biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir so‘z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi.
METAFORA Masalan, birinchi holda quyi so‘zi anglatadigan ma’noni etak so‘zi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga nisbatan etak so‘zi ishlatilgan.
Ikkinchi holda esa o‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq so‘zi unga nisbatan ham qo‘llanadi.
Metaforahodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi: Qush uchdi.Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida uchmoq fe’li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o‘xshaydi. Shu boisdan
uchmoq fe’li ifodalagan keyingi ma’no metaforik ma’no.
Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojia umumiste’mol qo‘llanishdagi fojia so‘zidan ma’noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo‘lgan.
Metonimiya
Metonimiya (grekcha: metonymia – “qayta nomlash”) ifodalanmishlarining o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi. Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa daxldor hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy(lashgan) bo‘lishi mumkin.
Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlari
1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi: a) stakan – 1-ichimliklar uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi shisha idish; 2-bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv);