Kompilyatorlar va ularning turlari:
Bir tilda yozilgan dasturni protsessorning boshqa tilda ifodalangan dasturiga aylantiruvchi dasturga kompilyator deyiladi.
Masalan, kompilyator C tilida yozilgan dasturni olib, uni Assembler tilida yozilgan dasturga aylantiradi. Ko‘pincha kompilyator va translyator tushunchalari bir ma’noda ishlatiladi. Shuning uchun ham C, C++, Paskal kompilyatorlari degan tushunchalari ishlatiladi.
Ixtiyoriy kompilyator tarkibi quyidagi 3ta qismdan iborat:
1. Leksik tahlil.
2. Sintaksis tahlil.
3. Mashina kodini generatsiya qilish.
Kompilyatorlarning o’zaro bog’lanish tartibi quyidagicha:
C++ tili va uning leksik asosi
1. C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi.
2. C++tili alfaviti va leksemalar.
3. Identifikatorlar va kalit so’zlar.
Tayanch iboralar: Kompilyatsiya, fayl kengaytmasi, direktevalar, leksemalar, izohlar, oqimli o’qish va yozish funksiyalari, til alfaviti, identifikatorlar, kalit so’zlar.
C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi:[2(11-13), 3(7-9)]C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so‘ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham programma bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++ tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi ('─'), '\t' - tabulyatsiya belgisi, '\n'- keyingi qatorga o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi.
Programma matni tushunarli bo‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o‘tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
C++ tilida izohlar ikki ko‘rinishda yozilishi mumkin.
Birinchisida "/*" dan boshlanib, "*/" belgalari bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u "//" belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‘ladi. Izohning birinchi ko‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo‘lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin.
Misol.
int main(){
// bu qator izoh hisoblanadi
int a=0; //int d;
int c;
/* int b=15 */
/*- izoh boshlanishi
a=c;
izoh tugashi */
return 0;
}
Programmada d, b o‘zgaruvchilar e’lonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi.
Quyida C++ tilidagi sodda programma matni keltirilgan.
# include // sarlavha faylni qo‘shish
int main () // bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
cout << “Salom Olam! “\n”; // satrni chop etish
return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
} // blok tugashi
Programma bajarilishi natijasida ekranga "Salom Olam!" satri chop etiladi.
Programmaning 1-satrida #inc1ude.. preprotsessor direktivasi bo‘lib, programma kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h » sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
Dostları ilə paylaş: |