- leksemasi avvallari bu predmetning tandirda pishiriladigan turini-gina anglatgan, hozir esa shu predmetning barcha xillarini anglatadi.


Yüklə 80,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin