Kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili, “Tilshunoslikka kirish”, “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, “O‘zbek dialektologiyasi” fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – Fanni o‘qitishning maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida ma’lumot berishdir.
Fanning vazifasi –Fanni o‘qitishning vazifalari – talabalarda “Sotsiolingvistika” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; talabalarda sotsiolingvistika bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; sotsiolingvistika fanining tarixi haqida bilim berishdan iborat.
Sotsiolingvistika” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-tilning ijtimoiy mohiyati, til va jamiyat munosabati, lisoniy vaziyat va uning turlari, bilingvizm va uning turlari kabi masalalarini tahlil qilishnibilishi kerak; - Sotsiolingvistikaning nazariy masalalari, til ontologiyasi, tilning funksional tasniflari, lisoniy qurilmalar kabi masalalarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- “Sotsiolingvistika”ning til bilan jamiyatning o‘zaro bog‘liqligiga oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyatini asoslash, sotsiolingvistik metodlarini amalda tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.