Natija va takliflar.
Til sathlarini e’tirof etuvchi tilshunoslarning fikricha, turli sath birliklari
o’rtasida integratsion munosabat mavjud bo’ladi. Bu kontseptsiya
tarafdorlari til sathlari
o’rtasidagi aloqani e’tiborga olgan holda, tilga yagona ierarxik shakllangan sathlar sistemasi
sifatida qaraydilar. Tilning ichki tuzilishiga bunday yondashuv kompozitsion kontseptsiya deb
yuritiladi va u reprezentativ kontseptsiyaga qarama-qarshi qo’yiladi. Kompozitsion kontseptsiyaga
muvofiq, tilning ichki tuzilishi bir xil yo’nalishdagi pog’onalanishdan (ierarxiyadan) iborat.
Bu shundan iboratki, fonema, morfema va undan katta birliklar o’rtasida bir xil yo’nalishdagi
pog’onali munosabat mavjud. Quyi sath birligi yuqori sath birligi uchun qurilish materiali bo’lib
xizmat qiladi. Quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibida uning tarkibiy qismi (konstituenti)
sifatida vazifa bajaradi. Shuning uchun til sathlari o’rtasida quyidan yuqoriga yo’nalgan
munosabat e’tirof etiladi va bu munosabat bir xil turdagi, konstituentiv munosabat sanaladi.
Konstituentiv munosabat “.dan tashkil topadi”, “.ga kiradi” sxemasini o’zida namoyon etadi.
Har bir sath birliklari umumiylik va xususiylik dialektikasini o’zida namoyon etadi. Imkoniyat
tarzidagi umumiy, invariant birliklar bevosita nutqiy jarayonda turli-
tuman variantlar orqali
namoyon bo’ladi. Ana shunday invariant-variant munosabati tilning hamma sath birliklari uchun
xarakterlidir. Bevosita sezgi a’zolarimizga ta’sir etgan birliklar variantlar sanaladi. Bu variantlarni
bir-biriga solishtirish orqali ular zamirida yotgan substantsiyani belgilash asosida invariantlar
aniqlanadi. Fonologik sathda fonemalar invariant birliklar sanaladi. Ularning har biri bevosita
kuzatishda, nutqiy jarayonda bir necha variantlar orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham
bevosita kuzatishdagi matndan ajratilgan eng kichik segment birliklar invariant birlik bo’lgan
fonemalar emas, balki uning variantlari sanaladi. Shunday qilib, morfema bevosita kuzatishda
ham shakliy, ham mazmuniy variantlar orqali yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda, har bir tilda
elementlar muayyan sinf yoki paradigmani tashkil etgan variantlar qatori orqali gavdalanadi.
Morfema vazifasi va ma’nosiga ko’ra leksik va grammatik morfemalarga bo’linadi. Yuqorida
grammatik morfemalarning ikki planda variantlanishi haqida fikr yuritildi. Xuddi ana shu holat
leksik morfemalarga (leksemalarga) ham daxldordir. Leksemaning shakliy variantlari uchun
leksik-shakliy variantlar (LSHV), mazmuniy variantlari uchun esa leksik-mazmuniy variantlar
(LMV) atamalari qo’llaniladi.
Xulosa.
Xullas, tilning barcha sath birliklari
umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik
dialektikasini o’zida namoyon etgan holda, invariant-variant munosabati birligidan iborat bo’lib,
imkoniyat, mohiyat xarakteriga ega bo’lgan
invariant bevosita kuzatishda, nutqiy jarayonda
variantlar orqali namoyon bo’ladi. Invariant-variant munosabati tilning
barcha sath birliklari
uchun umumiy, universal munosabatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
[1] Abduazizov A. A. “Hozirgi zamon ingliz tili nazariy fonetikasi”. Toshkent, 1986. 60-63
betlar
[2] Azizov O. A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent. 1963.
[3] Buronov J. B. Ingliz va uzbek tillari kiyosiy grammatikasi. Toshkent, 1973. 144-bet
[4] Buranov Dj. B., Yusupov U. K., Iriskulov M. T., Sadikov A. S. Grammaticheskie
strukturi
angliyskogo, uzbekskogo i russkogoyazikov. Tashkent, 1986. 70-bet
[5] Karimov Sh. K. «Tilshunoslikka kirish» kursidan praktikum. T., 1987. 14-bet
[6] Kuchqortoev I., Kuchqortoeva R. «Tilshunoslikka kirish». T.,1976. 166-b
[7] Kuchqortoeva R. «Tilshunoslikka kirish» kursidan maishlar. T., 154-b 1989.
[8] Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I. Uzbek tili. Toshkent, 1978. 125-b
[9] www.ziyonet.uz
[10] www.wikipidea.com