Bozorboyev Nodirbek Reja: 1. Leksik ma'no taraqqiyoti haqida umumiy ma'lumot. 2. Ma'no ko'chishi. 3. Ma'no kengayishi. 4. Ma'no torayishi. 5. Leksik ma'no taraqqiyoti natijalari.
Soʻzning leksik maʼnosi - soʻzning material qismi, leksema bildiradigan maʼno: muayyan tovushlar majmuyini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun.
Leksik ma'no taraqqiyoti
So'zning leksik ma'nosi qotib qolgan, o'zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo'lsa-da, ma 'lum omillar ta'sirida, uzoq yillar davomida o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlarga sabab bo'ladigan omillar ikki xildir 1) ekstralingvistik (nolisoniy) omillar — ijtimoiy-iqtisodiy hayot, Ong, tafakkur rivoji va boshqalar. Masalan, oyoq dastlab inson a'zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning «oyog'i»ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog'i, kursining oyog'i, stolning oyog'i, karavotning oyog'i kabi. 2) lingvistik (lisoniy) omillar — til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Masalan, tilning lug'at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo'lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo «ochiq eshik»ni «aniq eshik» deb bo'lmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma'no xususiyatlaridagi o'ziga xoslik, ularning valentlik imkoniyatlari yo'l qo'ymaydi. Demak, leksemaning leksik ma'nosi yuqorida keltirilgan omillar ta'sirida o'zgarib turadi, leksik ma'no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi.
Ma’no ko’chishi
Ma'noning ko'chishi bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo'lishi. Bunday ko'chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to'g'ri) ma'nosi «o'pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo»dir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi havoni emas. «gap»ni va «niyat»ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap. fikr Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) – nutq mexanizmi, biror leksema denotatining zohiriy o‘xshashligi asosida boshqa ma’noni ifodalash uchun ishlatilishi. Metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun quyidagidan biri sabab bo‘ladi:
1)
bir so‘z boshqa so‘zga nisbatan so‘zlovchining ifoda maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llaniladi;