Leksik-semantik sath va uning birligi masalalari talqini



Yüklə 51,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü51,54 Kb.
#169748
1   2   3   4   5
917-Текст статьи-2801-1-10-20220711

Ilmiy ahamiyati. 
Leksik-semantik sath va uning birligi haqida. Lisonning shakl va 
denonativ ma’no yaxlitligidan iborat birligini qamrab oluvchi sathi turlicha nomlanadi: leksik 
sath, leksik-semantik sath, leksik-frazeologik sath va hokazo. 
Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema- tilshunoslikning eng 
muhim va markaziy tushunchalaridan biri. Biroq, uning mazmun va chegarasi hozirgacha aniq 
belgilangan emas. Tilning leksik, fonetik va grammatik sathlari ham o’zaro bog’liqdir: fonetik 
birliklar so’zni bog’liq tusiga kiritadi, morfemalar yasama so’zlarni shalkllantiradi, so’zlarning 
birikuvchanlik imkoniyatlari, uslubiy vosita sifatidagi xususiyatlari ularning leksik va gramatik 
ma’nolariga hamda uslubiy semalariga tayanadi. Bular leksikologiyaning fonetika, morfemika, 
so’z yasalishi, gramatika va uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada bo’lishini taqozo qiladi. 
Leksikologiya tilning lug’at boyligi sistemasi sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik 
so’zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig’indisi emas, balki birliklar va elementlar tizimidir. 
Bu tizimdagi so’z va elementlar yaxlit bir “organizm”ning “to’qimali” va “hujayrali” 
munosabatida bo’ladi: so’zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma’no 
va uning semalari o’rtasidagi butun va qism munosabatlari, so’z ma’nolarning paradigmatik 
va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Bu tizimning asosiy birligi so’z ekanligini 
hisobga olsak, leksikologiyada bevosita so’zning o’zi bilan bog’liq masalalari ham ko’riladi: 
so’zning til birligi sifatidagi mohiyati, so’z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik 
tarkibi), leksik ma’no va uslubiy semalar, leksik ma’no va etimon, leksik ma’no taraqqiyoti, 
udual va okkazinal ma’nolari shular jumlasidandir. 
Leksik sistema va uning bo’linishlari. Ajralib chiqqan leksik sath bu bosqichda ikki katta - 
mustaqil va nomustaqil so’zlar guruhiga bo’linadi. Bu bo’linish privativ zidlanish asosida hosil 
bo’ladi va zidlanish belgisi «ma‘noviy va vazifaviy nomustaqillik» (N) dir. Ziddiyatning belgili 
a‘zosi sifatida nomustaqil leksemalar va belgisiz a‘zo sifatida mustaqil leksemalar yuzaga 
chiqadi. Buning sabablari quyidagicha:
Tilning sathli tuzilishi va sath birliklari o’rtasidagi munosabatlar Tilning o’zaro bog’liq 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 3)
ISSN 2181-1709 (P)
40
Education and innovative research 2022 y. №3
va bir-birini taqozo etuvchi bir necha qatlamlardan iborat ekanligi haqidagi qarash o’zining 
uzoq tarixiga ega. Xususan, til tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda uch qismga: (fonetik, 
leksik va grammatik qismlarga) bo’linishi va bu qismlarni o’rganadigan tilshunoslikning uchta 
bo’limining ajratilishi tilni ana shunday qatlamlar butunligi sifatida tushunishning yorqin 
namunasidir. Lekin sistemaviy-struktur tilshunoslik shakllangunga qadar tilning bunday ichki 
tuzilishini qatlam sifatida tushunish amaliy kuzatishning ilk natijalari bo’lib, til stratifikatsiyasi 
ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Sistemaviy-struktur tilshunoslikning shakllanishi va 
rivojlanishi til ichki tuzilishining o’ziga xos xususiyatini yoritishga, ichki tuzilish birliklarining 
oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlanib borishi, quyi bosqich birligi o’zidan 
yuqoriroq bosqich birligi tarkibida o’z funktsiyasini ko’rsatishini ilmiy asoslab berdi. Shunday 
qilib, XX asrning 50- yillaridan boshlab til sathi (lingvistik sath) tushunchasi maydonga keldi. 
Bu tushunchaning shakllanishi va ilmiy asoslanishida E.Benvenist hamda bir qator deskriptiv 
tilshunoslar, xususan, Dj.Treyjer, K.Poyk, Ch.Xokket, Z.Xarris singari olimlarning xizmati 
katta bo’ldi. Lingvistik sath tushunchasining paydo bo’lishiga tilning ikki tomonlama mohiyat 
ekanligining e’tirof etilishi, shakliy va mazmuniy tomonlarning har biri o’ziga xos ichki tuzilishga 
ega ekanligi, ularning har qaysisi o’z ichki uzvlari munosabatidan tashkil topgan kichik sistema 
ekanligi, shunday qilib, tilning tuzilishi sistemalar sistemasi tartibida bo’lishi, ular o’rtasidagi 
munosabat til mexanizmini harakatga keltirish haqidagi qarashlarning maydonga kelishi turtki 
bo’ldi.

Yüklə 51,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin