Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə17/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tilning qayta ifodalash qobiliyati nima?

  2. Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning qaysi darajalarida namoyon bo‘ladi?

  3. Fonetik yoki leksik variativlikka misol keltiring?

  4. Lisoniy variativlik atamasini izohlang.

  5. Variativlikni nemis tilshunoslari qanday izohlashgan?

  6. Tilning ichki differensiatsiyasining jamiyat ijtimoiy strukturasi bilan aloqasini tushuntiring.

  7. Til va nutqning ijtimoiy variativligi nima bilan xarakterlanadi?

  8. U. Labovning “Nyu-Yorkda ingliz tilining ijtimoiy stratifikatsiyasi” nomli asarida ijtimoiy variativlik qanday yoritilgan?

  9. U. Labov ijtimoiy variantlarga qanday ta'rif beradi?

  10. Erkak va ayol nutqiga xos variativlik qaysi tilda yaqqol namoyon bo‘ladi?



Adabiyotlar:
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.
2. Лабов У. О механизме языковых изменений // Новое в лингвистике. Вып. 7. Социолингвистика. -М., 1975.
3. Танака Акио. Буммацу, ку:мацу-но хё:гэн то гохо: (Выражение и форма конца предложения) // Нихонго-нихон-бунка (Японский язык и японская культура). - № 6. Осака, 1977.
4. Швейцер А.Д., Никольский Л.Б. Введение в социолингвистику. –М.: Высшая школа, 1978.
5. Labov W. The social stratification of English in New York City. - Washington, 1966.
6. http://en.wikipedia.org/wiki/Received_Pronunciation.


4-ma’ruza. NUTQIY MULOQOT
Reja:
1. Til me'yori
2. Nutqiy muloqot
3. Muloqot ko`rinishlari.


Tayanch so‘z va iboralar: me'yor, til me'yori, adabiy til, so‘zlovchi, tinglovchi.


Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash, belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari me'yor (norma)ni ifodalaydi. Me'yor (norma) - kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli ravishda qo‘llanish majmui. Me'yor tushunchasi adabiy til tushunchasi bilan chambarchars bog‘liq. Ko‘pincha adabiy til me'yorlashgan til ham deyiladi. Me'yor nimaning to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til vositalari va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an'analariga zid bo‘lgan usullarni inkor qiladi. Masalan, olib berdi (oberdi); tog‘ +-ga toqqa.
Me'yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me'yor uzoq yillar davomida o‘zining turg‘unligini saqlaydi 28.
P. fon Polens me'yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida “me'yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til sistemasi imkoniyatlarining bir qismini tushunadi29. Biroq real turmushda til me'yori tilni qo‘llash bilan to‘ldiriladi, ya'ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me'yorga va me'yoriy shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘rinda me'yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya'ni u xalq nutqidagi barcha yorqin, sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, mujmal, o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi. Adabiy me'yor muhim ijtimoiy va madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me'yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta'lim, madaniyat, texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me'yorlashgan tilsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Adabiy til me'yori dialekt yoki jargon me'yorlaridan farqli o‘laroq, ongli ravishda madaniylashadi: lug‘atlarda, grammatikalarda qayd qilinadi, maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va televidenieda targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti odatda adabiy til me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nutqiy muloqot” termini “nutqiy kommunikatsiya” terminiga sinonim hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, har ikkala sinonim ham ikki taraflama jarayonni, ya'ni muloqot chog‘ida kishilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi. Nutqiy muloqotning holatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:



Nutqiy muloqotning holati





Kim bilan gaplashamiz?

Bir kishi bilan

Bir necha kishi bilan

Qaerda?

qulay /noqulay sharoitda

Rasmiy bo‘lmagan muhitda

Rasmiy muhitda

Qaysi maqsadda?



Muloqot

Xabar

Ta'sir etish

Nutqiy muloqot qoidalarini ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlarda faqat lisoniy vositalarni to‘g‘ri qo‘llashgina emas, balki kommunikativ holatning xarakteriga ham e'tibor berish nazarda tutiladi. Masalan, amerikalik tadqiqotchi S. Ervin-Tripp tomonidan nutqiy muloqotning quyidagi qoidalari taklif qilingan30:


1. Lisoniy vositalarni tanlash qoidasi: a) barcha ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy bo‘lgan; b) turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlar uchun maxsus bo‘lgan. Misol: murojaat shaklini tanlash, ushbu tanlovdagi milliy va ijtimoiy farqlar.
2. Rioya qilish qoidasi, ya'ni kommunikatsiyada nutqiy harakatlar ketma-ketligiga rioya qilish: salomlashish, minnatdorchilik, xayrlashish va h.k. Mazkur qoidalar doirasida xayrlashish, taklif qilish, telefonga chaqirish, kommunikativ aloqani yo‘lga qo‘yish formulalari ko‘rib chiqiladi.
3. Birgalik qoidasi; bunda bir kontekstda u yoki bu leksik, fonetik, intonatsion, sintaktik va h.k. birliklar va xususiyatlarning birlashish qoidasi nazarda tutiladi.
Shuningdek, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati qoidasi alohida o‘rganiladi. Bunda so‘zlovchi mazkur ijtimoiy yoki kasbiy guruhga kiruvchi suhbatdoshlar uni “o‘ziniki” deb qabul qilishlariga, uning nutqiy muomalasi hamda vaziyatini va ijtimoiy rolini o‘zgartishda bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishini ma'qul ko‘rishlariga harakat qiladi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin