Leksik ma’no taraqqiyotining natijalari


b) dasturxon – 1-o‘rtaga yozilib ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; 2-yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat



Yüklə 268 Kb.
səhifə3/4
tarix03.04.2023
ölçüsü268 Kb.
#92731
1   2   3   4
HO\'AT taqdimot

b) dasturxon – 1-o‘rtaga yozilib ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; 2-yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat.
2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi:
a) kumush – 1-oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metall; 2-kumushdan zarb qilingan pul, tanga;
b) qog‘oz – 1-yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal boshqa hamda boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material; 2-varaq, bet.

Sinekdoxa


Sinekdoxa (gr. synekdoche – “nisbatlash”) yo‘li bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi: 1. Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi. 2. Ochildiboy tirnoqqa zor edi. Sinekdoxik yo‘l bilan hosil qilingan ma’noni ham lisoniy va nutqiy ma’noga bo‘lish mumkin. Masalan, keltirilgan qo‘l, tirnoq leksemalarining sinekdoxik ma’nosi sememalashgan.
Ammo har qanday butunlik nomi bilan qismni, qismning nomi bilan butunni atab bo‘lmaydi. Masalan, daraxt va shox, barg, tana, ildiz, meva butun va qismdir. Lekin barg deganda hech qachon daraxt anglashilmaydi. Ammo meva masalan, olma atamasi orqali daraxt ham ifodalanadi.

Vazifadoshlik


Vazifadoshlik– semema vujudga kelishining asosiy yo‘llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo‘lgani kabi, o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi ma’no vujudga keladi.
Masalan, dastlab kamonning paykoni o‘q deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifa (ya’ni o‘ldirish)ni bajarganligi bois o‘q deb ataladi.
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema darajasiga etadi, balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra faollashib, qo‘llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgari ko‘mir so‘zi «ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u «yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» hosila sememasi bilan nutqimizda yashaydi.
Ma'noning kengayishi — leksemaning ma'no hajmida tor ma'nodan keng ma'noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov so'zi dastlab «tog'ning tepasidagi o'tloq»ni ifodalagan: qadimgi turkiy tilda yay (yay) so'zi «yoz»ni, yaylag' so'zi esa «yozlaydigan joy»ni anglatgan. Chorvadorlar yoz payti molni tog'ning tepasidagi o'tloqlarda («yaylag'»da) boqishgan, qishda esa «yaylag'»dan «qishlag'»ga tushib yashashgan. Hozirgi paytda yaylov so'zi faqat tog'ning tepasidagi «mol boqiladigan o'tloq»ni emas, balki umuman «mol boqiladigan maydon»ni anglatadi, bunday maydon tog'ning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto pasttekisliklarda ham bo'lishi mumkin. Bunday ma'no kengayishi qishloq so'zining semantikasida ham sodir bo'lgan: u dastlab «qish faslida yashaydigan joyni»ni anglatgan, hozir esa umuman «aholi yashaydigan punktning bir turi» ma'nosini ifodalaydi.

Yüklə 268 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin