Leksik-semantik sath va uning birligi masalalari talqini



Yüklə 51,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü51,54 Kb.
#169748
1   2   3   4   5
917-Текст статьи-2801-1-10-20220711

Metodologik tadqiqoti. 
Garchi lingvistik sath tushunchasi keyinchalik bir qator tilshunoslar 
tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, lekin bu atama juda keng ma’noda qo’llanila boshladi. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan, lingvistik sath kontseptsiyasi tarafdorlarini birlashtirib turgan 
umumiy jihatlar mavjud. U ham bo’lsa tilning tipologik tabiatini nisbiy avtonom sistemalar 
(kichik sistemalar) majmuasi sifatida tasavvur qilish, har bir kichik sistema chegaralangan 
miqdordagi elementlardan tashkil topadi va bu elementlar shu kichik sistema nuqtai nazardan 
mayda bo’laklarga bo’linmaslik xususiyatiga ega deb e’tirof etish, shuningdek, har bir kichik 
sistema o’z ichki elementlarining bir-biri bilan bog’lanish qonun-qoidalariga ega ekanligini 
e’tiborga olishdir. Sath tushunchasining ma’lum til birliklari yig’indisi tushunchasi bilan 
aloqasi borligi shubhasiz. Lekin sathni belgilashda qanday lingvistik belgilarga tayanish 
masalasini aniqlash katta ahamiyatga ega. V.M.Solntsev fikricha, tilda yasama so’zlar yig’indisi 
qo’shma so’zlar yordamida hosil bo’lgan birliklar yig’indisidan farq qiladi. Shuningdek
o’zak morfemalar yordamida hosil bo’lgan birliklar yig’indisi affiks morfemalar yordamida 
hosil bo’lgan birliklardan farq qiladi. Ana shu bir-biridan farq qiladigan birliklar yig’indisiga 
asoslanib, “Yasama so’zlar sathi”, “Qo’shma so’zlar sathi”, “O’zak morfemalar sathi”, “Affiks 
morfemalar sathi” kabi sathlarni ajratish sath tushunchasini chegarasiz bir tushunchaga aylantirib 
yuboradi. Tilda nechta til birliklari guruhlanishi mavjud bo’lsa, shuncha til sathini ajratishga 
olib keladi. Xususan, N.A.Slyusareva yordamchi so’zlar guruhini mustaqil so’zlar guruhidan 
ajratgan holda servologik sath, E.Benvenist fonemalarning farqlovchi belgilarini alohida sath 
– merizmatik sath sifatida ajratganini eslash kifoya. Til birliklarini muayyan guruhlarga turli 
belgilar asosida birlashtirish mumkin. Shunga muvofiq ravishda sath tushunchasi nisbiy bo’lib 
qoladi va bu tushuncha ayrim birliklarning ma’lum belgi asosida birlashgan guruhining oddiy 
nomiga aylanib qoladi.
Tilning ichki tuzilishini sathlarga ajratishda ana shunday boshboshdoqlikni bartaraf qilish 
uchun til birliklarining doimiy, barqaror sathlarini ajratishga imkon beradigan belgilariga 
tayanish lozim. Ana shunday belgi til birliklarining pog’onaviylik belgisidir. Xuddi ana shu 
belgi deskriptiv tilshunoslik vakillari tomonidan tilni sathlarga ajratishning asosiy belgisi 
sifatida e’tirof etilgan edi. Lisoniy birlikning ana shu pog’onaviylik belgisi lingvistik sathni 
belgilashning asosiy tamoyili sifatida e’tirof etilganda til ichki tuzilishining pog’onaviylik tabiati 
to’g’ri yoritilgan bo’ladi. Bunga muvofiq, lingvistik sath tushunchasi ostida o’zaro pog’onaviy 
munosabatda bo’lagan nisbiy bir xil birliklar munosabati anglashiladi. Bir sath birliklari 
boshqa sathga mansub (o’zidan katta yoki o’zidan kichik) bo’lgan birliklar bilan pog’onaviy 
munosabatda bo’ladi.


Образование и инновационные исследования (2022 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
41
http://interscience.uz
Bunda quyi sath birligining yuqori sath birligidan tashkil topish, quyi sath birligi yuqori 
sath birligi tarkibiga kirish xususiyati aks etadi. Ana shunday birliklar majmuasi nisbiy bir 
xil bo’lgan birliklar ustparadigmasini tashkil etadi va ular shu ustparadigma doirasida ma’lum 
sinfga birlashadi (fonemaning turli sinflari, morfemaning turli sinflari va boshq.). Har bir sinf 
a’zolari o’zaro sinfga xos bo’lgan belgisi asosida muayyan paradigmalarga birlashish bilan 
birgalikda bir-biri bilan ketma-ket bog’lanib, sintagmatik zanjirni hosil qiladi.
Shunday qilib, tilning ko’psathliligi kontseptsiyasi tarafdorlarining ko’pchiligi uchun 
umumiy tomon tilni chegaralangan miqdordagi birliklardan tashkil topgan nisbiy avtonom 
kichik sistemalarning integrativ munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sifatida e’tirof etishdir.

Yüklə 51,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin